Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinida 4 kishining vafot etgani, 1 kishining bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi.
Kun davomida 96 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Mamlakat bo‘yicha jami sog‘ayganlar soni 1501 nafarga yetdi.
FVV Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida infratuzilmalarga yetgan dastlabki zarar miqdorini ma’lum qildi. 8 ta bolalar bog‘chasi, 16 ta maktab, 7 ta tibbiyot muassasasi, 7 ta qabriston, 13 ta ko‘prik va boshqa obyektlar zarar ko‘rgan.
Samarqand viloyatida mast haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishda yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir qildi. Yosh ayol va uning ikki yoshli farzandi halok bo‘ldi.
Andijon viloyatida mahalliy byudjetga qo‘shimcha manbalar hisobidan qariyb 112,4 mlrd so‘mlik manbasiz va maqsadsiz xarajatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. To‘plangan materiallar viloyat prokuraturasiga taqdim etildi.
Qozog‘iston Tashqi ishlari vazirligi Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi natijasida mamlakatning bir qism hududini suv bosishi munosabati bilan O‘zbekistonga norozilik notasini yuborish masalasi ko‘zda tutilmayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda COVID-19 tasdiqlangan holatlar 15 taga ko‘payib, 2204 taga yetdi.
Sardoba fojiasi bizga xalqimizning ofat qarshisida bemisl darajada hamjihat ekanini ko‘rsatdi. Mamlakatning har bir hududidan Sirdaryoga texnikalar va minglab tonna insonparvarlik yordami oqib kelmoqda. Ofat oqibatlari qay darajada va undan qanday ibrat-xulosalar chiqarishimiz kerak? Sabina Bakayeva va Shuhrat Latipov reportaji.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” qoshidagi “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” korxonasi Sardoba suv ombori qurilishida bosh pudratchi bo‘lgan. 10 dan ortiq kompaniya esa — subpudratchi. Gidroinshoot qiymati 1,3 trln so‘mni (404 mln dollar) tashkil etgan.
Qanday qilib tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirish paytida yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlarini isbotlay oladi va fors-major holatlarida majburiyatlarni bajarmasa bo‘ladimi? Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan tadbirkorlik sub’ektlari uchun eslatma.
IIV Yulduz Usmonovaning ichki ishlar organlari xodimlarini haqorat qilgani aks etgan videomurojaatini o‘rganmoqda. Toshkent IIBB xonandaning xatti-harakatlariga huquqiy baho beradi.
Prezident qarori bilan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti birlashtirilib, Toshkent davlat transport universiteti tashkil qilinmoqda.
Koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni o‘zgarishsiz qoldi — 2189 nafar bemor. Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 774 kishi davolanmoqda, 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Mamlakat bo‘ylab 335 mingta test sinovlari o‘tkazilgan.
Kun davomida 86 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 1405 nafarga yetdi.
Prezident uch smenada ish tashkil etgan tadbirkorlarga kechki smena uchun elektr tarifini 1,5 baravar kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
“Sardoba” suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida 4 ta nimstansiya suv ostida qolgani hamda 8 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan mahrum bo‘lgani aniqlandi. Hozirda shikastlangan elektr tarmoqlarida tiklash ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyatida 3750 ta tadbirkorlik subyekti, jumladan mehmonxonalar, taksi yo‘nalishliari, sartaroshxona va go‘zallik salonlariga faoliyatini tiklashga ruxsat berildi. Bunda karantin tadbirlariga qat’iy rioya qilinishi shart.
«Sardoba» suv ombori to‘g‘oni o‘pirilgan ilk soatlarda evakuatsiya-qutqaruv ishlarida qatnashgan 2 nafar Milliy gvardiya xodimi kuchli oqimga duch kelib, oqib ketdi. Ulardan biri halok bo‘ldi, ikkinchi xodimni qidirish ishlari davom etmoqda.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda 9 may kuni G‘alabaning 75 yilligi sharafiga uyushtiriladigan parad bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. U parad, epidemiolog va virusologlar nuqtai nazariga ko‘ra, eng xavfli voqea emasligini ta’kidladi.
Uzun tumanida Lacetti avtomobili yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan ikki bolani urib yubordi. Tan jarohati olgan bolalardan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting