Arxiv

AQSh Alisher Usmonov va rossiyalik boshqa tadbirkorlarga qarshi sanksiyalar joriy qildi
4 mart 2022, 11:04

AQSh Alisher Usmonov va rossiyalik boshqa tadbirkorlarga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Rossiyalik siyosatchilar, tadbirkorlar va ularning oila a’zolari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari munosabati bilan AQShning yangi sanksiyalari ro‘yxatidan joy oldi. Ular orasida milliarder Alisher Usmonov ham bor. Uning mulki, jumladan super yaxtasi va samolyotidan foydalanishga taqiq qo‘yildi.

Ukrainadagi Zaporojye atom elektr stansiyasi o‘qqa tutildi
4 mart 2022, 10:46

Ukrainadagi Zaporojye atom elektr stansiyasi o‘qqa tutildi

Yevropadagi eng yirik Zaporojye AESi hududi Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutildi, atom elektr stansiyasi yaqinida yong‘in chiqdi. Stansiyaning asosiy jihozlariga zarar yetmagan. Ukraina prezidenti Yevropani “uyg‘onishga” chaqirdi. MAGATE mojaro tufayli yuzaga kelgan har qanday avariya jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

3−4 mart kunlari 720 nafar o‘zbekistonlik Ukrainadan evakuatsiya qilindi
4 mart 2022, 10:36

3−4 mart kunlari 720 nafar o‘zbekistonlik Ukrainadan evakuatsiya qilindi

3−4 mart kunlari Polshadagi Katovitse aeroporti orqali 720 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi. Shunday qilib, Ukrainadan vatanga qaytarilganlar soni 2579 nafarga yetdi. Yana 1500 nafarga yaqin o‘zbekitonliklar Polshada qolmoqda. «Ishontirib aytamizki, barcha fuqarolar mamlakatimizga qaytariladi», — deyiladi TIV xabarida.

BMT QBOK O‘zbekistonning fuqarosizlikka barham berish bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholadi
4 mart 2022, 10:20

BMT QBOK O‘zbekistonning fuqarosizlikka barham berish bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholadi

2021 yilda O‘zbekiston ro‘yxatga olingan 70 ming nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning 33 ming nafariga fuqarolikni berib, fuqarosizlikni qariyb ikki barobarga kamaytirdi. BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi ushbu sa’y-harakatlarni yuqori baholab, fuqarosizlikka chek qo‘yish tinchlik, xavfsizlik va majburiy ko‘chirilishlar oldini olishga xizmat qilishini ta’kidladi.

UNICEF Afg‘onistonga Termiz orqali $2,3 mlnlik gumanitar yordam yubordi
4 mart 2022, 10:13

UNICEF Afg‘onistonga Termiz orqali $2,3 mlnlik gumanitar yordam yubordi

UNICEF Surxondaryo viloyatidagi «Termez Cargo Centre» logistika markazidan og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan afg‘onistonlik oilalar uchun 16 ta yuk mashinasida 2,3 mln dollarlik insonparvarlik yordamini yubordi.

Ukraina va Rossiya gumanitar yo‘laklar haqida kelishib oldi
4 mart 2022, 07:08

Ukraina va Rossiya gumanitar yo‘laklar haqida kelishib oldi

Muzokaralarning ikkinchi raundi natijasida Ukraina va Rossiya tinch aholini evakuatsiya qilish va jangovar maydonlarga dori-darmonlarni yetkazib berish uchun gumanitar yo‘laklarni tashkil etishga, shuningdek, «gumanitar koridor sektorida ehtimoliy vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga» kelishib oldi.

3 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 mart 2022, 22:00

3 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Pokistonga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev, Ukrainadan evakuatsiya qilingan 1859 nafar o‘zbekistonlik, O‘zbekistonda 2050 yilda tabiiy gaz, ko‘mir va neftdan yoqilg‘i sifatida foydalanishdan voz kechishi, dam olish kunida kutilayotgan chang to‘zoni, yangi tahdid va xavflarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashgan O‘zbekiston va Qozog‘iston, sport vaziriga tayinlangan o‘rinbosarlar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 3 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Rossiyada faoliyatini to‘xtatgan yoki qisman cheklagan global kompaniyalar — ro‘yxat (yangilandi)
3 mart 2022, 18:29

Rossiyada faoliyatini to‘xtatgan yoki qisman cheklagan global kompaniyalar — ro‘yxat (yangilandi)

Apple, BMW, Lego, Ikea, Canon, FedEx kabi logistika, raqamli texnologiyalar, onlayn-do‘konlar, yetkazib berish xizmatlari va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi global kompaniyalar Ukrainadagi urush ortidan Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda.

“Qishloqdagi qish — hayotimdagi qiyin tanlovlardan biri”. Xolida Musurmonova fotohikoyasi
3 mart 2022, 18:20

“Qishloqdagi qish — hayotimdagi qiyin tanlovlardan biri”. Xolida Musurmonova fotohikoyasi

Bahor kirib kelgan bo‘lsa-da, qishnig sovuq havosi hali tugagani yo‘q. Qishloq aholisi o‘z uylarini o‘tin, ko‘mir va tezak bilan isitishda davom etmoqda. Qish qahraton kelsa, o‘tin zaxirasi sumalak pishirishga yetmasdan, tamom bo‘ladi. Ijodkor Xolida Musurmonova O‘zbekistondagi qishloqlardan biridagi qish haqida hikoya qiladi.

O‘zbekiston banklari rubl sotib olish va sotishni boshladi
3 mart 2022, 18:14

O‘zbekiston banklari rubl sotib olish va sotishni boshladi

O‘zbekistonda banklar o‘zining valyuta ayirboshlash shoxobchalarida Rossiya rublini almashtirishni boshladi. Markaziy bank ularga valyuta kursini belgilashda sotib olish va sotish kurslari o‘rtasidagi “maqbul bo‘ladigan farq darajasini” saqlab qolishni tavsiya qildi.

Moldovaga o‘tgan o‘zbekistonliklar keyinroq qaytariladi — TIV
3 mart 2022, 17:27

Moldovaga o‘tgan o‘zbekistonliklar keyinroq qaytariladi — TIV

TIV rasmiy vakili Ukrainadan Moldovaga o‘tgan 200ga yaqin o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish masalasi keyinroq ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Hozirda Polsha orqali evakuatsiya qilish ustuvor ekanligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston 2050 yilda tabiiy gaz, ko‘mir va neftdan yoqilg‘i sifatida foydalanishdan voz kechadi — Energetika vazirligi
3 mart 2022, 17:22

O‘zbekiston 2050 yilda tabiiy gaz, ko‘mir va neftdan yoqilg‘i sifatida foydalanishdan voz kechadi — Energetika vazirligi

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev O‘zbekiston 2050 yilga borib tabiiy gaz, ko‘mir, neft mahsulotlaridan yoqilg‘i sifatida foydalanishdan to‘liq voz kechishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, an’anaviy energetika manbalaridan to‘liq voz kechilib, quyosh va shamol energetikasiga o‘tiladi. 2030 yilgacha 5000 MVtli shamol va 7000 MVtli quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish reja qilingan.

“Эхо Москвы” radiosi va sayti tugatilаdi
3 mart 2022, 17:13

“Эхо Москвы” radiosi va sayti tugatilаdi

“Эхо Москвы” direktorlar kengashi ko‘pchilik ovozi bilan radiokanal va sayt faoliyatini tugatishga qaror qildi. Bosh muharrir Aleksey Venediktov qaror uning ishtirokisiz qabul qilinganini aytdi.

UzAuto Motors Chevrolet ommabop modellarining shartnomalarini yangilaydi
3 mart 2022, 17:11

UzAuto Motors Chevrolet ommabop modellarining shartnomalarini yangilaydi

Kompaniya 3 martdan boshlab Chevrolet Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark avtomobillari uchun shartnomalar qayta tiklanishi haqida rasman ma’lum qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Pokistonga jo‘nab ketdi
3 mart 2022, 15:29

Shavkat Mirziyoyev Pokistonga jo‘nab ketdi

Payshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Pokistonga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizma sohalari yuzasidan fikr almashiladi. Qolaversa, uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy maslalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari yangi tahdid va xavflarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashdi
3 mart 2022, 15:19

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari yangi tahdid va xavflarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashdi

Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot chog‘ida geosiyosiy vaziyatning hozirgi keskinlashuvi sharoitida savdo-iqtisodiy aloqalar holatini atroflicha muhokama qildi. Shuningdek, prezidentlar yangi tahdid va xavflarni bartaraf etish maqsadida ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.

Hafta oxirida chang to‘zoni kuzatilishi mumkin
3 mart 2022, 14:57

Hafta oxirida chang to‘zoni kuzatilishi mumkin

Hafta yakunida O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. 4−5-mart kunlari shamol tezligi 25−30 m/s gacha kuchayishi va chang to‘zoni kuzatilishi mumkin. Yakshanba kuni esa yomg‘ir yog‘adi.

Toshkent viloyati «Issiqlik manbai» boshqarmasida 6,5 mlrd so‘mlik kamomad aniqlandi
3 mart 2022, 13:58

Toshkent viloyati «Issiqlik manbai» boshqarmasida 6,5 mlrd so‘mlik kamomad aniqlandi

Uy-joy fondi inspeksiyasi Toshkent viloyati «Issiqlik manbai» ishlab chiqarish boshqarmasida 6,5 mlrd so‘mlik kamomad va noqonuniy o‘zlashtirish holatlarini aniqladi. Bundan tashqari, boshqarma manbaidagi qozonxonaning kadastr hujjatlari yo‘qligi, 7 ta qozonxona esa boshqa shaxsga berib yuborilgani ma’lum bo‘ldi.

UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Traverse va Tahoe mashinalarini sotishni boshladi
3 mart 2022, 13:32

UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Traverse va Tahoe mashinalarini sotishni boshladi

3-martdan boshlab Uzauto Motors Chevrolet Traverse va Tahoe avtomobillarining yangi modellarini xarid qilish bo‘yicha arizalarni qabul qilishni boshladi. Traverse narxlari 469,2 mln so‘mdan boshlansa, Tahoe narxlari 597,6 mln so‘mdan boshlanadi.

Chinozda fuqaro «moliyaviy piramida» tashkil qilganlikda gumonlanib ushlandi
3 mart 2022, 12:46

Chinozda fuqaro «moliyaviy piramida» tashkil qilganlikda gumonlanib ushlandi

DXX Chinoz tumanida «moliyaviy piramida» tashkil qilganlikda gumonlab, bir nafar fuqaroni hibsga oldi. U jami 12 kishidan 94 ming AQSh dollari, 394 mln so‘mlik 4 ta avtomobil va 54 bosh chorva molini olganligi aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘g‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting