IIV butun mamlakat bo‘yicha elektr o‘chishi munosabati bilan jamoat tartibini saqlash, yo‘llarda tartibni ta’minlash va mol-mulklarni qo‘riqlashga barcha shaxsiy tarkib jalb etilganini ma’lum qildi.
Energetika vazirligi hududlarda elektr ta’minotini tiklash bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot berdi. Toshkentning ayrim tumanlarida hamon elektr energiyasi qisman yo‘q. Qashqadaryo esa butunlay elektrsiz qolgan.
Toshkent xalqaro aeroporti quyuq tuman tushishi munosabati bilan samolyotlarni qabul qilishni to‘xtatdi. Biroq Toshkentdan Tel-Aviv, Olmaota, Moskva, Sankt-Peterburg va Krasnodarga reyslar amalga oshirildi.
Markaziy Osiyo energotizimidagi yirik avariya tufayli O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatdi. Afg‘onistonning DABS kompaniyasi ilk bor Turkmaniston elektrini Kobulga ulashga muvaffaq bo‘ldi.
«Xududgazta’minot» kompaniyasi tabiiy gazdan qarzdorlik uchun avtomatik ravishda o‘chirish vaqtinchalik to‘xtatilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlari ishtirokidagi videoanjumanda ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev tadbirda yangi iqtisodiy muloqot strategiyasini ishlab chiqishni, «Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston» temir yo‘lini qurishni joriy yildanoq boshlash g‘oyasini ilgari surdi. Davlat rahbari 2023 yilni «Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili» deb e’lon qilishni taklif qildi.
Toshkentdagi markaziy isitish qozonxonalari 3−4 soat oralig‘ida to‘liq ish rejimiga o‘tadi va xonadonlar isiy boshlaydi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Toshkentda 6 soat ichida suv ta’minoti to‘liq tiklanishini ma’lum qildi. Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor tumanlariga va Chilonzor tumanining bir qismiga 3 soat ichida suv berish to‘liq tiklanadi.
FVV qutqaruvchilari poytaxt metropolitenidan 415 nafar yo‘lovchini evakuatsiya qildi. Pop tumanidagi temiryo‘lda yuk poyezdi to‘xtab qolganligi qolganligi uchun undan 40 km uzoqlikda yo‘lovchi poyezd ham to‘xtab qolgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi. Energetika vazirligi boshqa hududlarda elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanishini ma’lum qildi.
Prezident matbuot kotibi O‘zbekistonda elektr energiyasi o‘chishi bilan bog‘liq vaziyat prezident nazoratida ekanligini ma’lum qildi. «Barchangizni xotirjamlikni saqlash va sarosimaga tushmaslikka chaqirib qolamiz. Vahimaga o‘rin yo‘q», — deya ta’kidladi u.
O‘zbekistonda elektr enegriyasi o‘chishi ortidan «O‘zbekneftgaz» tizimidagi 64 ta konlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Shuningdek, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, 3 ta gazni qayta ishlovchi zavod (Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va «Uzbekistan GTL») ham o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Hozirda suyultirilgan gaz va neft mahsulotlarini yetkazib berishda uzilishlar mavjud emas.
Prezident topshirig‘i bilan elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan yirik uzilishlar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzildi.
Oliy sud ijtimoiy tarmoqlardagi 19 ta kanal (guruh, material)larni ekstremistik va terroristik deb topilgan sahifalar ro‘yxatiga qo‘shdi.
«Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam «blekaut» vaqtida poytaxtni tasvirga oldi. Hozirda Toshkentda elektr energiyasini yetkazib berish qisman tiklangan.
Qutqaruvchilar Chimyon va Bildirsoyda elektr energiyasi uzilgan vaqtda osma yo‘llarda qolib ketgan 80 kishini evakuatsiya qildi. Amirsoy kurortida esa elektr tezda qayta tiklangani uchun FVV yordamiga ehtiyoj qolmagan.
Transparency International xalqaro tashkilotining 2021 yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 2020 yilga nisbatan 6 pog‘onaga yuqorilab, 180 davlat ichida 140-o‘rinni egalladi. Tashkilotning yozishicha, so‘nggi o‘n yil ichida 131 mamlakat korrupsiyaga qarshi sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmagan.
«Gazeta.uz» muxbiri elektrsiz qolgan shahar bo‘ylab sayr qilib, yo‘l nazoratchilarining tirbandliklarni qanday boshqarayotgani, shaharliklarning esa ishlayotgan bankomatlarni qidirayotganiyu qorong‘uda xaridlarni qanday amalga oshirayotganini suratga oldi.
SSV O‘zbekistonda elektr energiyasidagi uzilishlar poytaxtdagi yirik tibbiy markazlar faoliyati va uzluksiz operatsiyalar o‘tkazilishiga xavf tug‘dirmasligini bildirdi. Barcha operatsiya bloklari qo‘shimcha generatorlarga ulangani ma’lum qilindi.
Xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobiga tovarlar olib kirishda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari bekor qilinishi mumkin. Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonovning fikricha, ular O‘zbekistonda biznes qarorlarini qabul qilish va raqobat muhitiga ta’sir qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting