Arxiv

Sportni rivojlantirish vaziriga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi
3 mart 2022, 10:59

Sportni rivojlantirish vaziriga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Abdullo Aslonov, Shaxrillo Maxmudov va Murad Ismailov sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Roman Abramovich «Chelsi» klubini sotishga qaror qildi
3 mart 2022, 10:31

Roman Abramovich «Chelsi» klubini sotishga qaror qildi

Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich Londonning «Chelsi» jamoasini sotishga qaror qildi. Kelishuvdan tushadigan barcha mablag‘lar Ukrainadagi urushda jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlaydigan xayriya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Hozirda klubga asosiy da’vogar sifatida shveysariyalik millarder Xansyorg Viss e’tirof etilmoqda.

Jami 1859 nafar O‘zbekiston fuqarosi Ukrainadan evakuatsiya qilindi — TIV
3 mart 2022, 10:05

Jami 1859 nafar O‘zbekiston fuqarosi Ukrainadan evakuatsiya qilindi — TIV

Umumiy hisobda 1859 nafar O‘zbekiston fuqarosi Polsha orqali Ukrainadan evakuatsiya qilindi. Yana 1100 o‘zbekistonlik Polsha hududida qolmoqda.

Fermerlarga suv tejovchi texnologiya joriy etgan har bir gektar yeri uchun subsidiya beriladi
3 mart 2022, 10:03

Fermerlarga suv tejovchi texnologiya joriy etgan har bir gektar yeri uchun subsidiya beriladi

Prezident qarori bilan qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘oriladigan ekin maydonining har bir gektariga subsidiya beriladi. Bunda paxta maydonlari uchun 8 mln so‘m — Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 12 mln so‘m, sabzavot va poliz ekinlari uchun 1,5 mln so‘mdan 2,5 mln so‘mgacha, mevali ekinlar uchun 6 mln so‘m, uzum maydonlari uchun esa 8 mln so‘mdan ajratiladi. Buning uchun respublika budjetidan joriy yilda 1 trln 182,4 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiyada qurbon bo‘lganlar sonini ilk bor ochiqladi
3 mart 2022, 00:45

Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiyada qurbon bo‘lganlar sonini ilk bor ochiqladi

Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiya boshidan beri 498 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganini va 1597 nafari jarohatlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, Rossiya tomoni Ukrainaning yo‘qotishlari 2870 nafar odamdan ko‘proqligini ta’kidlamoqda. Ukraina rasmiylari boshqa raqamlarni taqdim qilishgan.

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi
2 mart 2022, 23:54

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Bosh Assambleyasi «Ukrainaga qarshi tajovuz» rezolyutsiyasini qabul qilib, Rossiyadan o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududidan zudlik bilan olib chiqib ketishni talab qildi. Uni 141 davlat yoqlab, 5 davlat qarshi, 35 davlat betaraf ovoz berdi. Rezolyutsiyada, shuningdek, «Belarus ishtirokidan» afsus bildirilgan.

2 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
2 mart 2022, 22:00

2 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ukrainadagi vaziyat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlashni buyurgan Shavkat Mirziyoyev, Ukrainadan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinishi davom etayotgani, o‘zbek paxtasi bolalar mehnatidan holi bo‘lganini qayd etgan XMT, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni ma’qullagan deputatlar, qayta tashkil etilgan Mahalla vazirligi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 2 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston va BMT Kontrterror boshqarmasi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni tayyorlaydi
2 mart 2022, 20:47

O‘zbekiston va BMT Kontrterror boshqarmasi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni tayyorlaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi o‘rinbosari — Kontrterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkovni qabul qildi. Tomonlar «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» rezolyutsiyasi doirasida ko‘p tomonlama tadbirlar o‘tkazish, yoshlarni ekstremizm va terrorizmning salbiy ta’siridan himoya qilish, «qaynoq nuqtalar»dan qaytarilgan shaxslarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish sohasida tajriba almashish hamda kadrlar tayyorlash yo‘nalishida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Koronavirusga qarshi emlanmagan 45 mingdan ortiq xodimlar ishdan chetlashtirildi
2 mart 2022, 19:44

Koronavirusga qarshi emlanmagan 45 mingdan ortiq xodimlar ishdan chetlashtirildi

SES avgust oyidan buyon 89 mingdan ortiq ishchi-xodimlar koronavirusga qarshi vaksina olmaganini aniqladi. Ularning 45 mingdan ortig‘i vaqtincha ishdan chetlashtirilgan.

Xarkov, Sumi va Xersondagi o‘zbekistonliklar harbiy harakatlar to‘liq tugagach evakuatsiya qilinadi — TIV
2 mart 2022, 19:22

Xarkov, Sumi va Xersondagi o‘zbekistonliklar harbiy harakatlar to‘liq tugagach evakuatsiya qilinadi — TIV

Ukrainadagi elchixona faol harbiy harakatlar borayotgan Xarkov, Sumi va Xerson shaharlaridan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilishda qiyinchiliklar duch keldi. Fuqarolar harbiy harakatlar to‘liq tugaganidan keyin evakuatsiya qilinadi. Hozircha ularga bunkerlarda qolish tavsiya etildi.

Elchixonani Kiyevdan ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilmayapti — TIV rasmiy vakili
2 mart 2022, 19:18

Elchixonani Kiyevdan ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilmayapti — TIV rasmiy vakili

Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining aytishicha, O‘zbekiston elchixonasini Kiyevdan evakuatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmayapti, chunki hozirda diplomatik vakolatxona faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishi mamlakat fuqarolarini xavfsiz evakuatsiya qilish hisoblanadi.

USM: Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalar xolding kompaniyalariga dahl qilmaydi
2 mart 2022, 19:07

USM: Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalar xolding kompaniyalariga dahl qilmaydi

Yevroittifoqning rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga nisbatan joriy etgan sanksiyalari USM xoldingi aktivlariga dahl qilmaydi, deya ma’lumot berdi kompaniya.

Shavkat Mirziyoyev 3−4 mart kunlari Pokistonda bo‘ladi
2 mart 2022, 18:50

Shavkat Mirziyoyev 3−4 mart kunlari Pokistonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3−4 mart kunlari Pokistonga davlat tashrifini amalga oshiradi. Ikkitomonlama muzokaralarda strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

«O‘zbekistonda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatga yollash boshlangani haqidagi ma’lumotlar asosga ega emas» — Mudofaa vazirligi
2 mart 2022, 18:37

«O‘zbekistonda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatga yollash boshlangani haqidagi ma’lumotlar asosga ega emas» — Mudofaa vazirligi

Mudofaa vazirligi O‘zbekistonda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatga yollash boshlangani haqidagi ma’lumotlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qildi. «O‘zbekiston harbiy xizmatchilari mamlakatdan tashqaridagi harbiy harakatlarda ishtirok etmaydi», — deyiladi bayonotda.

Rublning rasmiy kursi 2017 yildan beri ilk marta 100 so‘mdan pasaydi
2 mart 2022, 18:06

Rublning rasmiy kursi 2017 yildan beri ilk marta 100 so‘mdan pasaydi

Rublning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 15,38 so‘mga pasayib, 99,73 so‘mni tashkil qildi. Rubl kursi 2017 yil 5 sentabrdan buyon ilk bor 100 so‘mdan pasaydi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, dollar kursi esa ko‘tarildi.

Qarshida fuqaro «Mikrokreditbank» mas’ullari bilan 1,1 mlrd kredit pullarini o‘zlashtirgani aytilmoqda
2 mart 2022, 17:50

Qarshida fuqaro «Mikrokreditbank» mas’ullari bilan 1,1 mlrd kredit pullarini o‘zlashtirgani aytilmoqda

Qarshi tumanida fuqaro «Mikrokreditbank» mas’ul xodimlari bilan boshqa fuqaro nomiga korxona ochib, 1,9 mlrd so‘m kredit ajratib bergani va shundan 1,1 mlrd so‘mni mahsulot xaridi uchun o‘tkazish orqali talon-toroj qilgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Nobel mukofoti sovrindorlari Rossiya hukumatini qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqib ketishga chaqirdi
2 mart 2022, 17:25

Nobel mukofoti sovrindorlari Rossiya hukumatini qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqib ketishga chaqirdi

163 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga qarshi ochiq xat bilan chiqishdi. Ular Rossiyaning xatti-harakatlarini mustaqil Ukraina davlati va Ukraina xalqiga «prezident Putin boshchiligidagi asossiz harbiy tajovuz», deb baholagan. Rossiya tomonidan Ukraina hududiga bostirib kirilishi BMT Nizomini qo‘pol ravishda buzish va 1994 yilgi Budapesht memorandumiga nisbatan bepisandlik ekanligi qayd etilgan.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning 7 ta bankini SWIFT tizimidan uzib qo‘ydi
2 mart 2022, 17:18

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning 7 ta bankini SWIFT tizimidan uzib qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi VTB (Rossiyadagi ikkinchi yirik bank), Rossiya banki, “Открытие”, Sovkombank, Novikombank, Promsvyazbank va VEB banklarini SWIFT tizimidan uzib qo‘ydi. Shuningdek, YeI Rossiyaga yevrodagi banknotlarni sotish, yetkazib berish va eksport qilishni ham taqiqladi.

Qozog‘iston prezidentining Olmaotadagi qarorgohi buziladi
2 mart 2022, 17:15

Qozog‘iston prezidentining Olmaotadagi qarorgohi buziladi

Qozog‘istondagi yanvar voqealari vaqtida namoyishchilar tomonidan vayron qilingan va yoqib yuborilgan Qasim-Jomart Toqayevning Olmaota shahridagi qarorgohi buziladi. Prezident matbuot kotibi Berik Uali uning o‘rnida shahar aholisi uchun sayilgoh barpo etilishini ma’lum qildi.

Yanvar oyida O‘zbekiston banklarining muammoli kreditlari 503 mlrd so‘mga ortdi
2 mart 2022, 16:27

Yanvar oyida O‘zbekiston banklarining muammoli kreditlari 503 mlrd so‘mga ortdi

1 fevral holatida O‘zbekiston banklarining kredit portfelidagi muammoli kreditlar (NPL) ulushi 5,4 foiz yoki 503 mlrd so‘mga ko‘paydi. NPL o‘sishining asosiy qismi davlat ulushi mavjud banklar hisobiga to‘g‘ri keladi. Ushbu banklarda NPL 453 mlrd so‘mga ortgan. Xususiy banklarda esa bu ko‘rsatkich qariyb 50 mlrd so‘mni tashkil etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting