Xurshidjon Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Xayrullo G‘afforov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari bo‘ldi.
Microsoft korporatsiyasi asoschisi, Bill Geyts rafiqasi Melinda bilan ajrashayotganini ma’lum qildi. «Uzoq mulohazalar va munosabatlarimiz bo‘yicha ko‘p ishlardan so‘ng, biz nikohimizni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildik», — deb yozdi tadbirkor.
Yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sportchilar va ularning trenerlariga bir martalik pul mukofotlari beriladi. Bundan taqshari, nufuzli musobaqalar g‘oliblari uchun 5 mlndan 7 mln so‘mgacha bo‘lgan stipendiyalar joriy etiladi. Bu boradagi taqdimot dushanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan.
Zuhra Ibragimova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari etib saylandi.
Toshkent viloyatida fuqaroni 4500 AQSH dollari evaziga ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs aniqlandi. U kelishilgan puldan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Meksikada metro ko‘prigi vagon bilan birga, uning ostida mashinalar harakati paytida qulab tushdi. Hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi va 70 ga yaqin odam jarohatlandi.
Guliston shahrida 9 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari va 6 nafar ayol-qizlarga xujra sifatida noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelayotgan shaxslar aniqlandi.
Madaniyat vazirligi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi oldidagi konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilgani yuzasidan munosabat bildirdi. Vazirlik konsert dasturining hamkori ekanligi va faqat sahnadagi jarayonlarga javobgar ekanligini aytdi. Madaniyat vazirligi milliylik va til targ‘ibotini amalga oshirganda, ularni keng ommaga majburlab yoki keskin tanqid ruhida emas, balki namuna ko‘rsatgan holda yetkazish lozimligini ta’kidladi.
1 maydan boshlab vaksinaning birinchi bosqichini olgan fuqarolarni uning ikkinchi dozasi bilan ham emlash boshlangan bo‘lib, hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolarning 14 285 nafari ikkinchi bosqichda emlangan.
Botir Nuriddinov Namangan viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.
Rossiyaning Tomsk shahrida Migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltakladi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaning tegishli idoralariga so‘rov yubordi.
Shavkat Mirziyoyev Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni tanqid qildi. U yo‘llanmalar sonini oshirish uchun sportchilar va ularning jamoalarini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.
2 may holatiga ko‘ra Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi, shuningdek, bir qator ta’lim va tibbiyot muassasalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari ikki haftaga karantinga yopildi.
Birinchi chorakda O‘zbekistonda 1491 ta YTH qayd etilib, ularda 394 kishi vafot etdi, 1168 kishi jarohatlandi.
Armaniston parlamentining Nikol Pashinyanni bosh vazir lavozimiga saylamagani, Saudiya Arabistonining 17 maydan boshlab chegaralarni ochayotgani, Venesuelada amaldorlarga nafaqalarning kriptovalyutada berilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qibray tumanidagi yangi bog‘ hududi Toshkent tarkibiga o‘tkaziladi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, 3−4 yil ichida poytaxtda ulkan qurilish ishlari olib borildi va endilikda buni to‘xtatib, shahar tashqarisiga chiqarish kerak.
Prezident viloyatlar hokimlariga haftada bir marta bank va soliq organlari rahbarlari bilan shaxsan suhbatlashib, ular faoliyatiga baho berishni topshirdi. Shavkat Mirziyoyev bank va soliq idoralarini iqtisodiyotimiz uchun katta to‘siq dedi. U «xalqimizga o‘zimiz xizmat ko‘rsatishni o‘rganishimiz» uchun banklarning chet ellik investorlar tomonidan xususiylashtirilishiga ruxsat bermayotganini ta’kidladi.
Buvayda tumanida Nexia-2 va elektroskuter to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan yo‘lovchi vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting