Arxiv

O‘zbekistonga ayrim quyosh panellari importi 2025-yildan cheklanadi
15 noyabr 2024, 10:04

O‘zbekistonga ayrim quyosh panellari importi 2025-yildan cheklanadi

2025-yildan boshlab O‘zbekistonda BNEF Tier-1 xalqaro ro‘yxatiga kirmaydigan ishlab chiqaruvchilardan quyosh panellari, invertorlar va akkumulyatorlarni olib kirishga taqiq joriy etiladi.

O‘zbekistonning mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiya qilish tajribasi BMTda ko‘rib chiqilmoqda
15 noyabr 2024, 09:58

O‘zbekistonning mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiya qilish tajribasi BMTda ko‘rib chiqilmoqda

BMT shtab-kvartirasida O‘zbekistonning mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiyalash tajribasi ko‘rib chiqildi. “Davlatlar O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqqan holda reabilitatsiya va reintegratsiya strategiyalarini ishlab chiqishi dolzarb masala”, — dedi BMT Aksilterror qo‘mitasi rahbari Vladimir Voronkov.

Toshkentdagi School 21: sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha ta’lim intensivi o‘tkazildi
15 noyabr 2024, 09:00

Toshkentdagi School 21: sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha ta’lim intensivi o‘tkazildi

School 21 kampusida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi uchun “SI-kasb transformatsiyasi: raqamli yordamchi bilan yangi marralar sari” mavzusida ta’lim intensivi bo‘lib o‘tdi.

JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston so‘nggi soniyalarda Qatarga mag‘lub bo‘ldi (video)
14 noyabr 2024, 23:40

JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston so‘nggi soniyalarda Qatarga mag‘lub bo‘ldi (video)

O‘zbekiston futbolchilari JCh-2026 saralashi bahsida Qatarga imkoniyatni boy berdi. Jamoa ikkinchi bo‘limda Abbosbek Fayzullayevning dubli evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgandi, biroq qatarliklar o‘yinning so‘nggi soniyalarida g‘alaba to‘pini kiritdi (video).

Farg‘onada ohak sexi 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
14 noyabr 2024, 23:19

Farg‘onada ohak sexi 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Farg‘ona shahrida noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, 1 mln kub metr tabiiy gazdan foydalangan fuqarolar ushlandi. Ular davlat manfaatiga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

14-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
14 noyabr 2024, 23:02

14-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

AQSh ko‘magida qayta tiklanadigan Sherdor madrasasi, Qozog‘iston bilan bog‘lovchi birinchi temiryo‘l sayohati dasturi, Piskent avtopoligonida yuzaga kelgan navbat, mini sputniklar uchirgan maktab o‘quvchilari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“O‘zini hamprezidentdek tutyapti”. Trampning atrofidagilar Maskdan charchay boshladi — NBC
14 noyabr 2024, 22:52

“O‘zini hamprezidentdek tutyapti”. Trampning atrofidagilar Maskdan charchay boshladi — NBC

Milliarder Ilon Mask saylangan prezident Donald Trampga deyarli doim yaqin bo‘lib, qarorlariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. Bu siyosatchi atrofidagilarni g‘azablantira boshlagan, ularga ko‘ra, Mask “o‘zini hamprezidentdek tutyapti”, Trampni “o‘zidan qarzdor his qildirish”ga harakat qilyapti, deb yozdi NBC.

Boy mamlakatlarga migratsiya rekord darajaga yetdi — FT
14 noyabr 2024, 22:16

Boy mamlakatlarga migratsiya rekord darajaga yetdi — FT

Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlariga qonuniy migratsiya 2023-yilda rekord darajaga yetdi. Migrantlar oqimi ularga inflyatsiya inqirozidan chiqishga yordam bermoqda, ammo saylovchilarning noroziligini ham keltirib chiqarmoqda, bu esa saylov natijalariga ta’sir qilmoqda, deb yozdi Financial Times.

Ipoteka subsidiyalarini olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
14 noyabr 2024, 21:58

Ipoteka subsidiyalarini olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda ipoteka subsidiyalarini olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni 14 ish kunidan 5 ish kunigacha qisqartiriladi. Foiz to‘lovlarining kompensatsiyalangan qismi oshadi, subsidiya berishning ijtimoiy mezonlari ham o‘zgaradi.

Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l 294 mln dollarga rekonstruksiya qilinadi
14 noyabr 2024, 21:31 1

Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l 294 mln dollarga rekonstruksiya qilinadi

Xorazmdagi “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Toshsoqa — Amudaryo — A380” avtoyo‘li rekonstruksiyasi uchun 294 mln dollar mablag‘ sarflanadi. Loyihani moliyalashtirish uchun YeTTBning 238 mln dollar miqdoridagi krediti jalb etildi. Shuningdek, yo‘l bo‘ylab 30 ming tup daraxt ekish rejalashtirilmoqda.

Maktab o‘quvchilari mini sun’iy yo‘ldoshning sinov parvozlarini amalga oshirdi
14 noyabr 2024, 21:09

Maktab o‘quvchilari mini sun’iy yo‘ldoshning sinov parvozlarini amalga oshirdi

“O‘zbekkosmos” agentligi CanSat mini sun’iy yo‘ldosh sinov parvozlarini tashkil etdi, unda 100 dan ortiq maktab o‘quvchisi ishtirok etdi. Modullar dron yordamida 500 metrgacha balandlikka ko‘tarildi, u yerda balandlik, harorat va bosim haqidagi ma’lumotlar qayd qilindi.

Qarshida Buxoro amirligi davriga oid tangalar xorijga olib chiqilishining oldi olindi
14 noyabr 2024, 20:30

Qarshida Buxoro amirligi davriga oid tangalar xorijga olib chiqilishining oldi olindi

Qarshi aeroportida bojxonachilar 116 dona qadimiy tangani Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaroni qo‘lga oldi. Qimmatbaho buyumlar Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga topshirildi.

Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalash tartibi tasdiqlandi
14 noyabr 2024, 17:46

Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalash tartibi tasdiqlandi

DXX raisining buyrug‘i bilan muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalash va ularning yagona reyestrini shakllantirish tartibi tasdiqlandi.

“O‘zmilliybank” AJ zargarlik loyihalariga turkiyalik investorlarni jalb qilmoqda
14 noyabr 2024, 17:00

“O‘zmilliybank” AJ zargarlik loyihalariga turkiyalik investorlarni jalb qilmoqda

“O‘zmilliybank” AJning NBU Invest Group kompaniyasi va Turkiyaning Pala Golden Jewellery kompaniyasi o‘rtasida Buxoro shahrida zamonaviy zargarlik markazini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Toshkentda 199 mln so‘mlik antibiotiklarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
14 noyabr 2024, 16:02

Toshkentda 199 mln so‘mlik antibiotiklarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Yunusobod tumanida qiymati 199 mln so‘mlik 10 ming quti antibiotikni noqonuniy sotishga urinishning oldi olindi. Gumonlanuvchilar xorijda ishlab chiqarilgan dorilarni sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotishga uringan.

Samarqanddagi Sherdor madrasasining fasadi AQSh ko‘magida qayta tiklanadi
14 noyabr 2024, 15:29

Samarqanddagi Sherdor madrasasining fasadi AQSh ko‘magida qayta tiklanadi

AQSh Madaniy merosni asrab-avaylash jamg‘armasi Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda Samarqanddagi Sherdor madrasasida konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshiradi. 500 ming dollarlik loyihaga mahalliy hunarmandlar va xorijlik mutaxassislar taklif etiladi.

Germaniya O‘zbekistonga “yashil” sanoatlashtirish uchun yana 3 mln yevro grant ajratadi
14 noyabr 2024, 14:52

Germaniya O‘zbekistonga “yashil” sanoatlashtirish uchun yana 3 mln yevro grant ajratadi

O‘zbekiston Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)dan “yashil” sanoatlashtirishda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida yana 3 mln yevro miqdorida grant oladi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi temiryo‘l sayohat dasturi yo‘lga qo‘yiladi
14 noyabr 2024, 14:33

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi temiryo‘l sayohat dasturi yo‘lga qo‘yiladi

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida “Ipak yo‘li” temiryo‘l sayohati turi yo‘lga qo‘yiladi. “Olmaota — Turkiston — Toshkent — Olmaota” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 2024-yil 16-noyabr kuni yo‘lga chiqadi. 4 kunlik tur sayyohlarga Buyuk Ipak yo‘li izlari bo‘ylab sayohat qilish imkonini beradi.

Qatar — O‘zbekiston uchrashuvi prevyusi
14 noyabr 2024, 14:30

Qatar — O‘zbekiston uchrashuvi prevyusi

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Qatarga qarshi safarda o‘ynaydi. Terma jamoa yordamchi murabbiyi yutqazmaslikni yaxshi natija deb hisoblash mumkinligini aytdi. Qatar bosh murabbiyi esa o‘z futbolchilaridan “200 foiz kuch berib, O‘zbekistonga o‘z uslubini o‘tkazishni” so‘radi.

Reportaj: Boysunliklar M-25 konidagi avariyadan ikki oy o‘tib qanday yashayapti?
14 noyabr 2024, 13:37

Reportaj: Boysunliklar M-25 konidagi avariyadan ikki oy o‘tib qanday yashayapti?

M-25 konidagi avariyadan ikki oy o‘tib ham aholi mavhumlik va mish-mishlar ichida yashashda davom etyapti. Kasalxonalarga hamon zaharlanish alomatlari bilan bemorlar olib kelinmoqda. Bu zaharlanishlarning uzoq istiqbolda organizmga qanday ta’siri qilishi noma’lum. “Gazeta.uz"ning Boysundan yangi reportaji.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting