Andijonning Asaka tumanida piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni Damas urib ketdi. Hodisa oqibatida qiz shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi. Unga deyarli barcha davlat organlari, yirik davlat korxonalari, hokimiyatlar, vazirliklar kiritildi. Yil boshidan beri 1488 nafar xodim kompaniya ta’sischisi ekani aniqlandi.
Tadbirkorlarning qonun talablariga mos o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari noqonuniy buzilsa, 1100 qisqa raqami orqali biznes ombudsmanga murojaat qilishga chaqirildi.
Davaktiv “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” korxonasining 35 foiz ulushi sotilganini e’lon qildi. Kelishuv 200 mlrd so‘mga baholangan. Xaridor Cotton Logistics bo‘ldi.
Toshkent shahri hokimligi pulli to‘xtash joylarini boshqarish huquqi uchun auksion o‘tkazadi. Maydonlarning umumiy hajmi 262,8 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Barcha to‘xtash joylari bir lot sifatida sotilmoqda.
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini narxining yuqori chegarasini belgiladi. 12-noyabr kuni yoqilg‘i narxi bir tonna uchun 10,6 mln so‘mga yetgan bo‘lsa, cheklovlar joriy etilgandan so‘ng kotirovkalar o‘rtacha 10 foizga pasaydi.
COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon rahbarlari “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Isitma me’yorlashib, yo‘tal va burun oqishi to‘xtagach, grippdan to‘liq tuzaldim, deb o‘ylash yanglish xulosadir, deb ta’kidlaydi SSV. Vazirlik kasallikdan qancha vaqtda to‘liq xalos bo‘lish va xastalikdan so‘ng nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumot berdi.
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp o‘zining yangi ma’muriyatini shakllantirmoqda. Davlat kotibi lavozimini Trampning ishonchli vakili Marko Rubio egallashi kutilmoqda. Saylovoldi kampaniyasini de-fakto boshqargan Syuzan Uayls esa Oq uy ma’muriyati rahbari bo‘ladi. Tafsilotlar.
Donald Tramp uni saylov chog‘ida qo‘llab-quvvatlagan Ilon Maskni hukumatning samaradorlik departamenti yangi rahbari etib tayinladi. Tramp, shuningdek, Pentagon rahbari lavozimiga Fox News boshlovchisi nomzodini ilgari surdi.
Oktabr oyida uy-joy bozori savdolarida biroz o‘sish ko‘zatilib, so‘nggi ikki oydagi pasayish to‘xtadi. Ikkilamchi bozorda narxlar deyarli o‘zgarmadi, uy-joy ijara bozoridagi vaziyat ham barqarorlashdi. Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi Bektemir va Sergeli tumanlarida kuzatilmoqda (1 kv metr uchun 6 dollar).
DXX Uzun tumanida mashinasida tojikistonlik narkosavdogardan olingan 50 kg 567 g “gashish” olib ketayotgan fuqaroni qo‘lga oldi. Farg‘onada esa 52 yoshli shaxs muqaddam tojikistonlik narkokur’erlar qoldirib ketgan joydan deyarli 5 kg narkotikni olganidan so‘ng ushlandi. Hozirda holatlar bo‘yicha tergov ketmoqda.
Yunusabad Residence va Onix’dagi yangi kottejlar endi 10 foiz boshlang‘ich to‘lov va yillik 15 foiz stavkada ipotekaga mavjud.
Chorshanba kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda ham sezildi (2 ball).
Xizmat vaqtida jarohat olgan yoki halok bo‘lgan harbiylar uchun sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish tartibi belgilandi. Sug‘urtalangan yoki naf oluvchilarga to‘lov bir yil davomida amal qiladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Energetika vazirligi va Masdar (BAA) o‘rtasida COP29 sammiti davomida Uchquduq tumanida 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Loyiha yiliga 3,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.
Samarqand viloyatida bir guruh shaxslar 8-sinf o‘quvchisini o‘g‘irlab ketib, bir necha kun ushlab turishgan va zo‘rlashgan. Bu vaqtda ular qizni kaltaklab, spirtli ichimliklar va noqonuniy moddalar qabul qilishga majburlagan. Nemolchi.uz gumonlanuvchilar hali ham ozodlikda yurganini qayd etdi.
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallash maqsadida ommaviy tartibsizliklar uyushtirmoqchi bo‘lgan 7 kishi qo‘lga olindi. Ular orasida Qirg‘izistonda tug‘ilganlar va chet elliklar bor.
Jizzax viloyatida darvoza yasash sexi elektr qurilmalarini tarmoqqa noqonuniy ulab, 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlandi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. U tuman bosh muhandisidan yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ishdan bo‘shatilmasligi evaziga 1000 dollar olgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting