Senatning 45-yalpi majlisida farmatsevtika faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, pedogogning maqomi va yer to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Senatorlar Qurolli kuchlar tizimida qonuniylikni ta’minlash hamda ombudsman o‘rinbosarini saylash haqidagi qonunlarni ham muhokama qiladi.
Ichki ishlar vazirligi jinoyat sodir etgan, jinoyat qilishi mumkin bo‘lgan hamda nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarning ro‘yxatini shakllantirishi mumkin. Buni nazarda tutuvchi qaror loyihasida tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni mutasaddilar tomonidan otaliqqa olish tartibini joriy etish ham belgilangan.
Bloger Farhod Mannopovning vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborildi. Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan ayb e’lon qilingan.
SSV rahbari Amrillo Inoyatov seshanba kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda “Antistrumin” dorisi mavzusiga chuqur kirmaslikni maslahat berdi. “Bu mavzu bilan shug‘ullanayotgan odamlar bor. Nima bo‘lsa ham, o‘zi tekshiradi, o‘zi javobini beradi. Bu mavzuga chuqur kirmanglar”, — dedi vazir.
Toshkentda O‘zbekiston, AQSh, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh shtablari boshliqlari mintaqaviy xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi.
Uchquduq tumanida Nexia haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, boshqa Nexia bilan to‘qnashdi. Uch nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, ikkala haydovchi ham jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
O‘zbekistonda 100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar, Senat, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasiga qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritish huquqi berilishi mumkin.
O‘zbekistonda oktabr oyining birinchi haftasida harorat +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra +13…+18 darajagacha pasayadi. Kechasi va ertalab harorat 0…-3 darajagacha tushishi ham mumkin. Yomg‘ir 4 kundan 8 kungacha kuzatiladi, qisqa muddatga qorga aylanishi ehtimoli bor.
“Yettilik”ga aylangan “mahalla beshligi” tizimi “eshituvchi davlat” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish maqsadida yaratilgan, — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Odamlarning bizga bergan ishonchini oqlaymiz desak, bizni bitta narsa qutqaradi — sadoqat, vatanga muhabbat va fidoyilik”.
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonlik ayollarni tungi kafelarda konsomatrislik bilan shug‘ullanmaslikka chaqirib, bu ish mamlakatdan deport qilinishga sabab bo‘lishidan ogohlantirdi.
Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik rekonstruksiyasi sababli 1422 daraxt boshqa hududga ko‘chirilishi mumkin. Shundan 69 tupi loyihaning birinchi bosqichida jamoatchilik roziligi bilan aeroport yaqinidagi bog‘ga o‘tkaziladi. Ko‘chiruvchi kompaniya daraxtlarning 100 foiz yashab ketishiga va’da berdi.
O‘tgan haftada UzAuto Motors o‘z avtomobillari uchun shartnomalarni qayta ochdi. Ikki soat ichida 28 ming avtomobil uchun ariza topshirildi. Biroq shartnomalar faqat avtosalonlarda tuzildi, bu esa yana uzun navbatlarni yuzaga keltirdi. Kompaniya bu qarorini olibsotarlarga qarshi kurash bilan izohladi.
O‘zbekistonda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bosqichlari talabalarining nazariy hamda amaliy bilim-ko‘nikmalari inson omilisiz, maxsus robot-simulyatorlar orqali baholanadi.
Mahallalarning boshqaruv xodimlari soni soliqchi va ijtimoiy xodim qo‘shilishi hisobiga 5 tadan 7 taga ko‘paydi. Mahallaning o‘zida 70 dan ortiq masala, jumladan, moddiy yordam va kreditlar hal etiladi. Tizim esa to‘liq raqamlashtiriladi. Shuningdek, mahalla raisining vakolatlari kengayadi.
Dunyodagi yadroviy tahdid geosiyosiy raqobat tufayli sovuq urush darajasiga yetdi, dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish. U xalqaro hamjamiyatni yadroviy qurollarni yo‘q qilishga va uni tarqatmaslik rejimini kuchaytirishga chaqirdi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Samo kompaniyasidan tendersiz 3,55 mln quti “Antistrumin” (kaliy yodid) preparatini qariyb 22 mlrd so‘mga sotib olgan. 2022-yilda dorining bir qadog‘i 5500 so‘mdan xarid qilingan bo‘lsa, joriy yilda 6500 so‘mdan sotib olingan. Chakana savdoda esa 3000 so‘mdan sotilgan.
Yodid ichganidan so‘ng xastalangan bolalarning ota-onalari bilan suhbat, Kompromatuzb ishi bo‘yicha sud hukmi, Farg‘onada 83 toshbaqani chegaradan olib chiqishga uringanlar, “garmoshka"li elektrobus qatnovi, ko‘ylagi uchun ogohlantirilgan aktrisa Nilufar Hamidova va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Toshkent viloyatining Parkent tumanida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i aniqlandi. Ayiq qishloqqa ozuqa izlab kelib, fermerning ikki bosh qo‘yini olib ketdi. Ekologiya boshqarmasi xodimlari jonivor aniqlangan hududni nazoratga oldi.
O‘zbekiston SSV Prezident administratsiyasi vazirga “Antistrumin” qabul qilgan bolalarda nojo‘ya ta’sirlar kuzatilayotgani bilan bog‘liq vaziyat haqida intervyu berishni taqiqlamaganini ma’lum qildi. Bu haqda avvalroq jurnalistlarga o‘zini vazir yordamchisi deb atagan shaxs aytgan edi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Pokiston Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Saxir Shamshad Mirza boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting