AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 26,39 so‘mga qimmatlab, 10 997,61 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
Senatning 32-yalpi majlisi 13 sentabr kuni chaqiriladi. Unda tashqi mehnat migratsiyasi, pensiya ta’minoti, elektron tijoratga oid qonunlar ko‘rib chiqiladi. Qolaversa, davlat budjetining birinchi yarim yillikdagi ijrosi yuzasidan VM hisoboti hamda tashqi ishlar vazirining axboroti eshitiladi.
Tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning Qiziriq tumani hokimi va klaster vakilini qo‘pol ravishda haqorat qilayotgani aks etgan navbatdagi audiosi tarqaldi. Hokimlik audioning ayrim joylari montaj qilinganini aytib, muloqot tafsilotlarini ochiqladi.
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida xususiy korxonalarni norasmiy boshqarib kelgan shaxs va tijorat banki xodimlari 2 mlrd so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda. Ularga nisbatan ikkita modda doirasida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahar transport boshqarmasi o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar litsenziya varaqasini qayerdan va qay tartibda olishlari borasida ma’lumot berdi. Buning uchun Davlat soliq inspeksiya hududiy bo‘limlariga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Taksi haydovchisi yiliga jami 600 ming so‘m sarflaydi.
Hukumatning «Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri to‘g‘risida»gi nizomi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, davlat reyestriga kiritilgan manbalarga oid ma’lumotlar jamoatchilik uchun ochiq bo‘lib, unga 1950 yilgacha yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va chop etilgan toshbosma nashrlar kiritiladi.
«Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining Sirdaryo viloyatidan o‘tuvchi qismida «Lacetti» va «Nexia 2» mashinalari to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida «Nexia 2» haydovchisi va uch yo‘lovchi halok bo‘ldi, yana bir kishi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Avariyaga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmadi.
XTV rahbarining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev maktab darsliklarida uchrayotgan xatolarni «ta’lim sifatining aks-sadosi» deya atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xatolar bugun paydo bo‘lib qolmagan, ular 5−10 yil oldingi kitoblarda ham bor. Xatolar borligi tasdiqlansa ma’sullarga chora ko‘rilishi aytildi.
Markaziy bank tomonidan «ExMoney», «AIST» hamda «PAYNET WALLET» elektron pullar tizimlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi. Bu orqali O‘zbekistondagi elektron pul tizimlari soni 15 taga yetdi.
«Gazeta.uz» muxbiri dunyoning turli nuqtalarida yashayotgan va farzandi o‘sha yerdagi maktabda o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashib, darsliklarni berish tartibi haqida so‘radi. Ularning ko‘pchiligi kitoblar bepulligi va ular o‘quvchida umrbod qolishini aytmoqda, ayrim joylarda xatto kompyutergacha beriladi.
Prezident tomonidan O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘trasida sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha bitim imzolandi. Ikki davlat rahbarlari bu bo‘yicha 21 iyun kuni Toshkentda deklaratsiya va 18 ta hujjat imzolagandi.
O‘zbekistonda 2023−2024 yillarda ijtimoiy soha obyektlarida 19 mingga yaqin zamonaviy ko‘rinishdagi chiqindi konteynerlari o‘rnatiladi. Bunda jihozlash ishlari mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari va vazirliklarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Zamin fondi «Toza havoning inson hayoti sifati uchun ahamiyati» mavzusida muhokama o‘tkazdi. Fond Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva atrof-muhit holati uchun har kim javobgarligini aytib, barcha harakatlar ahamiyatli ekanini ta’kidladi.
Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, budjet taqchilligi YAIMga nisbatan 3,7% yoki 14,4 trln so‘mni tashkil etdi, deya ma’lum qildi moliya vaziri Timur Ishmetov. Bu ko‘rsatkich ruxsat etilgan chegaradan yuqori. Iyulda hukumat parlamentdan taqchillik chegarasini oshirishni so‘rashni rejalashtirgandi.
Oliy sud Toshkent viloyati sobiq bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva kiritgan apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqishda sudlov hay’ati JPKning 6 ta moddasi talablarini buzgan deb topdi. Ish apellyatsiyada takroran ko‘rib chiqish uchun Toshkent viloyat sudiga qaytarildi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliga ko‘ra, aholi daromadlari dinamikasi benzin, propan, go‘sht kabi mahsulotlar narxiga nisbatan sekin o‘sganligi qayd etildi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi 2500 nafar davlat xizmatchisi orasidan saralangan nomzodlarni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritdi. Ular uchun vazirlik va idoralarda amaliyot, xorijda stajirovka ham tashkil etiladi. Davlat shu orqali rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldini olishni ko‘zlayapti.
Blogerlar ishtirokidagi shov-shuvli ishlari bilan tanilgan advokat Umidbek Davlatov 42 yoshida vafot etdi. U 1 sentabr kuni uydan boshidagi og‘riqdan shikoyat qilib chiqqan va tez yordam mashinasida — taxminan yurak xurujidan vafot etgan. «Gazeta.uz» uning hamkasblari va ukasi bilan gaplashdi.
Farg‘ona viloyatida tarbiyalanuvchisi qarovsizlik oqibatida chiqib ketib, suvga cho‘kib vafot etgan bolalar bog‘chasining barcha mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. MTTda talon-toroj holatlari ham aniqlangan.
Endi tekin beriladigan maktab darsliklari, ixtiyoriy Kundalik.com, Parlament komissiya Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashgani, maktab oshxonalarida sotish taqiqlangan «fastfud», paxta terimi to‘lovi, tanqid qilingan qishloq xo‘jaligi xodimlari va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting