Davlat test markazi 10 iyun kuni biologiya fani bo‘yicha milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test natijalari e’lon qilinmasligiini ma’lum qildi. Bunga testologiya mezonlari buzilganligi, test topshirganlarning maktabdagi o‘rtacha baholari va test natijalari o‘rtasidagi katta tafovut hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi e’tiroz sabab bo‘ldi. Testda ishtirok etgan barcha talabgorlarning to‘lovi to‘liq qaytariladi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 14-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Argentinalik futbolchi Lionel Messi klubi «Barselona» bilan shartnomani uzaytirmagan bo‘ldi. Messining «Barselona»ni tark etishiga moliyaviy va boshqa muammolar sabab bo‘lganligi aytildi.
5 avgust kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 13 mln 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda.
Belarusda chegara nazoratining kuchaytirilgani, Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inlari, Meksikaning AQSh qurol ishlab chiqaruvchilarini sudga bergani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekistonda Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etilishi, O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri eng ko‘p kunlik koronavirus holatlari aniqlanishi, bosh vazirning koronavirusga qarshi emlanishi — “Gazeta.uz"ning 5 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Lacetti va Isuzu to‘qnashishi oqibatida yong‘in chiqdi. Lacetti avtomobilidagi to‘rt nafar fuqaro kuyib, vafot etdi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha yakkalik dasturida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan Sabina Tashkenbayevada koronavirus aniqlandi. Endilikda uning o‘rniga Yekaterina Fetisova Olimpiadada qatnashadi.
Yaqin kunlarda «Sputnik V» vaksinasining 90 ming dozalik 2-komponenti yaqin kunlarda O‘zbekistonga keltirilishi kutilmoqda. Bir qator olimlar «Sputnik V» vaksinasining birinchi va ikkinchi komponentlari bilan emlanish oralig‘ini 21 kundan 90 kungacha uzaytirish mumkinligini ma’lum qilishgan.
Oq uy ma’muriyati mamlakatga faqat koronavirusga qarshi to‘liq emlangan chet elliklarning kirishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘n uchinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, erkin kurash hamda zamonaviy beshkurash bellashuvlarida qatnashishdi. Musobaqaning navbatdagi kunini O‘zbekiston medalsiz yakunlagan bo‘lsa ham, yengil atletikachi Safina Sadullayeva va erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov medallar uchun kurashni davom ettirishmoqda.
Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan test materiallaridan faqatgina biologiya faniga oid topshiriqlar Namangan viloyatida abituriyent tomonidan suratga olingani va u dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilganini ma’lum qildi.
Toshkent viloyatining Qibray tumani uchun issiqlik energiyasiga yangi tariflar 20 avgustdan kuchga kiradi.
YUNISEF va JSST, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda COVID-19 haqidagi ishonchli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan HealthBuddy+ chat-botini ishga tushirishdi.
Dollarning rasmiy kursi 16,82 so‘mga pasaydi va jami 10 618,18 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
Namangandagi oilaviy poliklinkada shifokorni do‘pposlagan aka-ukalarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shifokorga tibbiy tekshiruv davomida bir necha jarohatlar tashxisi qo‘yilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Turkmanistonga yo‘l oldi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid sentyabr oyida hamkorlik dasturini yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Dastur doirasida davlat organlari, fuqarolik jamiyati va diniy tashkilotlar vakillari uchun qator seminarlar va treninglar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
5 avgust kuni Angren shahrida joylashgan to‘qqiz qavatli uyning 6-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi. Qutqaruvchilar tomonidan 25 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilib, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida xonadonning 50 kv.metr maydoni zararlangan.
Xitoy pandemiya boshlanganidan beri xorijiy davlatlarga tibbiy niqob va respiratorlarning eksportini deyarli to‘rt baravarga oshirdi. 2020 yil aprel holatiga bitta niqob yoki respiratorning eksport narxi 2019 yil dekabriga nisbatan 720,8 foizga ortgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting