Arxiv

Singapurda 40 yil ichida birinchi marta vazir korrupsiyada ayblandi
19 yanvar 2024, 00:12

Singapurda 40 yil ichida birinchi marta vazir korrupsiyada ayblandi

Singapur transport vaziri korrupsiyada ayblandi. Prokuratura u milliarderdan biznes-klassdagi reyslar, Angliya Premer-ligasi o‘yinlari va myuzikllarga chiptalar ko‘rinishida sovg‘alar olganini ta’kidlamoqda. Bu so‘nggi 40 yil ichida mamlakatdagi vazir bilan bog‘liq birinchi korrupsion ish hisoblanadi.

18-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
18 yanvar 2024, 22:54

18-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Qalin tuman sabab yopilgan aeroport, prezidentning eksport masalasidagi tanqidiy yig‘ilishi, sotuvi 4 baravardan ko‘proqqa o‘sgan elektromobillar, xorijiy vakolatxonalarda o‘qitiladigan o‘zbek tili kurslari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Futbol bo‘yicha Osiyo kubogi: O‘zbekiston Hindistonni mag‘lub etdi (video, foto)
18 yanvar 2024, 22:27

Futbol bo‘yicha Osiyo kubogi: O‘zbekiston Hindistonni mag‘lub etdi (video, foto)

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo kubogi guruh bosqichining ikkinchi turida Hindiston ustidan g‘alabaga erishdi (statistika, video, foto). Uchala gol ham birinchi bo‘limda kiritildi.

“Konvertatsiyani davom ettiramiz desak, eksportni importga nisbatan barqaror ushlab turishimiz kerak” — prezident
18 yanvar 2024, 21:57

“Konvertatsiyani davom ettiramiz desak, eksportni importga nisbatan barqaror ushlab turishimiz kerak” — prezident

Prezident eksport masalasini “hayot-mamotimiz” deb atadi. “Agar valyuta balansi, investitsiya yoki konvertatsiyani davom ettiramiz desak, eksportni importga nisbatan barqaror ushlab turishimiz kerak”, — dedi u.

O‘zbekistonning to‘qqizta hududida yirik turizm markazlari quriladi
18 yanvar 2024, 20:07

O‘zbekistonning to‘qqizta hududida yirik turizm markazlari quriladi

O‘zbekistonning turistik manzillarida mehmonxona va maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq savdo-ko‘ngilochar majmualaridan iborat turizm markazlari quriladi. U yerda brend do‘konlar va “duty free”, to‘y marosimlari uchun hudud, “oltin yo‘lak” bo‘ladi. Qurilish maydonlari bosh vazir boshchiligida aniqlanadi.

Qirg‘izistonda 11 nafar jurnalist tartibsizliklarga da’vat qilish moddasi bilan hibsga olindi
18 yanvar 2024, 18:54

Qirg‘izistonda 11 nafar jurnalist tartibsizliklarga da’vat qilish moddasi bilan hibsga olindi

Bishkek sudi Qirg‘izistondagi bir qator mustaqil nashrlarning 11 nafar jurnalistini ikki oyga hibsga oldi. Ular ommaviy tartibsizliklarga da’vat qilishda ayblanmoqda, avvalroq ularni tintuv qilishgandi. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari rasmiylarni OAVga bosim o‘tkazishni to‘xtatishga chaqirmoqda.

Andijonda Gentra urib yuborgan 77 yoshli erkak vafot etdi
18 yanvar 2024, 17:41

Andijonda Gentra urib yuborgan 77 yoshli erkak vafot etdi

Andijon shahrida Gentra yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 77 yoshli erkakni urib yubordi. Oqibatda piyoda shifoxonada vafot etdi.

Pokiston Eron hududiga javob zarbalarini yo‘lladi
18 yanvar 2024, 17:20

Pokiston Eron hududiga javob zarbalarini yo‘lladi

Pokiston Tehronning hujumidan bir kun o‘tib Erondagi “terrorchilar boshpanalari”ga qator zarbalar berdi. Pokiston TIV Eron suverenitetini hurmat qilishini va zarbalardan maqsad mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilish bo‘lganini ta’kidladi.

Qashqadaryoda yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlaganlar 10 sutkaga qamaldi
18 yanvar 2024, 16:30

Qashqadaryoda yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlaganlar 10 sutkaga qamaldi

Koson tumanida 4 nafar mast erkak mashinada yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlab videoga oldi va uni Telegram`da tarqatdi. Sud hukmi bilan ularning har biriga 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Prezident transport vaziriga ogohlantirish berdi
18 yanvar 2024, 16:12

Prezident transport vaziriga ogohlantirish berdi

Prezident yuk tashish uchun qo‘shimcha yig‘imlar, haydovchilar uchun viza rejimi murakkabligi va boshqa masalalar bilan lozim darajada shug‘ullanmayotgani uchun transport vazirini ogohlantirdi. Davlat rahbari ayrim elchilar va savdo maslahatchilarini ham tanqid qildi.

O‘zbekistonda 25 turdagi oziq-ovqatni ishlab chiqarishni boshlashga topshiriq berildi
18 yanvar 2024, 15:59

O‘zbekistonda 25 turdagi oziq-ovqatni ishlab chiqarishni boshlashga topshiriq berildi

Prezident mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birgalikda 25 turdagi oziq-ovqatni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni boshlash topshirig‘ini berdi. Bu korxonalarda xalqaro standartlar joriy etiladi, ularga xorijdan malakali texnolog va marketologlar jalb qilinadi.

O‘zbekistonda to‘siqsiz turizm rivojlantiriladi
18 yanvar 2024, 15:26

O‘zbekistonda to‘siqsiz turizm rivojlantiriladi

Madaniy meros obyektlari, vokzallar, jamoat transporti va poyezdlarda harakatlanish imkoniyati cheklangan kishilar uchun lift, pandus va tutqichlar o‘rnatiladi. 2027-yilgacha ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning sayohat xarajatlarining 50 foizini davlat qoplaydi. Mehmonxonalar uchun ham subsidiyalar beriladi.

Prezident bosh vazirga 3 ta shahar va 4 ta tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi
18 yanvar 2024, 15:16

Prezident bosh vazirga 3 ta shahar va 4 ta tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga Nukus, Jizzax, Bekobod shaharlari, Sharof Rashidov, Dehqonobod, Uchqo‘rg‘on, Urganch tumanlarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘sish bo‘lmagani munosabati bilan ushbu 7 ta hudud hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi.

Murat Mirzayev Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktorligidan ozod etiladi
18 yanvar 2024, 14:59

Murat Mirzayev Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktorligidan ozod etiladi

Prezident Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori Murat Mirzayevni lavozimidan ozod etishga ko‘rsatma berdi. Davlat rahbari tashkilot faqat forumlar o‘tkazish bilan cheklanib qolganini tanqid qildi.

Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘lar samarali ishlatilmayapti — prezident
18 yanvar 2024, 14:50

Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘lar samarali ishlatilmayapti — prezident

Prezident Eksport agentligi tarmoq va hudud rahbarlari bilan birga eksportni kreditlashga va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishini ta’minlay olmayotganini ta’kidladi. Imtiyozli shartlarda ajratilgan har 1 dollarga o‘rtacha 5 dollarlik eksport to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi
18 yanvar 2024, 14:39

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi

2024-yil yakunigacha O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, xorijiy davlatlarda “O‘zbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasi ishga tushiriladi.

Prezident yangi sement zavodlari qurishni taklif qilayotgan mutasaddilar haqida gapirdi
18 yanvar 2024, 13:04

Prezident yangi sement zavodlari qurishni taklif qilayotgan mutasaddilar haqida gapirdi

Prezident ekologiyaga zararli ta’sirni kamaytiruvchi texnologiyalarni joriy qilish o‘rniga mutasaddilar yana 22 ta sement zavodi qurish taklifini berayotgani ajablanarli ekani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda sementga yillik ehtiyojni ortig‘i bilan qoplay oladigan ishlab chiqarish quvvatlari bor.

Foto: Toshkent tonggi tuman paytida qanday ko‘rinishda edi?
18 yanvar 2024, 12:45

Foto: Toshkent tonggi tuman paytida qanday ko‘rinishda edi?

Kechasi va ertalab Toshkentning ayrim joylarini quyuq tuman qopladi. Tongga kelib, ba’zi hududlarda tuman tarqadi. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzahmedov bu paytda shahar qanday ko‘rinishda bo‘lganini suratga muhrladi.

Chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkaziladi
18 yanvar 2024, 12:29

Chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda. Hozirda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti chegarada 4 ta idora — bojxona, karantin, SES va veterinariya organlari tomonidan nazorat qilinadi.

Eksport agentligi Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sifatida qayta tashkil etiladi
18 yanvar 2024, 12:22

Eksport agentligi Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sifatida qayta tashkil etiladi

Jahon savdo tashkiloti talablari asosida Eksport agentligi Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sifatida qayta tashkil etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting