Toshkent viloyatida 16 yoshli bola ikki sherigi bilan o‘zining onasini qasddan o‘ldirib qo‘yganlikda gumonlanmoqda. Bunga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani va ular ayolning jasadini uyning yerto‘lasiga ko‘mib tashlagani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonning oltita viloyatida huquq-tartibot organlari ayrim shaxslar yonida qariyb 15 kg «opiy» hamda salkam 4 kg «gashish» moddasi borligini aniqladi. Ularning aksariyati moddalarni qo‘shni davlatlardan olib kirib, sotishni rejalashtirgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Xorazmda fuqaroni 500 dollar evaziga Milliy gvardiyaga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Andijondagi holatda esa fuqaro boshqa bir fuqaroni ishga kiritib qo‘yish uchun 9 mln so‘m olganlikda gumon qilinmoqda.
Volgograd viloyatidagi fermer xo‘jaligida ishlayotgan 11 nafar o‘zbekistonlik mehnat migranti ovqatdan zaharlandi. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ular hozir shifoxonada, o‘zlarini yaxshi his qilmoqda.
Yaponiya O‘zbekistonga kompyuter tomografiyasi uchun uchta skaner, ultratovush va rentgen apparati bilan jihozlangan mobil tibbiy-diagnostika konteynerini topshirdi. U chekka hududlar aholisiga, shu jumladan, tabiiy ofatlar paytida yordam berish uchun ishlatiladi.
Moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun 100 mln dollar miqdorda imtiyozli kreditlar ajratadi. Banklar qarzlarni milliy valyutada 10 yil muddatga imtiyozli davr bilan 10 foiz stavkada taqdim etadi. Avvalroq MB hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini qisqartirishni so‘ragandi.
Hindistonda o‘tkazilayotgan shaxmat olimpiadasining to‘rtinchi turida O‘zbekiston jamoasi musobaqa favoriti — jahon reytingida top-10likdagi shaxmatchilardan iborat AQSh jamoasi bilan durang o‘ynadi. O‘zbekistonlik qizlar esa hozirgacha uch g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi.
RTL Alliance xalqaro logistika kompaniyasi jahon logistikasidagi murakkab vaziyatga qaramay, turli mamlakatlardan xavfli yuklarni yetkazib berish muammosini muvaffaqiyatli hal qilmoqda.
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani mas’ul xodimlari «Gaistontepa» arxeologiya yodgorligi hududini uy-joy qurish uchun noqonuniy ravishda ajratib bergan. Ikki yil ichida moddiy madaniy meros obyekti butunlay vayron bo‘ldi, yetkazilgan zarar 80 mlrd so‘mga baholanmoqda.
Blokdan chiqarilgan Twitter va boshqa tarmoqlar, Konstitutsiyani o‘zgartirish muhokamasi yakunlangani, ilk bor uch tomonlama muzokara o‘tkazadigan O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon, NKMKga $1,2 mlrdlik xalqaro kredit va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish uchun investitsiya fondini ishga tushiradi. Bir hafta ichida uni yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi, deya ma’lum qildi bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev.
Bolgariyada taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida musobaqa tashkilotchilari o‘zbekistonlik Laylo Hasanovani eng yaxshi taekvondochi qiz, deb e’tirof etdi. U jahon chempioni bo‘ldi, yana 9 nafar sportchi terma jamoa hisobiga 1 kumush va 8 bronza medalini yozdirib qo‘ydi.
Afg‘onistonning 2021 yil uchun O‘zbekistondan elektr energiyasi bo‘yicha qarzi yo‘q. O‘tgan yil yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lov to‘liq amalga oshirilgan, 2022 yil uchun yetkazib berish bo‘yicha hisob-kitoblar tizimli asosda amalga oshirilmoqda, deb xabar qildi Energetika vazirligi.
Iqlim o‘zgarishi muammosi yildan-yilga dolzarblashib bormoqda. Nima sababga ko‘ra iqlim bunchalik injiq bo‘lib qoldi? Bu holatni o‘zgartirish uchun biz nima qilishimiz lozim? Bizni kelajakda nimalar kutmoqda? «Gazeta.uz» ushbu maqolada barchamizni qiynayotgan savollarga javob beradi.
Chorvoq suv omborining chap qirg‘og‘ida joylashgan «Chorvok oromgohi» («Piramidalar») dam olish maskani 208 mlrd so‘mga sotildi. Tenderda VIP Logistics g‘olib bo‘ldi.
Tarmoqlarda Samarqandda erkaklar ikki ayolni kaltaklagani aks etgan video tarqalgandi. Bunga ayollar boshqa bir ayol bilan janjallashib qolgani va erkaklarning mashinalariga shikast yetkazgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Videodagi bolakay esa ayolning farzandi emasligi ma’lum bo‘ldi. Tomonlarning fikri.
AKT vazirligi O‘zbekistonda o‘tgan yilning yozidan beri blokda bo‘lgan Twitter, «Vkontakte» tarmoqlari hamda WeChat messenjeridan foydalanish bo‘yicha cheklov olib tashlanganini ma’lum qildi. TikTok platformasiga kirish esa hozircha tiklanmadi.
2−5 avgust kunlari sakkizta viloyatning tog‘li hududlarida yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida sel-suv toshqinlari yuz berishi xavfi e’lon qilindi. O‘zgidromet aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.
JPMorgan Chase, Citi, Societe Generale i Credit Suisse`dan iborat xorijiy banklar konsorsiumi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga investitsiya dasturini amalga oshirish uchun 1,2 mlrd dollar kredit ajratdi.
Shohruh Sadirov Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan stenddan o‘q otish bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston uchun ushbu sport turi bo‘yicha qit’a chempionatidagi ilk bosh sovrin hisoblanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting