Arxiv

Qamchiq dovonida DAF va Damas mashinalari YTHga uchradi
22 aprel 2023, 11:26

Qamchiq dovonida DAF va Damas mashinalari YTHga uchradi

Qamchiq dovonida DAF yuk mashinasi boshqaruvi yo‘qotilib, o‘rta temir to‘siqqa urildi. Undan qochgan Damas esa xandaqqa tushib ketdi. YTH oqibatida 3 kishi jarohatlanib, shifoxonaga olib ketildi.

Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya orqali iqlim bo‘yicha maqsadlarga erishish
22 aprel 2023, 10:49

Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya orqali iqlim bo‘yicha maqsadlarga erishish

Qazilma yoqilg‘ilar sayyora, insoniyat va iqtisodiyot uchun boshi berk ko‘chadir. BMTTD doimiy vakili Matilda Dimovska Xalqaro yer kuniga bag‘ishlangan maqolasida BMTTD ko‘magida O‘zbekistonda “yashil” texnologiyalar sohasida joriy etilayotgan ilg‘or tajribalar haqida yozadi.

Uzbekistan Airways ilk bor A330 samolyotidan foydalanishni boshlaydi
22 aprel 2023, 09:06

Uzbekistan Airways ilk bor A330 samolyotidan foydalanishni boshlaydi

Uzbekistan Airways Litva kompaniyasidan uzoq masofalarga uchuvchi ikkita Airbus A330 samolyotini bir yil muddatga ekipaji va boshqa xarajatlari ichida bo‘lgan holda ijaraga oldi. Ulardan birinchisi Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Mazkur samolyotning ilk reysi 23-aprel kuni Istanbulga rejalashtirilgan.

Toshkentdagi maktabda 2 o‘quvchi qiz 14 yoshli qizni “samosud” qildi
22 aprel 2023, 00:42

Toshkentdagi maktabda 2 o‘quvchi qiz 14 yoshli qizni “samosud” qildi

Yangihayot tumanidagi maktabning 16, 17 yoshli o‘quvchi qizlari 14 yoshli qizni urib, unga yengil jarohat yetkazdi. Qizlarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Voqea yuzasidan bezorilik holati bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Mustaqil O‘zbekistonda birinchi Ramazon Hayiti qanday nishonlangan? — video
21 aprel 2023, 19:21

Mustaqil O‘zbekistonda birinchi Ramazon Hayiti qanday nishonlangan? — video

Mahallalarda “bir so‘m pul” so‘rayotgan bolalar, Samarqanddagi Registon maydonida hayit namozining o‘qilishi, tandirdan uzilgan non va nisholdani bir-biriga uzatayotgan qo‘shnilar — 1992-yilda o‘zbekistonliklar muqaddas Ramazon oyini shunday kuzatishgan.

Farg‘onada tom bosib qolgan ikki ishchi qutqarib olindi
21 aprel 2023, 15:51

Farg‘onada tom bosib qolgan ikki ishchi qutqarib olindi

Farg‘ona shahrida ta’mirlanayotgan uyning tomi qulab tushib, ikki ishchini bosib qoldi. Ular FVB qutqaruvchilari tomonidan chiqarib olindi va shifoxona joylashtirildi.

Jahon banki O‘zbekistonga chorvachilik sohasini rivojlantirishga yordam beradi
21 aprel 2023, 14:35

Jahon banki O‘zbekistonga chorvachilik sohasini rivojlantirishga yordam beradi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan YAIMning qariyb 50 foizi chorvachilik hissasiga to‘g‘ri keladi. Soha mamlakatdagi barcha issiqxona gazlari chiqindilarining 13 foizdan ortig‘i manbai bo‘lib, unumdorlik pastligicha qolmoqda. Loyiha samarali va iqlimga chidamli sektorni yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda gaz va ko‘mir qazib olish pasayishda davom etmoqda
21 aprel 2023, 13:40

O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda gaz va ko‘mir qazib olish pasayishda davom etmoqda

Yilning birinchi choragida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga, mart oyida esa 12,9 foizga qisqardi. Uch oy davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 5 foizga kamaydi. Ko‘mir qazib olish hajmi ham pasaydi.

Xorazmda 47 dona bug‘u va 3 dona jayron shoxlari ushlab qolindi
21 aprel 2023, 11:35

Xorazmda 47 dona bug‘u va 3 dona jayron shoxlari ushlab qolindi

Urganch tumanida bojxonachilar Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan 47 dona bug‘u va 3 dona jayron shoxlarini olib ketayotgan shaxslarni aniqladi.

Zargarlar va ijaraga yer olgan dehqon xo‘jaliklariga 50 mln so‘mgacha kreditlar garovsiz beriladi
21 aprel 2023, 10:55

Zargarlar va ijaraga yer olgan dehqon xo‘jaliklariga 50 mln so‘mgacha kreditlar garovsiz beriladi

Zargarlik ishi yo‘nalishi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgan shaxslarga va uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olgan dehqon xo‘jaliklari hamda kichik tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi.

Qashqadaryoda fuqaroni ruhiy kasal sifatida qayd etish uchun pora olgan shifokor ushlandi
21 aprel 2023, 10:19

Qashqadaryoda fuqaroni ruhiy kasal sifatida qayd etish uchun pora olgan shifokor ushlandi

Qashqadaryo viloyati 1-sonli asab-ruhiy kasalliklar dispanseri bosh shifokori vazifasini bajaruvchi shaxs fuqaroning kasallik tarixini to‘ldirib, uni ruhiy kasal sifatida qayd etish uchun 4,3 mln so‘m olayotgan vaqtida gumondor sifatida qo‘lga olindi.

Nima tayyorlaymiz: Bayramona taomlar
21 aprel 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Bayramona taomlar

Bayramona osh, somsa-sho‘rva, “Atirgul” manti, filo xamiridan pistali paxlava, asalli qush tili va boshqalar — Zira.uz mazali va noodatiy bayramona taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Toshkentda Ramazon hayiti namozi o‘qildi — foto
21 aprel 2023, 09:46

Toshkentda Ramazon hayiti namozi o‘qildi — foto

21-aprel tongida O‘zbekistondagi mavjud 2100 ortiq masjidlarda Ramazon hayiti namozi o‘qildi. “Gazeta.uz” muxbiri Toshkent shahridagi Mulla Qosim jome masjididan fotoreportaj tayyorladi.

Ramazon hayiti arafasida 541 kishi afv etildi
21 aprel 2023, 04:16

Ramazon hayiti arafasida 541 kishi afv etildi

Prezident farmoni bilan jazo muddatini o‘tayotgan 541 kishi afv etildi. Ularning orasida 36 nafar chet el fuqarosi, 136 nafar ayol, 75 nafar 60 yoshdan oshgan erkak hamda 6 nafar taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashganlar bor.

Foto: Qashqadaryoda yo‘l-transport hodisalariga qarshi kurash
20 aprel 2023, 23:34

Foto: Qashqadaryoda yo‘l-transport hodisalariga qarshi kurash

Qashqadaryodagi yo‘llardan birining chetiga avariyaga uchragan avtomobil o‘rnatildi. O‘zbekiston IIV YHXBBning ma’lum qilishicha, bu yo‘llardagi baxtsiz hodisalarning oldini olishga yordam beradi.

Dam olish e’lon qilingani tirbandlik va shaharlararo taksilar narxining oshishiga olib keldi
20 aprel 2023, 23:06 1

Dam olish e’lon qilingani tirbandlik va shaharlararo taksilar narxining oshishiga olib keldi

Ramazon hayiti sanasi e’lon qilinganidan so‘ng Toshkentda va shahardan chiqishda uzoq tirbandliklar yuzaga keldi, shaharlararo transport narxlari ko‘tarildi, biznesda esa kimdadir buyurtmalar bekor qilingan bo‘lsa, ba’zilarda mijozlar oqimi ko‘paydi.

20-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 aprel 2023, 22:00

20-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ramazon hayitida 4 kun dam, Toshkentda 17 yoshli qizga hujum qilgan erkak, aholiga bepul tarqatiladigan 500 tonna elita kartoshka urug‘i, Nukus voqealari bo‘yicha sudlanganlarning apellyatsiyalari Toshkentda ko‘rib chiqilishi, nomi oqlangan qatag‘on qurbonlari ro‘yxati va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
20 aprel 2023, 21:57

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Ramazon hayiti tabrigida vijdon erkinligini qaror toptirish, diniy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash borasidagi sa’y-harakatlar izchil davom etayotganini ta’kidladi. Joriy yilda cheklovlar olib tashlanishi tufayli 31 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Makka va Madinaga umra ziyoratiga bordi.

Ramazon hayitida Click orqali hayitlik pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin
20 aprel 2023, 19:00

Ramazon hayitida Click orqali hayitlik pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin

Click Ramazon hayitida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ixtiyoriy ehsonlarni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida so‘zlab berdi.

Toshkentda 17 yoshli qizga hujum qilgan erkak ushlandi
20 aprel 2023, 17:20

Toshkentda 17 yoshli qizga hujum qilgan erkak ushlandi

Toshkent shahar IIBB 17 yoshli o‘quvchi qizga hujum qilgan erkak qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ushbu shaxs Samarqand viloyatida yashovchi 26 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting