2−4 yanvar kunlari Toshkent viloyatidagi «Chimyon» tog‘larida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Shveysariyadagi xususiy investitsiya kompaniyasi O‘zbekistonning Humo Air avikompaniyasini sotib oldi. Kelishuv miqdori 2,4 mln dollarga yaqinroqni tashkil etdi.
30 dekabrda lavozimga tayinlangan sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Yangi yilga o‘tar kechasi poytaxtdagi davolash muassasalariga bordi va shunday dedi: «Shifoxonalardagi muammolarni kabinetda o‘tirib hal qilib bo‘lmaydi». Inoyatovdan oldingi vazir Behzod Musayev ham faoliyatini shunday boshlagandi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Yangi yil tabrigida 2022 yilda erishilgan yutuqlar uchun yurtdoshlarga minnatdorchilik bildirib, 2023 yilda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.
Ikki yillik og‘ir pandemiyadan so‘ng kovidning chekinishi, Ukrainadagi urush, barqarorlikka daxl qiluvchi iqtisodiy inqiroz va siyosiy tartibsizliklar, ekstremal ob-havo sharoitlari, hayajonlarga boy mundial — 2022 yilning eng muhim voqealari «Gazeta.uz»ning yil yakunlariga bag‘ishlangan sharhida.
«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini har shanba sizga yetkazamiz.
Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yangi tarkibdagi hukumat oldidagi vazifalar belgilab berildi. Xususan, sanoatda 5%, qishloq xo‘jaligida 3% va xizmatlar sohasida 14% dan ziyod o‘sishga erishish, biznes uchun sharoitlarni yaxshilash, aholining xarid qobiliyatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Toshkentda shamollashga qarshi sirop iste’mol qilish bilan bog‘liq yana bir o‘lim holati qayd etildi. Jizzax viloyatidan bo‘lgan bola buyrak yetishmovchiligi belgilari bilan poytaxt shifoxonasiga yotqizilgan. Aynan qaysi dori ekani aytilmadi.
O‘zbekiston prezidentining qarori bilan sobiq vazirlar va boshqa davlat organlari rahbarlari Sherzod Xidoyatov, Nozim Xusanov, Agrippina Shin, Narzullo Oblamurodov va Alisher Sa’dullayev, shuningdek, Ulug‘bek A’zamov yangi tashkil etilgan vazirliklar rahbarlarining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevni ishdan oldi. «Bolalar o‘limi sohada ishlar ahvoli, nazorat yo‘qligini ko‘rsatdi. Mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi», — dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan 9 ta qo‘mita va agentliklarga rahbarlar tayinlandi.
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan mamlakatning bir qator qayta tashkil etilgan vazirliklariga rahbarlar tayinlandi. Ularning ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishish mumkin.
Kasaba uyushmalari federatsiyasi «Gazeta.uz»ning tashkilotga davlat budjetidan mablag‘lar ajratilayotgani qanchalik qonuniy ekani to‘g‘risidagi materialiga javob qaytardi. Ta’kidlanishicha, davlat subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalardan tashqari, uning faoliyatiga boshqa shakllarda ham yordam ko‘rsatishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Moliya vaziri Timur Ishmetov hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri Abdukodir Toshqulov lavozimidan ozod etildi. Ular prezidentning maslahatchilari o‘rinbosari etib tayinlandi.
Respublikada 19 nafar bola «Dok-1 Maks» siropini ichib vafot etgandi. Hozirda Respublika shoshilich tibbiy yordam ilmiy markazi reanimatsiya bo‘limida yana 10 nafarga yaqin bola shamollash asoratlari bilan yotibdi. Ular faqat «Dok-1 Maks» emas, balki «Sinepar Kid», «Ambronol» kabi dorilarni ham qabul qilgan.
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik indeksi bo‘yicha 44,51 ball bilan 181 ta mamlakat ichida 79-o‘rinni egalladi. MDH davlatlari o‘rtasida esa quyi o‘rinda qayd etilib, tashkilotga a’zo 9 mamlakat ichida 4-o‘rinni band etdi.
Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, joriy yilning III choragi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning davlat qarzi $26,2 mlrdni (YAIMga nisbatan 34,1%) tashkil etmoqda. Shundan davlat tashqi qarzi — $23,1 mlrd bo‘lib, asosiy kreditor tashkilotlar OTB ($5,4 mlrd), JB ($4,4 mlrd) va ITB (0,9 mlrd) hisoblanadi.
Toshkent va Andijon xalqaro aeroportlari faoliyati qalin tuman tushishi sababli cheklandi. Parvozlar o‘zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Vladimir Norov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Baxtiyor Saidov TIV rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan xalq ta’limi vaziri lavozimidan ketdi.
Yangi yil kechasi faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi −2…+3, kunduzi +2…+7 darajagacha iliydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting