Nyu-York hukumati odamlarga ko‘chani belgilanmagan joydan — “peshexod” tashqarisidan yoki svetoforning qizil chirog‘ida kesib o‘tishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Ilgari bu 250 dollargacha jarimani nazarda tutgan va, qonun tashabbuskoriga ko‘ra, asosan qora tanlilar va lotin amerikasiliklarga qo‘llangan.
Xitoyning Sino-Wind Energy kompaniyasi O‘zbekistonda shamol generatorlari uchun parraklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Loyiha qiymati 50 mln dollarga baholanmoqda.
Prezident elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. U 2025-yil energetika korxonalari uchun tejamkorlik va samaradorlik yili bo‘lishini ta’kidladi. Har bir energetika korxonasining birinchi galdagi vazifasi tannarxni kamaytirish, dedi davlat rahbari.
Tchoban Voss Architekten tayyorlagan loyiha asosida 2025-yilda Toshkentdagi Chorsu maydonini qayta qurish boshlanadi. Loyiha Toshkent ramzlaridan biri — “Chorsu” mehmonxonasi taqdiriga ham nuqta qo‘yadi. “Gazeta.uz” muxbiri binoda bo‘ldi hamda loyiha mualliflari va arxitektorlarning fikrlarini jamladi.
2025-yilda O‘zbekiston davlat qarzi 39,7 milliarddan 45 milliard dollarga (+13,3 foiz), unga xizmat ko‘rsatish qiymati esa 48,1 trillion so‘m yoki 3,5 milliard dollarga (+42,8 foiz) o‘sishi prognoz qilinmoqda.
O‘zbekiston va CNNC kompaniyasi O‘zbekistonda Xitoyning kichik modulli yadroviy reaktorlaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Ikki davlat delegatsiyalari uran rudasini qazib olish quvvatlarini kengaytirish, uni qayta ishlash va keyinchalik yoqilg‘idan AESlarda foydalanish masalalarini ham muhokama qildi.
Prezidentga tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Raqamli markirovkalash va fiskal belgilarni aks ettirish qoidalarini buzish, xodimlar sonini yashirish uchun javobgarlikni, shuningdek, YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmay ishlash uchun jarimani bekor qilish rejalashtirilmoqda.
Markaziy bank raisi UPay`ga cheklov kiritilishidan oldin kompaniya 3 marta ogohlantirilganini ta’kidladi. Avvalroq regulyator to‘lov tashkiloti faoliyatini 6 oy muddatga cheklagan, korxonaning ona kompaniyasi hisoblangan Humans esa cheklovlar sababidan OAV orqali xabardor bo‘lganini qayd etgandi.
Buyuk Britaniya Konservativ partiyasining yangi rahbari etib Kemi Badenok saylandi. U Britaniya siyosiy partiyasini boshqaruvchi birinchi qora tanli ayol bo‘ldi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Gvatemala va Laos mamlakatdari Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va IBA o‘rtasidagi mojaroli munosabatlar fonida tashkil etilgan World Boxing xalqaro tashkiloti a’zosi bo‘ldi. World Boxing rahbari O‘zbekiston va Qozog‘istonning tashkilotga qo‘shilishi katta o‘zgarish bo‘lganini aytdi.
Mahalliy banklar yozdayoq AQSh sanksiyalariga uchragan O‘zbekiston kompaniyalari bilan operatsiyalarni to‘xtatdi, dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov. Uning so‘zlariga ko‘ra, nisbatan kuchli nazorat mamlakatga sanksiyalar xavfini kamaytirish imkonini bermoqda.
O‘zgidromet O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishini ma’lum qildi. Havo harorati ba’zi joylarda -3 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi. Hududlarni suv bosishi mumkin.
Toshkent Fotosuratlar uyida Qirg‘izistonda bo‘lgan an’anaviy “Sharqning quyoshli ranglari” xalqaro pleneri qatnashchilari Jahongir Abdullayev, Temur Lashyonov, Zuhriddin Qiyomov va Bobur Vahobjonovning umumiy ko‘rgazmasi uyushtirildi. Namoyishga qo‘yilgan rasmlardan parchalar — “Gazeta.uz” reportajida.
O‘q-dori yetkazish va Rossiya-Ukraina urushiga qo‘shin yuborish evaziga Shimoliy Koreya Rossiyadan yiliga 600−700 tonna guruch va kosmik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini oladi, deb yozdi Korea Herald gazetasi. Shuningdek, Koreya yarimorolidagi ehtimoliy urushda Moskva Pxenyanga yordam berishi mumkin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yilda dollarning so‘mga nisbatan o‘rtacha yillik kursi 13 250 so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu 2024-yil kutilayotganidan 4,8 foizga ko‘p. Milliy valyuta kursining 100 so‘mga qadrsizlanishi budjet xarajatlari 240 mlrd so‘mga oshishiga olib keladi.
Seshanba kunidan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab havo asta-sekin soviy boshlaydi, aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Ish haftasi yakuniga qadar havo harorati kunduzi +5…+10 darajagacha, kechasi 0, ayrim joylarda -2 darajagacha pasayadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi qaroriga muvofiq, tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi belgilandi.
O‘zbekiston gaz, neft va benzinning asosiy qismini Rossiyadan import qiladi. Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov ta’minotdagi bir mamlakatga qaramlik haqidagi savolga javob berib, bu xatar ekanini tan oldi va logistikadagi uzilishlar ichki narxlarga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidladi.
Chernogoriyada o‘tgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 13 ta medal: 5 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza qo‘lga kiritdi. Musobaqada o‘zbekistonlik erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Toshkent shahrida fuqaro kabel o‘tkazish uchun qazilgan chuqurga tushib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari jabrlanuvchini chuqurdan chiqarib olib, shifokorlarga topshirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting