29 iyuldan 1 avgustga qadar yomg‘irlar yog‘ishi tufayli Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li va tog‘ oldi hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi kutilmoqda. O‘zgidromet aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.
O‘zbekiston mediamakonida Gruziyaga qiziqish va sayohat qilish ko‘p muhokama qilinadigan mavzulardan biriga aylanmoqda. «Gazeta.uz» ushbu qiziqish nega ortayotganligi, Gruziyaning o‘ziga xos tomonlari va undan nimalarni o‘rganish mumkinligi haqidagi savollarga u yerga sayohat qilganlardan javob oldi.
Rimda bo‘lib o‘tayotgan yunon-rum kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik atletlar Aytjan Xalmaxanov oltin, Shahzod Ro‘zioxonov kumush, Xurshidbek Normuhammadov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Biznes-ombudsman tadbirkorlarni tekshirish jarayoni qonuniyligi va hujjatlar ijrosi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy hokimiyatlarda ham tekshiruvlar o‘tkazadi. Qolaversa, hududlarda sayyor qabullar tashkil etilib, tadbirkorlar muammolarini joyida hal qilish choralari ko‘riladi.
Yarim yilda 1429 ta jinoyat ishi doirasida 1785 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi. Bunda ular yetkazgan moddiy zarar qariyb 700 mlrd so‘mni tashkil etdi. 1210 nafar mansabdor talon-toroj qilish, 158 nafari o‘z mavqeini suiiste’mol qilish, 129 nafari firibgarlik, 74 nafari poraxo‘rlikda ayblangan.
Prezident farmoni bilan «Business.gov.uz» portali «Tadbirkor virtual ofisi» axborot portaliga aylantirildi. U orqali tadbirkorlarning murojaati 24 soat davomida qabul qilinadi, onlayn muhokamalar va so‘rovnomalar o‘tkaziladi, yakuni bo‘yicha esa biznes-ombudsman prezident va hukumatga takliflar kiritadi.
O‘zbekistonning bir qator viloyatlaridagi gaz quyish shoxobchalarida ikki oy davomida 41 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Jizzax viloyatidagi 17 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi gaz o‘lchov tizimlariga tashqi ta’sir etish holatlari kuzatilgan.
2022-yilda OTMlarga kirish uchun jami 1 mln 214 ming 232 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Ularning 67 foizi avvalgi yillar bitiruvchilari hisoblanadi. Abituriyentlarning yarmidan ko‘pi kunduzgi ta’limni, 8,3 ming nafari esa masofaviy ta’limni tanlagan.
O‘zbekiston va Isroil hukumatlari o‘rtasida o‘zbekistonlik ishchilarni Isroil mehnat bozorining maxsus sektorlarida vaqtincha ish bilan ta’minlash to‘g‘risida bitim imzolandi.
Shu yilning birinchi yarim yilligida prezident hujjatlari ijrosini ta’minlamagani uchun Moliya, Qurilish hamda Energetika vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa idoralardagi 5 nafar davlat xizmatchisi ishdan bo‘shatildi, 6 nafariga hayfsan va 1 nafariga jarima jazosi qo‘llanildi.
Anomal issiq paxtachilik uchun favqulodda vaziyat, lekin barcha imkoniyatlarni safarbar qilib, hosilni saqlab qolish zarur, dedi prezident. Shavkat Mirziyoyev barcha hududlarda g‘o‘zani parvarishlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni amalga oshirish uchun «dolzarb 30 kunlik» e’lon qildi.
Yagona maktab formasining hali beri majburiy bo‘lmasligi, ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod qilinganlar, Komil Allamjanv bugundan biznesmen emas, hafta oxiridagi yomg‘irlar, Alisher Usmonovning ikki jiyaniga qarshi sanksiyalar, «Qo‘rqinchli Tehron» asari muhokamasi va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Qozog‘iston Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi hamda AQSh, Turkiya va Xitoy timsolida ittifoqchi qidira boshladi, deb yozadi WSJ. Mamlakat savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilishga tushdi, mudofaa budjetini oshirdi va Turkiya bilan jangovar dronlarni ishlab chiqarishga kelishib oldi.
Statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 2,6 mln so‘mni tashkil etganini ma’lum qildi. Avvalroq qo‘mita (qishloq xo‘jaligi va kichik biznes subyektlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni kiritmay) 2021 yilda yuridik shaxslarning o‘rtacha oylik maoshi 3,2 mln so‘m bo‘lganini qayd etgan edi.
Alisher Usmonovning jiyanlari Buyuk Britaniya sanksiyalari ro‘yxatiga kiritildi. Britaniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, ular Londonning ikkita elit hududida uylarga ega. Ularning aktivlari muzlatilgan.
Juma kunidan boshlab 7 avgustga qadar poytaxtda Food Fest-2022 gastronomik festivali o‘tkazilishi munosabati bilan Buyuk Turon ko‘chasi, Mustaqillik shoh ko‘chasi hamda Hyatt Regency mehmonxonasigacha bo‘lgan yo‘llar avtotransport harakati uchun vaqtincha yopiladi.
O‘zgidromet rahbari 28−29 iyul kunlari O‘zbekiston hududining aksariyat qismida havo harorati pasayib, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkinligini ma’lum qildi.
Tanzila Narbayeva prezident topshirig‘iga ko‘ra bu yil 12 ming xotin-qizlar uy-joy bilan ta’minlanishi kerakligi, biroq ularning 500 nafardan sal ortiqrog‘iga uy berilganini aytdi. U joylardagi mas’ul tuzilmalar topshiriqni bajarish o‘rniga tadbirbozlik qilib yurganini tanqid ostiga oldi.
Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi epitsentri Qirg‘izistonda joylashgan 4,5 magnitudali zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilganini ma’lum qildi. Mamlakat sharqida zilzila kuchi 2−3 ballni tashkil etgan.
Rothschild & Cie kompaniyasi maslahatchilari kapital bozorlarining yuqori o‘zgaruvchanligi sababli «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatiga IPO`ni chiqarish muddatini keyinroqqa qoldirishni tavsiya qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting