Oliy sud 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha qo‘zg‘olonlar va aksilinqilobiy bosmachilik qilishda ayblangan 174 nafar qatag‘on qurbonining nomini oqladi. Ularning aksariyati Surxondaryo, Buxoro, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda yashagan. Xususan, oqlanganlar orasida taniqli adib Abdulla Qodiriy ham bor. Ro‘yxat.
Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta gaz “zapravka” 34 mlrd 640 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Ular hisobga olish priborini ulash tartibi hamda sxemalarini o‘zgartirgan.
O‘zbekiston va BAA ichki ishlar vazirlari ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi. Shuningdek, BAAda uzoq vaqtga yashash huquqini olgan o‘zbekistonliklarga haydovchilik guvohnomasini olish vaqtida imtiyoz beriladi.
Humo to‘lov tizimining Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishi xususiylashtirish bilan bog‘liq emas, deya ma’lum qildi agentlik. Ta’kidlanishicha, Markaziy bank balansida banklararo protsessing markazining mavjudligi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin.
Chirchiq shahri ichki ishlar bo‘limi hibsxonasida saqlanayotgan 22 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilishi oqibatida vafot etdi, deya xabar berdi Toshkent viloyati IIBB. Biroq tarmoqlarda uning tanasida jarohatlar borligi aniqlangani aytildi. Ombudsman holatni o‘rganmoqda.
O‘zbekiston prezidenti BAAning yetakchi korxonalari delegatsiyasi bilan uchrashuv yakunida Masdar kompaniyasi bilan strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi, shuningdek, kompaniya rahbariga “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
Toshkent shahar hokimi issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlarni tasdiqlash to‘g‘risida qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, narxlar faqat yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun oshdi. Aholi uchun tarif narxi o‘zgarishsiz qoldi.
Moskvada 22−24-noyabr sanalarida AI Journey konferensiyasi bo‘lib o‘tib, unda sun’iy intellektning biznes va jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati, hamda ilmiy kashfiyotlardagi roli muhokama qilindi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan mashhur Saidaziz Saydaliyevni qo‘lga oldi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, u va yana bir necha kishi tovlamachilik ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan. Ma’lum qilinishicha, ular pul evaziga odamlarni qarzini undirib bergan.
8 yilga qamalgan bloger Olimjon Haydarov birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya beradi, deb ma’lum qildi uning ukasi. U o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni butunlay rad etadi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan ANORBANK yillik foiz stavkasi 26% bo‘lgan Bayramona omonati xaqida e’lon qildi.
Iqlim o‘zgarishi Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishining asosiy muammolaridan biriga aylandi, dedi Shavkat Mirziyoyev Dubayda bo‘lib o‘tgan COP28 sammitida. U “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va uglerod neytralligiga erishish “Yangi O‘zbekistonning strategik maqsadi” ekanini ta’kidladi.
Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan “ko‘cha bollari” va jinoiy guruhlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilmoqda. Tezkor chora-tadbirlar poytaxtda jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga qaratilgan, deya xabar beradi poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi.
Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxanov huquq-tartibot xodimlarining foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jazolash haqidagi norma oshkoralik siyosatiga zid, deb hisoblaydi. “Yuksalish” harakati Senatdan jamoatchilik e’tirozlarini inobatga olishni so‘radi.
Shokoladli tort, qaynatma kremli qumoq pirog, brauni, “San-Sebastyan” shokoladli chizkeyki, kremli krostata va fondan — Zira.uz shokoladli pishiriqlar retseptlarini taqdim etadi.
Toshkent shahrida avtobuslar harakati uchun tashkil etilgan maxsus yo‘lakda harakatlangan, sababsiz to‘xtagan va avtobuslarning harakatiga xalaqit bergan transport vositalarini maxsus kameralar qayd etishni boshladi va ularga nisbatan jarima qo‘llanilmoqda.
Poytaxt hokimligi 2022-yili Istirohat ko‘chasidagi xiyobonda obodonlashtirish ishlarini boshlagandi. Yetti oyda yashil hududning yarmida bolalar va sport maydonchalari, piyodalar yo‘lkalari va chiroqlar paydo bo‘ldi. Biroq ko‘chaning qolgan qismi chiqindi omboriga aylandi. Aholi ishni oxiriga yetkazishni so‘ramoqda.
Sakkizta kinopremera, keypop bayrami, “Sharqona bozor”, “Irina Kairatovna” konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Markaziy bank rahbariyati va Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi, AQSh va Buyuk Britaniya delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda bank xodimlarining sanksiyalarga rioya qilishi bo‘yicha salohiyatini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
O‘zbekistonda banklar va to‘lov tizimlarining mobil ilovalaridagi xavfsizlik darajasini oshirish uchun yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining mablag‘larini o‘tkazish imkoniyatini 1 soatgacha cheklash rejalashtirilmoqda. Foydalanuvchilarga uning profiliga kirilganlik haqida SMS-xabar yuboriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting