Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiysi Ivan Sokolov Chess.com sayti bilan intervyuda grossmeysterlik va murabbiylik faoliyati, Chennay Olimpiadasida g‘olib bo‘lgan yosh o‘zbek vunderkindlari bilan ishlash to‘g‘risida hikoya qildi, o‘zbek shaxmatchilari uslublariga o‘ziga xos baho berdi.
Hukumat qarori bilan bolalarni oilalarga tarbiyaga olish tartibi belgilandi. Unga koʻra, tugʻilganidan boshlab 18 yoshgacha boʻlgan bolalar oilaviy tarbiyalashga berilishi mumkin. Tarbiyalovchi ota-onalarga har bir bolaning yashash xarajatlari uchun davlat budjetidan oyiga 1,5 mln soʻmdan 2,1 mln soʻmgacha pul ajratiladi.
Magistral gaz quvuriga shikast yetkazilgani oqibatida Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi faoliyati favqulodda to‘xtatildi, deb xabar berdi Energetika vazirligi. Ayrim hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
May oyida Uchtepa tuman prokuraturasi tergovchisi 50 ming dollar pora bilan ushlangan edi. Yashnobod tuman sudi gumonlanuvchini aybdor deb topib, 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,1 mlrd dollariga teng bo‘ldi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 6,3 mlrd dollar o‘sish qayd etilgan.
Hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish uchun Transport vazirligi tomonidan 5000 ta avtobus va mikroavtobus sotib olish, 81 ta avtovokzal qurish va rekonstruksiya qilish hamda Damas mikrovenlaridan foydalanishdan voz kechish taklif etilmoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida Germaniyaning Wanzl kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 1000 ta yangi yuk aravalari paydo bo‘ldi. Yaqin kunlarda hududiy aeroportlarga ham yangi aravalar keltirilishi reja qilinmoqda.
Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Qarshi Leather zavodi ekologiyani ifloslantirgani uchun bir necha bor ogohlantirilgani, mart oyida faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qildi. Avvalroq atrofga badbo‘y hid taratayotgan ushbu zavod oldida fuqaro o‘zini yoqib yuborgan edi.
Gruziya birjasining sobiq rahbari Giorgiy Paresishvili «Toshkent» birjasi boshqaruvi raisi bo‘ldi. Uning asosiy vazifalari mahalliy fond bozorini kapital bozorining xalqaro infratuzilmasiga integratsiyalashuvi, shuningdek, mahalliy kompaniyalarning IPO va SPO o‘tkazishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari sentabrda Samarqandda SHHT sammitini tashkil etish hamda joriy yil kuzda uchinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlar forumini o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.
Toshkentdagi Navoiy ko‘chasining Xadra maydonidan Chorsu maydonigacha bo‘lgan qismi 17 avgustdan ta’mir ishlari uchun yopiladi.
Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi ko‘chada Spark haydovchisi yo‘l chetida turgan shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisini urib yubordi. Hodisa oqibatida piyoda voqea joyida vafot etdi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev shaxmat olimpiadasi g‘olibi Nodirbek Yakubbayevning otasi, soliq xizmati xodimi Murodbek Iskandarovga navbatdagi unvonni topshirdi. Shuningdek, chempionning ota-onasiga «Xumson» sanatoriysiga yo‘llanma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari berilgan.
Magistraturada to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt summasini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi tasdiqlandi. Buning uchun talabgorlar 15 sentabrga qadar o‘zlari ta’lim oladigan muassasa rektori nomiga ariza bilan murojaat etishlari talab qilinadi.
15 avgust kuni Jizzax viloyatida Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan «Dala oshxonasi» va «Qurolsoz usta» musobaqalari boshlandi. Unda dunyoning 37 davlatidan jami 257 jamoa qatnashmoqda. O‘yinlar Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan.
Toshkent aeroportida Interpolning O‘zbekistondagi byurosi xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaroni turkiyalik hamkasblariga topshirdi. U muhrlarga qasddan zarar yetkazish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun qidiruvda bo‘lgan.
Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari yana 10 ta oltin, 4 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ikki kurashda 446 kg tosh ko‘targan og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev o‘yinlarning mutlaq chempioniga aylandi.
O‘zbekiston va Shveysariya 16 avgust kuni Gulnora Karimovaning aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitimni imzoladi. $131 mlnga (taxminan 1,4 trln so‘m) teng aktivlar O‘zbekistonga BMTning «Uzbekistan Vision 2030» ko‘p-sheriklik trast jamg‘armasi orqali qaytarilishi kutilmoqda.
Andijonning Buloqboshi tumanidagi “Xalq banki” xodimlari tomonidan bankomatga joylanishi kerak bo‘lgan 111 mln so‘m o‘zlashtirilganligi aniqlandi. Tekshiruv davomida yetkazilgan zarar to‘liq qoplangan.
Prokuratura Qarshidagi charm zavodi yaqinida sodir bo‘lgan voqeani o‘rganmoqda. Bu yerda aholi kasalliklarni keltirib chiqarayotgan hid va havoning ifloslanishidan shikoyat qilib yig‘ilishgandi. Fuqarolardan biri zavod rahbariyati tahdid qilganini aytib, o‘zini yoqib yubordi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting