O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Toshxo‘jayev 70 yoshida vafot etdi.
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari may oyida qariyb 500 mln dollarga kamayib, 35,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Qimmatbaho metallarning fizik hajmi oshgan bo‘lsada, xorijiy valyuta va oltindagi zaxiralar qiymati kamaydi.
Samarqand va Toshkent shaharlarida fuqarolarni 40 ming dollar evaziga viza rasmiylashtirib berishni va’da qilib, AQShga jo‘natishga uringanlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi.
O‘zbekistonda tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish, shuningdek, yagona eksportchi vazifasini bajarish uchun UzGasTrade kompaniyasi tashkil etilmoqda. Hozir bu bilan «O‘ztransgaz» shug‘ullanadi. UzGasTrade ustav kapitali davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya hisobidan shakllantiriladi.
Koreyaga ishga ketish uchun EPS-Topik test imtihonlariga boshqa fuqaroning o‘rniga kirish va qo‘shimcha vositalardan foydalanishga urinish bilan bog‘liq 23 ta holat aniqlandi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi qoidabuzarlar 3 yilgacha qaytib imtihonda qatnasha olmasligidan ogohlantirmoqda.
Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumaniga Anvar Normamatov hokim etib tayinlandi. Sobiq hokim tumanning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari pastligi uchun tanqid qilingan edi.
JSST ruhiy salomatlik birlamchi tibbiy yordamning bir qismi bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Maktab o‘quvchilari ruhiy salomatlik uchun ijtimoiy va emotsional ta’lim dasturlariga, kattalar esa arzon yordam va ijtimoiy xizmatlarga muhtoj.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashrifini Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev nomidagi ko‘cha va xiyobonni ochishdan boshladi. Oliy martabali mehmonga prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohlik qildi.
Seshanba kuni quyi palata majlisida Rasul Kusherbayev va Alisher Qodirov o‘rtasida bahs yuzaga keldi. Bunga fuqarolarning shaxsiy elektron ma’lumotlarini olishga imkon beruvchi qonun loyihasi sabab bo‘ldi. Rasul Kusherbayev hamkasbining gapini bo‘lib qo‘ygan bo‘lsa, Alisher Qodirov esa shaxsiyatga o‘tib ketdi.
UNICEF O‘zbekistonda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlaridan xavotirda: ayrim hodisalar, jumladan, go‘daklar bilan bog‘liq bo‘lganlari jamoatchilik ko‘z oldida va kuzatuvchilar ishtirokida sodir bo‘lmoqda. Tashkilot ijtimoiy ishchilar institutini tashkil etish kerakligini aytdi.
Samarqandda ikkita holatda qariyb 16 kilorgammga yaqin giyohvandlik vositalarini yetkazib berish va sotish bilan shug‘ullangan uch nafar shaxsga sud hukmi o‘qildi. Ularga nisbatan 11 yildan 13 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi.
Ishtixon tumanida tadbirkor aholiga ajratilgan arzon narxdagi 84,5 tonna un mahsulotini belgilangan mahallalarga yetkazib bermasdan, savdo nuqtalari orqali qimmat narxlarda sotib yuborgani aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborov uchrashib, investitsiyalar, savdo, transport va logistika sohasidagi hamkorlik salohiyatini muhokama qildi. Tomonlar o‘zaro va tranzit yuk tashishni ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlik yo‘llarini ko‘rib chiqishdi.
Denov va Urganch dzyudo maktablari, Milliy universitetda alohida ta’lim yo‘nalishi hamda O‘zbekiston dzyudo akademiyasi tashkil etiladi, mamlakatda jahon chempionati va beshta turnir o‘tkaziladi — prezident dzyudo sportini rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi.
«Novaya Gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratov 2021 yilda tinchlik bo‘yicha qo‘lga kiritgan Nobel mukofotini auksionga qo‘ydi. Boshlang‘ich narxi $700 minglik lot bir necha daqiqada $16,6 mlnga ko‘tarildi, yakunda esa $103,5 mlnga sotildi. Mablag‘lar ukrainalik qochqinlarning oilalariga yordam berishga sarflanadi.
20 iyundan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi maktablarga onlayn-qabul boshlandi. «Gazeta.uz» ota-onalar uchun my.maktab.uz platformasi orqali elektron shaklda maktabga hujjat topshirish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 10-sonli koloniyada tibbiyot xodimlari yetishmaydi. U yerda har kuni 70−80 nafar mahkumga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ombudsman ofisi muassasadagi mahkumlarni saqlash va qarindoshlari bilan uchrashish uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qator takliflarini bildirdi: «O‘zbekistan — ijtimoiy davlat», fuqarolarning (100 ming kishidan kam bo‘lmagan guruhda) qonunchilik takliflarini bildirishi, mahalla maqomini Konstitutsiyada belgilash.
Andijon shahrida 2 nafar bolaning o‘limida gumonlanib, 27 yoshli ayol hibsga olindi. Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, u ushbu jinoyatni oilasi buzilib ketishiga sababchi bo‘lgan xolavachchasi bilan tortishib qolgani uchun sodir etganini tan olgan. U shu yo‘l orqali xolavachchasidan qasd olgani aytilmoqda.
Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva Farg‘ona vodiysidagi aeroportlarni rivojlantirishning ikkita ssenariysi haqida gapirib o‘tdi. Ular aeroportlarning hozirgi joylashgan o‘rinlarida yangi aeroportlarni rekonstruksiya qilish va qurish hamda uchta viloyat uchun yagona havo bandargohini qurishdan iborat.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting