Arxiv

XDP pensionerlarning hayot darajasini yaxshilashni taklif etmoqda
27 iyun 2023, 19:00

XDP pensionerlarning hayot darajasini yaxshilashni taklif etmoqda

27-iyun sanasida XDPdan prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Navoiy viloyatida saylovoldi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Telegram`da Stories paydo bo‘ladi
27 iyun 2023, 16:51

Telegram`da Stories paydo bo‘ladi

Telegram messenjeri Stories funksiyasini ishga tushiradi. Ularni 6 soatdan 48 soatgacha ko‘rinadigan qilib joylash mumkin bo‘ladi.

Jizzax viloyatidagi kanaldan chaqaloqning jasadi topildi
27 iyun 2023, 15:53

Jizzax viloyatidagi kanaldan chaqaloqning jasadi topildi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan o‘g‘il bola jinsiga mansub chaqaloqning jasadi topildi. Sud-tibbiyot ekspertizasida uning o‘lik tug‘ilgani aniqlandi.

Toshkentda Hayit namozi o‘qilishi sababli ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
27 iyun 2023, 15:46

Toshkentda Hayit namozi o‘qilishi sababli ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

28-iyun kuni Hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan Toshkent shahridagi qator ko‘chalar va yo‘llarda avtotransport vositalari harakati soat 00:00 dan 7:30 gacha to‘xtatiladi (ro‘yxat).

SSV tibbiy sug‘urta uchun shaxsiy ma’lumotlarni internet orqali uzatmaslikka chaqirdi
27 iyun 2023, 15:07

SSV tibbiy sug‘urta uchun shaxsiy ma’lumotlarni internet orqali uzatmaslikka chaqirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi poliklinikalarda ro‘yxatdan o‘tmaganlarga davlat tibbiy sug‘urta tizimida xizmatlar pulli ko‘rsatilishi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Ro‘yxatdan o‘tish faqatgina poliklinikaga shaxsiy tashrif bilan amalga oshiriladi. Hujjatlarning nusxalarini internet orqali yuborish mumkin emas.

Jizzaxda 57 kishi ovqatdan zaharlandi
27 iyun 2023, 13:58

Jizzaxda 57 kishi ovqatdan zaharlandi

Jizzax shahridagi oshxonalarning birida taomlangan 57 kishi zaharlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qildi. Ularning 11 nafariga yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berildi, 46 nafarining ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Prokuratura holatni o‘rganyapti.

Prezident Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillarini mukofotladi
27 iyun 2023, 13:51

Prezident Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan qator OAV vakillarini orden va medallar bilan mukofotladi (ro‘yxat).

Iyul oyida O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?
27 iyun 2023, 13:32

Iyul oyida O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

So‘nggi 8 yil ichida O‘zbekistonda barcha iyul oylari iqlim me’yoridan issiqroq bo‘ldi. Joriy yilda mamlakatning aksariyat hududlarida oylik harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi — Qirg‘iziston TIV
27 iyun 2023, 12:30

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi — Qirg‘iziston TIV

Rossiyaning Samara viloyatida 27-iyunga o‘tar kechasi YTH sodir bo‘ldi. Qirg‘iziston TIV ikki Qirg‘iziston fuqarosi, shuningdek, to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

“Jamiyat muammolarini bartaraf etishda, korrupsiyaga qarshi kurashda jurnalistlarga tayanamiz” — prezident
27 iyun 2023, 11:53

“Jamiyat muammolarini bartaraf etishda, korrupsiyaga qarshi kurashda jurnalistlarga tayanamiz” — prezident

O‘zbekiston prezidenti OAV xodimlarini tabriklab, so‘z erkinligi, axborot olish va tarqatish huquqini ta’minlashni mamlakat taraqqiyot strategiyasining ajralmas qismi deb bilishini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, korrupsiya va jamiyatning boshqa muammolariga qarshi kurashda davlat jurnalistlarga tayanadi.

Nima tayyorlaymiz: Bayramona taom va pishiriqlar
27 iyun 2023, 11:41

Nima tayyorlaymiz: Bayramona taom va pishiriqlar

Qozonda pishirilgan qiyma-kabob, qovurilgan chuchvara, asalli qush tili, tvorogli ponchiklar, “Midiya” paxlavasi va boshqalar — Zira.uz bayram dasturxonini bezovchi taom va pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

BeFit PRO avtoturargohiga TOK BOR quvvatlantirish stansiyalari o‘rnatildi
27 iyun 2023, 11:00

BeFit PRO avtoturargohiga TOK BOR quvvatlantirish stansiyalari o‘rnatildi

TOK BOR tarmog‘i BeFit PRO avtoturargohiga ham elektromobillarni 20−40 daqiqa ichida quvvatlash imkoniyatini beruvchi yuqori tezlikdagi quvvatlantirish stansiyalarni o‘rnatdi.

“Gazeta.uz” Oliy sud o‘tkazgan tanlov nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi
27 iyun 2023, 10:46

“Gazeta.uz” Oliy sud o‘tkazgan tanlov nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

Oliy sud USAID hamkorligida sudlar faoliyati yuzasidan to‘g‘ri va xolisona fikrni shakllantirgan, bajarilayotgan ishlarni jamoatchilikka yetkazishda qonun talabi bilan ishlayotgan OAV vakillarini taqdirladi. “Gazeta.uz” internet nashri “Internet va bosma nashrlar” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Chirchiq daryosi qirg‘og‘idan qum-shag‘al qazib olganlarga jinoiy ish ochildi
27 iyun 2023, 10:28

Chirchiq daryosi qirg‘og‘idan qum-shag‘al qazib olganlarga jinoiy ish ochildi

Qibray tumanida firma ishchilari Chirchiq daryosining muhofaza zonasidan qum-shag‘alni noqonuniy qazib olgani va davlatga 200 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

Dunyoda giyohvand moddalar iste’mol qiluvchilar soni oshib bormoqda — BMT
27 iyun 2023, 09:30

Dunyoda giyohvand moddalar iste’mol qiluvchilar soni oshib bormoqda — BMT

Oxirgi 10 yil ichida giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar soni 23 foizga oshib, 296 million kishiga yetdi. Noqonuniy bozorlarda sintetik moddalar hukmronlik qilmoqda, deyiladi BMT hisobotida.

Toshkentning 3 ta tumanidagi ayrim ko‘chalar elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi
27 iyun 2023, 09:03

Toshkentning 3 ta tumanidagi ayrim ko‘chalar elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi

Seshanba kuni ta’mirlash ishlari sababli Toshkent shahrining Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining ba’zi joylarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

26-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
26 iyun 2023, 22:00

26-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Toshkentda yoqib yuborilgan 2 tonnadan ziyod narkotik, mayda benzin ishlab chiqarish keskin kamaygani, Tatyana Karimovaga nisbatan meros bo‘yicha da’vo, ta’mirlanib qayta ochilgan “Turkiston” metrosi ustidagi cho‘kkan ko‘cha, Qashqadaryoda ayolga stakan uloqtirgan erkak va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Ukraina Rossiya Zaporojye AESga terakt uyushtirmoqchiligini da’vo qilmoqda. Muhim ma’lumotlar
26 iyun 2023, 19:13

Ukraina Rossiya Zaporojye AESga terakt uyushtirmoqchiligini da’vo qilmoqda. Muhim ma’lumotlar

Ukraina hukumati Rossiya qo‘shinlari Zaporojye AESga terakt uyushtirishni rejalashtirayotgani va “buning uchun hamma narsani tayyorlagani"ni iddao qilmoqda. Rossiya bu ayblovlarni rad etib, “navbatdagi yolg‘on” deb atadi. MAGATE esa AESdagi vaziyat “o‘ta beqaror” ekanini ta’kidladi.

Yoshlar kuni va Olympic Day bayramiga bag‘ishlangan Yangi Nafas yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi
26 iyun 2023, 19:00

Yoshlar kuni va Olympic Day bayramiga bag‘ishlangan Yangi Nafas yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Yangi Nafas xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi O‘zbekistonning 16 ta shahrida tashkil qilindi. Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan yuguruvchilar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston suv vaziri Qo‘shtepa kanali orqali Afg‘oniston Amudaryodan qancha suv olishi mumkinligini ma’lum qildi
26 iyun 2023, 18:10

O‘zbekiston suv vaziri Qo‘shtepa kanali orqali Afg‘oniston Amudaryodan qancha suv olishi mumkinligini ma’lum qildi

Afg‘oniston Qo‘shtepa kanali orqali 600 ming gektar yerni sug‘ormoqchi ekani haqidagi gaplar asossiz. O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayevning aytishicha, “Tolibon” taxminan 300 ming gektarni sug‘ormoqchi, bunga 4−5 mlrd kub metr suv yetadi. O‘zbekiston mana shu miqdor saqlanib qolishiga intiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting