2021 yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekistondagi har 100 ming aholi soniga 132 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan. Ushbu davr mobaynidan aniqlangan jinoyatlar soni 2017 yilgi ko‘rsatkichlardan ikki baravarga ko‘p. Jinoyatlarning 34,8% avvalgi yillarda sodir etilib, joriy yilda hisobga qo‘yilgan.
Bektemir tumanida Mercedes-Benz Sprinter avtomashinasida O‘zbekistonga noqonuniy olib kelinayotgan qiymati 1 mlrd 93 mln 680 ming so‘m bo‘lgan «Tropikamid» dorisi topildi. Shuningdek, Yangihayot va Chilonzor tumanlarida ham kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy savdosi aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Faxrga to‘lgan Bahodir Jalolov va Akbar Jo‘rayevning onalari, ikkinchi marta Olimpiadada qatnashgan taekvondochi Nigora Tursunqulova, bolalar sportini rivojlantirmoqchi bo‘lgan Oksana Chusovitina — Tokiodan qaytgan o‘zbekistonlik sportchilar “Gazeta.uz” muxbiriga intervyu berishdi.
Dollarning rasmiy kursi 23,00 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 651,00 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
2021 yilda O‘zbekistonda 53,8 mlrd kub metr gaz qazib chiqarish rejalashtirilmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, ishlab chiqarishning katta qismi «O‘zbekneftgaz» korxonalari (64,3%) hisobiga to‘g‘ri kelsa, qazib chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda «Lukoyl», uchinchi o‘rinda Uz-Kor Gas Chemical kompaniyalari bo‘ladi.
Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi 12−13 avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Unda SOVID-19 pandemiyasi yoshlarning zaif guruhlariga ta’sir o‘tkazayotgan sharoitda yoshlarning sifatli ta’lim olishi va ishlab chiqarishda band bo‘lishga taalluqli imkoniyatlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari avgust boshida 965 mln dollarga oshib, 35,1 mlrd dollarga yetdi. Oltin zaxiralari ham 9,3 tonnadan ko‘proqqa yetdi.
Samolyotdan bayroq ko‘tarib chiqqan Bahodir Jalolov, sportchilarni tabriklagan Senat raisi, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan bosh vazir, sportchilarga berilgan “Prezident sovg‘asi” — Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni kutib olish marosimidan fotoreportaj (video).
Poytaxtning Chilonzor tumanida «Gazel» va Lacetti avtotransportlari to‘qnashdi. 8 kishi jabrlandi.
«Jizzaxliklar» Telegram-kanalida Jizzax shahridagi Olmazor mahallasida daydi itlar ko‘payib ketgani haqida murojaat e’lon qilingan. Shundan so‘ng, Obodonlashtirish boshqarmasi «it ovlov brigadasi» tomonidan 7 ta it otib o‘ldirilgani aytilmoqda.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 891 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, dushanba kuni 457 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Atabek Tursinbekov O‘zbekistonning Aqtaudagi bosh konsuli etib tayinlandi.
Rossiyaning uchta kompaniyasi AQSh sanksiya ro‘yxatiga kiritildi. Cheklovlar Eron, Shimoliy Koreya va Suriyaga ommaviy qirg‘in qurollari tarqatilmasligi to‘g‘risidagi qonun doirasida joriy etildi. Rossiya kompaniyalaridan biri O‘zbekiston korxonalariga uskunalar yetkazib beradi.
Koronavirus homilador ayollar uchun qanchalik xavfli? Homilador ayollar koronavirusga qarshi emlanishi mumkinmi? «Gazeta.uz»ning shu va boshqa savollariga biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev javob berdi.
O‘zbekiston Germaniyadan koronavirusga qarshi 350 ming doza vaksina oladi. Preparatlar COVAX dasturi doirasida yetkazib beriladi.
Adliya vazirligi haydovchilarga quloqchin va boshqa uskunalar orqali telefondan foydalanishga ruxsat berishni taklif qilmoqda. Salonga monitor o‘rnatganlik uchun jarimani bekor qilish ham taklif etilmoqda. Bundan tashqari, haydovchilik guvohnomasi, sug‘urta polisi va texpasport olib yurmasdan avtomobildan foydalanishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev joriy yilda O‘zbekiston 917 million kub metr gaz import qilganligini ma’lum qildi. «Bu juda katta raqam. Ikkinchidan, biz valyutaga import qilyapmiz. Kelajakda nima bo‘ladi?», — dedi u. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, neft va gaz sohasi uchun so‘nggi uch yilda ajratilgan 1,4 mlrd dollar o‘z natijasini bermayapti.
Bosh vazir Abdulla Aripov Tokiodagi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilarga nisbatan adolatsizlik bo‘lganligini ta’kidladi. «Shu yoshga kirib, hech qachon bunaqangi adolatsiz hakamlikni ko‘rmaganman… Ularning maqsadi bokschilarimizning irodasini sindirish edi», — dedi u.
Qonunchilik palatasida deputat yordamchisi institutini joriy etishga oid qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu orqali deputat va saylovchi o‘rtasidagi muntazam aloqani yaxshilashga erishish maqsad qilingan. Tashabbus «Milliy tiklanish» partiyasi tomonidan ilgari surildi.
Belarus rahbarining «tez orada» prezident lavozimidan ketishi mumkinligi, «Tolibon»ning 6 ta viloyat markazini egallab olgani, Kubada kichik va o‘rta xususiy tadbirkorlikka ruxsat berilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting