Energetika vazirligi 26 yanvardan boshlab avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari faoliyati vaqtincha cheklanishi, yuridik iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish esa to‘xtatilishini ma’lum qildi. Elektr energiya va tabiiy gaz to‘liq hajmda IES, ijtimoiy soha obyektlari va aholiga yetkazib beriladi.
Kuchli qor yog‘ishi oqibatida Istanbul xalqaro aeroporti faoliyati to‘liq to‘xtatilgan. Shu sababli Uzbekistan Airways 26 yanvar kungi Toshkent — Istanbul — Toshkent hamda Istanbul — Farg‘ona — Istanbul yo‘nalishidagi reyslarni bekor qildi.
Parrandachilik xo‘jaliklariga o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, sotilgan parranda go‘shtining har bir kilogrami uchun subsidiya miqdori oshirilmoqda.
DXX Farg‘onada o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi hududida joylashgan uyda qariyb 1 mlrd so‘mlik 436 ta Redmi Note 10s telefoni yashirib qo‘yilganini aniqladi.
Ketma-ket ikki kunlik pasayishdan so‘ng kasallanishlar soni yana ortdi — seshanba kuni 1174 kishi koronavirus yuqtirib oldi. 4 nafar bemor esa vafot etdi. Qolaversa, 114 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Energetika vazirligi respublikaning ayrim hududlarida elektr energiya ta’minoti navbatma-navbat yetkazib berilishini ma’lum qildi. Bunga 64 ta gaz konining ishi vaqtincha to‘xtatilib, IESlarda ishlab chiqarish hajmi qisqarishi sabab bo‘lgan. Qolaversa, Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo va Toshkent viloyati hamda poytaxtning ayrim joylarida gaz pasaygan yoki umuman o‘chgan.
Noodatiy qorong‘u ko‘chalar, chiroq tutgan o‘tkinchilar, ishlamaydigan bankomatlar, kun bo‘yi postini tark etmagan yo‘l nazoratchilari — energiyasiz qolgan Toshkent “Gazeta.uz” muxbiri Shuhrat Latipov obyektivida.
Toshkentga qalin tuman tushdi. Poytaxt aholisi havoda yana chang paydo bo‘lganligini taxmin qildi. Biroq O‘zgidromet havo ifloslanishi ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshmaganligini ma’lum qildi.
Yarim kundan ko‘proq vaqtdan buyon Toshkentning ayrim qismlarida elektr energiyasi mavjud emas. «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin tun soatlarda poytaxt bo‘ylab sayr qildi.
IIV butun mamlakat bo‘yicha elektr o‘chishi munosabati bilan jamoat tartibini saqlash, yo‘llarda tartibni ta’minlash va mol-mulklarni qo‘riqlashga barcha shaxsiy tarkib jalb etilganini ma’lum qildi.
Energetika vazirligi hududlarda elektr ta’minotini tiklash bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot berdi. Toshkentning ayrim tumanlarida hamon elektr energiyasi qisman yo‘q. Qashqadaryo esa butunlay elektrsiz qolgan.
Toshkent xalqaro aeroporti quyuq tuman tushishi munosabati bilan samolyotlarni qabul qilishni to‘xtatdi. Biroq Toshkentdan Tel-Aviv, Olmaota, Moskva, Sankt-Peterburg va Krasnodarga reyslar amalga oshirildi.
Markaziy Osiyo energotizimidagi yirik avariya tufayli O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatdi. Afg‘onistonning DABS kompaniyasi ilk bor Turkmaniston elektrini Kobulga ulashga muvaffaq bo‘ldi.
«Xududgazta’minot» kompaniyasi tabiiy gazdan qarzdorlik uchun avtomatik ravishda o‘chirish vaqtinchalik to‘xtatilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlari ishtirokidagi videoanjumanda ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev tadbirda yangi iqtisodiy muloqot strategiyasini ishlab chiqishni, «Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston» temir yo‘lini qurishni joriy yildanoq boshlash g‘oyasini ilgari surdi. Davlat rahbari 2023 yilni «Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili» deb e’lon qilishni taklif qildi.
Toshkentdagi markaziy isitish qozonxonalari 3−4 soat oralig‘ida to‘liq ish rejimiga o‘tadi va xonadonlar isiy boshlaydi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Toshkentda 6 soat ichida suv ta’minoti to‘liq tiklanishini ma’lum qildi. Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor tumanlariga va Chilonzor tumanining bir qismiga 3 soat ichida suv berish to‘liq tiklanadi.
FVV qutqaruvchilari poytaxt metropolitenidan 415 nafar yo‘lovchini evakuatsiya qildi. Pop tumanidagi temiryo‘lda yuk poyezdi to‘xtab qolganligi qolganligi uchun undan 40 km uzoqlikda yo‘lovchi poyezd ham to‘xtab qolgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi. Energetika vazirligi boshqa hududlarda elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanishini ma’lum qildi.
Prezident matbuot kotibi O‘zbekistonda elektr energiyasi o‘chishi bilan bog‘liq vaziyat prezident nazoratida ekanligini ma’lum qildi. «Barchangizni xotirjamlikni saqlash va sarosimaga tushmaslikka chaqirib qolamiz. Vahimaga o‘rin yo‘q», — deya ta’kidladi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting