To‘qqizta kinopremyera, Yangi yil archasi ochilishi, NeUyat festivali, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari va bolalar uchun mashg‘ulotlar, chegirmalar hamda kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi kompaniyalarning shartnomalarida iste’molchilarning huquqlarini cheklovchi shartlar aniqlandi. 2024-yilda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 380 ta murojaat kelib tushgan.
“Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat 6 oydan so‘ng kuchga kiradi.
Qatardan uchralgan mag‘lubiyat Srechko Katanets qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasining 17 o‘yindagi mag‘lubiyatsiz seriyasini to‘xtatdi. U 2:2 hisobida futbolchilarga himoyada o‘ynashni tayinlamaganini aytdi. “Ancha paytdan beri mag‘lubiyatga uchramayotgan edik, shu sabab bu muxlislar uchun og‘ir” — dedi murabbiy.
Estoniya adliya va raqamli texnologiyalar vaziri mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, jumladan, pul yetishmovchiligi tufayli jinoyatchilik 4 foizga ortganini ma’lum qildi. Bunda oziq-ovqat va velosiped o‘g‘irlash soni eng ko‘p o‘sgan. Mamlakat inflyatsiya bo‘yicha Yevrohududda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
O‘zbekistonda 16−17-noyabr, dam olish kunlari havo asta-sekin ilib, harorat +14…+17 darajagacha ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy qog‘ozsiz savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi. Hujjat elektron savdo hujjatlarini o‘zaro tan olishga ko‘maklashadi. Bu hamkor davlatlar bilan eksport-import operatsiyalarini tezlashtirish imkonini beradi, deb kutilmoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kelgusi haftada mamlakat uchun urush davridagi “matonat rejasi”ni taqdim etishini bildirdi. U o‘nta bandni, jumladan, Ukrainaning “madaniy suvereniteti”, xavfsizlik, energetika va qurol-yarog‘ va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Shu vaqtgacha Yangiyo‘l shahri hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan Dilshod Sultonov lavozimidan ozod etildi. Shahar hokimi lavozimiga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan Ravshan Raimov tayinlandi.
SSV huzurida dorilarini ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish hamda ularni hududlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi Xaridlar markazi tashkil etilmoqda. Shifoxonalar uchun dorilar 15 oylik talabdan kelib chiqib sotib olinadi, yaroqlilik muddati yaqin qolgan dorilarni xarid qilish taqiqlanadi.
O‘zbekistonda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash uchun PSR va sitologik tekshiruvdan foydalangan holda skriningdan o‘tkazishni kengaytirish reja qilinmoqda. SSV rahbari Asilbek Xudayarovga ko‘ra, saratonni erta aniqlashning har bir holati uchun bonuslar berish tajribasi muvaffaqiyatli o‘tgan.
Samarqandning Nurobod tumanida yashovchi yigit Telegram orqali diniy ekstremistik materiallarni tarqatib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan elektron shaklda sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi. Hujjat 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.
2025-yildan boshlab O‘zbekistonda BNEF Tier-1 xalqaro ro‘yxatiga kirmaydigan ishlab chiqaruvchilardan quyosh panellari, invertorlar va akkumulyatorlarni olib kirishga taqiq joriy etiladi.
BMT shtab-kvartirasida O‘zbekistonning mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiyalash tajribasi ko‘rib chiqildi. “Davlatlar O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqqan holda reabilitatsiya va reintegratsiya strategiyalarini ishlab chiqishi dolzarb masala”, — dedi BMT Aksilterror qo‘mitasi rahbari Vladimir Voronkov.
School 21 kampusida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi uchun “SI-kasb transformatsiyasi: raqamli yordamchi bilan yangi marralar sari” mavzusida ta’lim intensivi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston futbolchilari JCh-2026 saralashi bahsida Qatarga imkoniyatni boy berdi. Jamoa ikkinchi bo‘limda Abbosbek Fayzullayevning dubli evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgandi, biroq qatarliklar o‘yinning so‘nggi soniyalarida g‘alaba to‘pini kiritdi (video).
Farg‘ona shahrida noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, 1 mln kub metr tabiiy gazdan foydalangan fuqarolar ushlandi. Ular davlat manfaatiga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
AQSh ko‘magida qayta tiklanadigan Sherdor madrasasi, Qozog‘iston bilan bog‘lovchi birinchi temiryo‘l sayohati dasturi, Piskent avtopoligonida yuzaga kelgan navbat, mini sputniklar uchirgan maktab o‘quvchilari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Milliarder Ilon Mask saylangan prezident Donald Trampga deyarli doim yaqin bo‘lib, qarorlariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. Bu siyosatchi atrofidagilarni g‘azablantira boshlagan, ularga ko‘ra, Mask “o‘zini hamprezidentdek tutyapti”, Trampni “o‘zidan qarzdor his qildirish”ga harakat qilyapti, deb yozdi NBC.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting