Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, kasalliklar va bioxavfsizlik ustidan nazorat bo‘yicha mintaqaviy markazlar tarmog‘ini hamda BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etishga kelishib oldilar. Davlatlar iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini yumshatish, muzliklarni saqlab qolish, o‘rmonlar maydonlarini kengaytirish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishda birgalikda ishlashni davom ettiradi.
Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda suratlari tarqalgan test materiallariga taalluqli bo‘lgan abituriyentlarni test sinovidan chetlashtirmoqda. 6 avgust kuni bunday holatlar Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatlarida aniqlandi. Shuningdek, DTM surati tarqalgan ayrim test topshiriqlari kitobi joriy imtihonlarga tegishli emasligini qayd etdi.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘n to‘rtinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar kanoeda eshkak eshish, badiiy gimnastika, erkin kurash hamda zamonaviy beshkurash bellashuvlarida qatnashishdi. Musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston erkin kurash bo‘yicha bronza medaliga ega chiqib, delegatsiya medallari sonini 4 taga yetkazib oldi.
6 avgust kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 13 mln 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda.
USIAD xalqaro nashriyotlar tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekistondagi maktablar uchun informatika va ingliz tili darsliklarini sotib oldi. Ular 2021−2022 o‘quv yilida mamlakatning 200 ta maktabida sinovdan o‘tkaziladi. Shuningdek, agentlik O‘zbekiston uchun maxsus ishlab chiqilgan ona tili, matematika va informatika bo‘yicha ta’lim standartlarini Xalq ta’limi vazirligiga topshirdi.
30 iyul kuni Shimoliy Osetiya tog‘lari hududida strit-art rassomlari ishtirokida «Back to the roots» nomli graffiti suratlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda rassomlar sun’iy qoyalarga chizgan turli tasvirlar namoyish qilindi. Ushbu san’at asarlaridan ayrimlarining suratlarini «Gazeta.uz» taqdim etadi.
Dollarning rasmiy kursi 21,61 so‘mga pasaydi va jami 10 639,79 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
O‘zbekistonlik erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov qozog‘istonlik Daniyar Kaysanovni mag‘lub etib, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvida nutq so‘zladi. Unda davlat rahbari pandemiya sababli to‘xtatilgan transport harakatini to‘liq tiklash, test natijalari va emlash sertifikatlarini tan olish bo‘yicha yagona axborot tizimini ishga tushirish, oziq-ovqat xavfsizligini monitoring qilish bo‘yicha mintaqaviy tizimni joriy qilishni taklif etdi.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishni niyat qilayotganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu saylov avvalgilaridan farq qiladi. Shuningdek, u agar prezident etib saylansa, dastlab ta’lim va tarbiya sohalarida islohotlarni amalga oshirishini aytib o‘tdi.
Dam olish kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab issiq havo davom etadi. Faqat respublikaning tog‘li hududlarida mahalliy yomg‘irlar kuzatiladi.
Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini rivojlantirishda geografik jihatdan muhim rol o‘ynaydi. Mustaqil tadqiqotchi Akram Umarov mintaqalar davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muammolar va imkoniyatlarda Afg‘oniston omili haqida yozadi.
Turkmanistonning «Avaza» milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlarining norasmiy formatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2021 yilgi prezidentlik saylovlariga «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Alisher Qodirov nomzodi e’lon qilindi.
Iyul oyi oxirida Buxoro shahridagi «Abdullaxon» madrasasi devorining bir qismi qulab tushgan edi. Holat yuzasidan «mansabga sovuqqonlik bilan qarash» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Enter Engineering kompaniyasi Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasida rekonstruksiya ishlarini olib bormoqda. Ziyoratgohda 9200 o‘rinli masjid, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarning harakatlanishi uchun zamonaviy liftlar, maxsus nishab yo’lkalar va boshqa qulayliklar yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 avgust kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Davlat rahbarlari transport-logistika, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni muhokama qildilar.
Koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlarining kunlik rekordi yangilandi. Payshanba kuni respublika bo‘ylab 974 nafar fuqaroda virus aniqlangan. 6 nafar bemor vafot etdi.
«Ijtimoiy fikr» markazining so‘rovnomasida ishtirok etgan fuqarolarning 53,2 foizi koronavirusga qarshi emlanishga tayyorligini tasdiqlashdi. So‘ralganlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i esa (36,5 foizi) emlanishdan bosh tortmoqda. Ular bunga asosiy sabab vaksinaning nojo‘ya ta’sirlaridan xavotir va emlanishga qarshi tibbiy ko‘rsatma ekanligini aytishgan. Vaksinatsiya borasida bir qarorga kelmagan fuqarolarning eng yuqori darajasi 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida aniqlandi.
Davlat test markazi 10 iyun kuni biologiya fani bo‘yicha milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test natijalari e’lon qilinmasligiini ma’lum qildi. Bunga testologiya mezonlari buzilganligi, test topshirganlarning maktabdagi o‘rtacha baholari va test natijalari o‘rtasidagi katta tafovut hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi e’tiroz sabab bo‘ldi. Testda ishtirok etgan barcha talabgorlarning to‘lovi to‘liq qaytariladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting