Arxiv

Oybek Tursunov «Kapitalbank»ning 50 foiz ulushini qo‘lga kiritdi
4 noyabr 2021, 11:57

Oybek Tursunov «Kapitalbank»ning 50 foiz ulushini qo‘lga kiritdi

Prezidentning kuyovi Oybek Tursunov «Kapitalbank» ustavidagi 112,49 mln aksiyalarini sotib olib, o‘zining jami ulishini 50 foizga yetkazdi. Unga qarashli kompaniya 2019 yilda 40,13 mln aksiyalarni qo‘lga kiritgan edi.

O‘zbekiston Amerika davlatlari tashkiloti huzuridagi doimiy kuzatuvchi maqomini oldi
4 noyabr 2021, 11:35

O‘zbekiston Amerika davlatlari tashkiloti huzuridagi doimiy kuzatuvchi maqomini oldi

O‘zbekiston Amerika davlatlari tashkilotining 73-doimiy kuzatuvchisi bo‘ldi. Mamlakat 9−11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan tashkilot Bosh assambleyasining sessiyasida ishtirok etishga taklif qilindi.

Western Union orqali pul o‘tkazmalari endi Apelsin ilovasida mavjud
4 noyabr 2021, 11:00

Western Union orqali pul o‘tkazmalari endi Apelsin ilovasida mavjud

Apelsin`ning identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilari AQSh dollaridagi maxsus hisob raqamlari bo‘lsa dunyoning 200 ta mamlakatlariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishlari mumkin.

O‘zbekistonda 246 mingdan ortiq bola Pfizer vaksinasi bilan emlandi
4 noyabr 2021, 10:56

O‘zbekistonda 246 mingdan ortiq bola Pfizer vaksinasi bilan emlandi

O‘zbekistonda 246 033 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar koronavirusga qarshi Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi. Vaksinatsiyaning yuqori ko‘rsatkichlari Farg‘ona, Namangan va Andijon hududularida.

Qirg‘iziston Markaziy Osiyo davlatlarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi
4 noyabr 2021, 10:54

Qirg‘iziston Markaziy Osiyo davlatlarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi

Qirg‘iziston Energetika va sanoat vaziri o‘rinbosari Taalaybek Ibrayev Toqtogul suv omborining suv sathi «o‘lik chegara» darajasigacha tushishi ehtimoli kattaligi tufayli Markaziy Osiyo davlatlarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi. Uning fikricha, «vaziyatni o‘nglash uchun Qirg‘iziston elektr energetika tizimiga qo‘shni davlatlardan yordam olish zarur».

Yaponiya O‘zbekistonda paxta va o‘g‘it ishlab chiqarish loyihalariga qariyb 2 mln dollar ajratadi
4 noyabr 2021, 10:23

Yaponiya O‘zbekistonda paxta va o‘g‘it ishlab chiqarish loyihalariga qariyb 2 mln dollar ajratadi

Yaponiya hukumati O‘zbekistonda paxtachilik va o‘g‘it sanoatini modernizatsiya qilish uchun qariyb 2 mln dollar ajratdi. “Umid qilamizki, ko‘proq xorijiy sarmoyani jalb qilib, shu jumladan, yapon kompaniyalari ishtirokida, ushbu sohalarda savdoni jonlantirish imkoniyati yaratiladi”, — dedi Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Yoshinori Fujiyama.

AQSh O‘zbekistonni “COVID-19 ga chalinish xavfi noma’lum mamlakatlar” ro‘yxatida qoldirdi
4 noyabr 2021, 10:14

AQSh O‘zbekistonni “COVID-19 ga chalinish xavfi noma’lum mamlakatlar” ro‘yxatida qoldirdi

AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining COVID-19 ga chalinish xavfi ko‘rsatkichlari ro‘yxatida O‘zbekiston “hozirgi vaziyat noma’lum bo‘lgan mamlakatlar” guruhida qolmoqda.

Toshkentda yozuvchi Nazir Safarovning barelefi o‘g‘irlandi
4 noyabr 2021, 10:07

Toshkentda yozuvchi Nazir Safarovning barelefi o‘g‘irlandi

Poytaxtda yozuvchi Nazir Safarovning barelefini o‘g‘irlaganlikda gumon qilingan ikki shaxs qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

AKT vazirligi ijtimoiy tarmoqlarga cheklovlar o‘rnatilganini rad etdi, keyinroq xabar o‘chirildi
3 noyabr 2021, 23:59

AKT vazirligi ijtimoiy tarmoqlarga cheklovlar o‘rnatilganini rad etdi, keyinroq xabar o‘chirildi

AKT vazirligi bir qator ijtimoiy tarmoqlarga vaqtinchalik kirish imkoni bo‘lmaganiga «O‘zbektelekom» AK uskunalaridagi nosozlik sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Xabar keyinroq o‘chirildi.

3 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 noyabr 2021, 22:47

3 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi qabul qilingan hukumat qarorlari, “O‘zkomnazorat” Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini cheklashi, mazkur holatdan prezidentning xabar topishi — “Gazeta.uz"ning 3 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«O‘zkomnazorat» rahbari lavozimidan ozod qilindi
3 noyabr 2021, 22:10

«O‘zkomnazorat» rahbari lavozimidan ozod qilindi

«O‘zkomnazorat» boshlig‘i G‘olibsher Ziyayev «noto‘g‘ri va kelishilmagan hatti-harakatlari uchun» egallab turgan vazifasidan chetlatildi. Ro‘y bergan holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilishi aytildi.

«O‘zkomnazorat» qilgan harakati haqida prezident xabar topdi — Sherzod Asadov
3 noyabr 2021, 22:02

«O‘zkomnazorat» qilgan harakati haqida prezident xabar topdi — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov «„O‘zkomnazorat“ tomonidan bir yoqlama, uzoqni o‘ylamay qilgan harakati haqida prezident xabar topgani» haqida xabar berdi.

«O‘zkomnazorat» Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini chekladi
3 noyabr 2021, 20:21

«O‘zkomnazorat» Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini chekladi

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar reyestriga TikTok, Twitter, VKontakte va Skype`dan tashqari Telegram, Facebook, Odnoklassniki, YouTube va boshqalar kiradi. O‘zbekistonda ushbu ijtimoiy tarmoqlarning faoliyati cheklangan.

Effect.uz`ning sobiq bir va hozirgi ikki jurnalistiga sud hukmi o‘qildi
3 noyabr 2021, 19:55

Effect.uz`ning sobiq bir va hozirgi ikki jurnalistiga sud hukmi o‘qildi

Qashqadaryoda Termiz tuman sudida sudya bilan janjallashib qolgan voqeadan so‘ng qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Effect.uz internet-nashrining uch jurnalistiga hukm chiqarildi. Ulardan biri uch yilga ozodlikdan mahrum etildi, ikki nafariga turli muddatlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

200 ga yaqin kishi Toshkentdan Istanbulga ucha olmadi: izohlar (+)
3 noyabr 2021, 19:21

200 ga yaqin kishi Toshkentdan Istanbulga ucha olmadi: izohlar (+)

Toshkent aeroportida 200 ga yaqin kishi Istanbulga ucha olmadi. Ma’lum bo‘lishicha, sayyohlik kompaniyasi kelishmagan holda reys uchun chiptalar sotgan. Transport vazirligi zaxiradan samolyot ajratdi, deya xabar qildi Uzbekistan Airports.

Maktabgacha ta’lim yoshdagi va 1-sinf o‘quvchilari grippga qarshi bepul emlanadi
3 noyabr 2021, 19:04

Maktabgacha ta’lim yoshdagi va 1-sinf o‘quvchilari grippga qarshi bepul emlanadi

O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim yoshdagi va 1-sinf o‘quvchilarini grippga qarshi bepul markazlashgan holda emlash rejalashtirilmoqda.

Kelgusi uch yilda iqtisodiyotni rivojlantirishning ikki ssenariysi e’lon qilindi
3 noyabr 2021, 18:56

Kelgusi uch yilda iqtisodiyotni rivojlantirishning ikki ssenariysi e’lon qilindi

Markaziy bank kelgusi uch yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy va muqobil ssenariylarini taqdim etdi. Ularni aniqlashda MB ilk bor iqlim o‘zgarishlarini hisobga oldi. Regulyator kelgusi yillarda inflyatsiyaning uzoq muddatli omillarini bartaraf etish zarurligini qayd etdi.

Xo‘ja Porso masjidi ishi bo‘yicha mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3 noyabr 2021, 18:24

Xo‘ja Porso masjidi ishi bo‘yicha mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xo‘ja Porso jome masjidining tarixiy binosi buzilganligi holati yuzasidan Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Davlat ilk bor aholidan elektr energiya sotib oldi
3 noyabr 2021, 17:50

Davlat ilk bor aholidan elektr energiya sotib oldi

Toshkentlik fuqaro o‘z uyida quyosh foto elektr stansiyasini o‘rnatib, unda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotish bo‘yicha hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma imzoladi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
3 noyabr 2021, 17:27

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,94 so‘mga pasayib, 10 695,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting