O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Sportchi avval Saudiyaning “An-Nasr” klubida to‘p surgandi.
“Gazeta.uz” muxbirlari Toshkent shahri Sergeli tumanidagi portlash sodir bo‘lgan joydagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. U yerda yong‘inni o‘chirish davom etyapti. Portlash oqibatida ochiq maydonda saqlanayotgan avtomobillarga ham zarar yetgan.
Sergeli tumanidagi portlash bo‘yicha IIV Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Hozirda kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Sergeli tumanidagi omborxonadagi portlash oqibatida talafot ko‘rgan har bitta xonadon inventarizatsiyadan o‘tkazilmoqda, dedi tuman hokimi Elbek Shukurov. U yetkazilgan zarar to‘liq davlat tomonidan qoplanishini ta’kidladi. Hududda aholi uchun ovqatlanish va tibbiy xizmat ko‘rsatish punktlari tashkil etilgan.
“Quruvchilar” dahasida joylashgan omborxonada sodir bo‘lgan portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzildi. Unga bosh vazir o‘rinbosari Achilboy Ramatov boshchilik qiladi.
Sergeli tumani “Quruvchilar” dahasidagi portlash oqibatida 163 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi SSV. Ularning 24 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda. Vazirlik 16 yoshli bolaning o‘limini tasdiqladi.
Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi kuchli portlash sodir bo‘lgan omborxonada portlash xavfi bo‘lgan va yonuvchi moddalar bo‘lmagan, deya xabar qildi “Gazeta.uz”ga Xalqaro logistika markazi (United Cargo Center) vakili. Rasmiy idoralar voqea yuzasidan o‘rganish o‘tkazmoqda. Majmua haqida nimalar ma’lum?
“Gazeta.uz” Toshkentning Sergeli tumanidagi omborxonada yuz bergan kuchli portlash oqibatida 11-sinfda o‘quvchi bola halok bo‘lganini aniqladi. Uning boshiga rom tushib ketgani aytilmoqda.
Kechasi Toshkentdagi Quruvchilar dahasida joylashgan omborda yuz bergan kuchli portlash yong‘inga sabab bo‘ldi. Ko‘p qavatli uylarning oynalari singan. Jabrlanganlar bor, ammo ularning soni ochiqlangani yo‘q. Voqea joyida maxsus xizmatlar ish olib bormoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari u yerdan fotoreportaj tayyorladi.
“Quruvchilar” dahasidagi portlash oqibatida shikastlangan uylar egalariga yetkazilgan zarar qoplab beriladi. “2−3 kun ichida bu muammolarni hal qilamiz”, — dedi voqea joyiga yetib kelgan poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov.
Yevropa Ittifoqi FOCUS kino va teatr maktabi bilan birgalikda bolalar uchun kinoloyihani amalga oshirmoqda. O‘smirlar uchun bepul o‘quv moduli O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida kino va teatr sohasida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.
Rossiya ommaviy axborot vositalarining Ukrainadagi urush haqidagi ritorikasini genotsidga chorlash deb hisoblash mumkin, deya ta’kidladi BMT komissiyasi. Rossiya armiyasining harbiy jinoyatlari, jumladan, fuqarolik infratuzilmasiga hujumlari va qiynoqlarga yo‘l qo‘yganiga oid ko‘plab dalillar ham to‘plandi.
Tunda Toshkentning Sergeli tumanidagi omborxonada kuchli portlashdan so‘ng yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar bor. Tarmoqlardagi videolarda uy va boshqa obyektlarga jiddiy zarar yetganini ko‘rish mumkin. Yong‘in qurshab olingan, uni o‘chirish ishlari davom etmoqda (foto, video).
“O‘zbek tomoni shusiz ham O‘zbekistonga oqib turgan suvni qanday olishining Qirg‘izistonga farqi yo‘q”, deya ma’lum qildi mamlakat prezidenti Sadir Japarov. U Farg‘onaga Kampirobod suv omboridan suv quvuri yotqizish rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarga shunday izoh berdi.
“O‘zbek tomoni shusiz ham O‘zbekistonga oqib turgan suvni qanday olishining Qirg‘izistonga farqi yo‘q”, deya ma’lum qildi mamlakat prezidenti Sadir Japarov. U Farg‘onaga Kampirobod suv omboridan suv quvuri yotqizish rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarga shunday izoh berdi.
Prezidentning Germaniyaga tashrifi arafasida O‘zbekistonning yangi elchisi Dilshod Axatov ushbu mamlakatga yetib bordi. U avval Hindistonda elchi bo‘lib ishlagan.
Berlinda Markaziy Osiyo davlatlari va Germaniya davlat rahbarlarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Ularda O‘zbekiston prezidenti ham ishtirok etadi.
Bloger Farhod Mannopov vafoti bo‘yicha jinoyat ishi sudga yuborilgani, “Dok-1 Maks” ishining sud tafsilotlari, “Antistrumin” dorisi mavzusiga chuqur kirmaslikni maslahat bergan SSV rahbari, Vatanga muhabbat haqida gapirgan prezident, “mahalla yettiligi” dasturi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha ayblanuvchilardan biri sud majlisidagi nutqini marhum 65 nafar bolaning oila a’zolariga hamdardlik bildirishdan boshladi. U pora oldi-berdisida vositachilik qilganini tan oldi va hind ishlab chiqaruvchisidan boshlig‘iga 33 ming dollarni qanday yetkazib berganini aytib berdi.
O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari hamda Mayami xalqaro aeroporti (AQSh) marketing bo‘yicha direktori Toshkent va Mayami aeroportlari o‘rtasida muntazam qatnovlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting