Samarqandda Shavkat Mirziyoyev YUNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashib, ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Tashkilot sammiti doirasida shaharda Xalqaro turizm akademiyasi va “Ipak yo‘li” tematik ofisi ochiladi.
Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Hokimlik shahar hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lgan aholini hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqirdi.
Poytaxt markazidagi “Moskva” ko‘p qavatli uylari aholisiga binolarning tashqi qiyofasini yangilash rejalari haqida ma’lumot berilgani ularda xavotir va savollar tug‘dirdi. Shahar hokimligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, ko‘rsatilgan eskizlar hali tasdiqlanmagan va loyiha aholi bilan muhokama qilinadi.
Eronning Isfahon shahrida Musulmon Nobeli — Mustafo (s.a.v.) mukofotini topshirish marosimi bo‘ldi. Laureatlarning har biriga 500 ming dollardan beriladigan ushbu mukofotga Islom olamidagi eng yaxshi tadqiqotchi va olimlar loyiq ko‘riladi. “Gazeta.uz” muxbiri taqdirlash marosimidan reportaj tayyorladi.
Farg‘ona shahri hayvonot bog‘idagi zebra nobud bo‘ldi. 12 yil yashagan jonzot qarib o‘lgani aytilmoqda. Mazkur bog‘da yil boshida jirafa ham nobud bo‘lgandi.
Toshkent xalqaro aeroportida beshinchi rasmiy spotting-tur bo‘ldi. Unda O‘zbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan 50 ga yaqin spotter qatnashdi. Foto.
O‘zbekiston maktablarida kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi. II chorak o‘qishning birinchi kuni 10-noyabrga to‘g‘ri keladi.
Isroil Tashqi ishlar vazirligi HAMAS hujumlari oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani, 4 kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi. Urush tufayli Isroilda jami 148 nafar chet el fuqarosi halok bo‘lgan, 143 kishi bedarak yo‘qolgan.
BMT tinchlikparvar kuchlarining Livandagi shtab-kvartirasi o‘qqa tutildi, Isroil hukumati G‘azo sektori bilan chegaradosh shaharlardan tinch aholini evakuatsiya qilish ishlarini deyarli yakunladi, G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiya boshlansa, Eron vaziyatga aralashishi mumkin.
Qashqadaryo viloyatining Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabariga ko‘ra, avtobusdagi portlash oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 4 nafari reanimatsiyada. 16 nafar jabrlanganlarga ambulator yordam ko‘rsatildi.
Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyuradi.
“Yashil makon” loyihasi doirasidagi daraxtlarni nomiga emas, “hayotimiz uchun, o‘pkamizning tozaligi uchun ekish zarur, chunki bu o‘zimizga, jamiyatimizga, salomatligimizga kerak”, — dedi O‘zbekiston prezidenti.
Prezident qarori bilan 1-yanvardan yo‘l qurilishiga sinov tariqasida xususiy sektor jalb qilinadi. Bundan tashqari, issiq kunlarda yuk mashina va avtopoyezdlarga yo‘llarda harakatlanishiga cheklovlar kiritiladi.
O‘zbekistonda hafta oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, haftaning ikkinchi yarmida +22…+25 darajagacha iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab ham havo ancha iliq, +7…+12 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Muborak tumanida Isuzu avtobusining gaz balloni portlab, 4 kishi o‘rta og‘ir darajada jarohat oldi. Hodisa sababli hech kim halok bo‘lmagan, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
Bunyod Egamnazarov Namangan viloyati, Botir Ashurov esa Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga boshliq etib tayinlandi.
Singapurda o‘tgan First Global Challenge robototexnika chempionatida o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Prezident 17−18-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi. Davlat rahbari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etishi, XXR raisi, shuningdek, Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi bilan uchrashishi kutilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Tashkent City hududida qurilishi 15 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilgan opera teatri loyihasi bilan tanishdi. Dastlab opera teatri biznes markazi loyihalariga kiritilmagan, obyekt Milliy bog‘dagi quritilgan ko‘l o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan edi.
Isroilning Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi. Ular o‘qishni onlayn davom ettirishadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting