Arxiv

Samarqandda AUDI urib ketishi oqibatida ikki piyoda vafot etdi
4 yanvar 2023, 15:23

Samarqandda AUDI urib ketishi oqibatida ikki piyoda vafot etdi

Samarqand tumanida AUDI ikki nafar piyodani urib ketdi. Oqibatda ularning ikkisi ham vafot etdi. Gumonlanuvchi hibsga olindi.

O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
4 yanvar 2023, 15:00

O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisiga yangi o‘rinbosarlar etib Jaloliddin Hamroqulov va Uyg‘un G‘ofurov hamda Toshkent islom institutiga yangi rektor etib Muhammadolim Muhammadsiddiqov tayinlandi.

UzAuto Motors shartnoma tuzish va avtomobillar topshirishni vaqtincha to‘xtatdi
4 yanvar 2023, 14:59

UzAuto Motors shartnoma tuzish va avtomobillar topshirishni vaqtincha to‘xtatdi

UzAuto Motors hisob dasturiy ta’minotini amalga oshirish munosabati bilan shartnoma tuzish, avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi. Kompaniya jarayon 4−5 kundan ortiq davom etmasligini ma’lum qildi.

Og‘ir atletikachi Doston Yoqubov Qatarda 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
4 yanvar 2023, 14:48

Og‘ir atletikachi Doston Yoqubov Qatarda 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Doston Yoqubov Qatardagi xalqaro musobaqada uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

SSV tizimida yana bir bor «Korrupsiyaga qarshi kurash yili» e’lon qilindi
4 yanvar 2023, 14:26

SSV tizimida yana bir bor «Korrupsiyaga qarshi kurash yili» e’lon qilindi

Dekabr so‘ngida sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlangan Amrillo Inoyatov tizimda 2023 yilni Korrupsiyaga qarshi kurash yili deb e’lon qildi. «Ishonch telefoni sifatida o‘zimning shaxsiy raqamimni ham kiritaman», — dedi u. Vazirlik tizimida 2020 yil ham korrupsiyaga qarshi keskin kurash yili bo‘lgandi.

Qashqadaryoda Nexia urib yuborgan 4 kishi vafot etdi
4 yanvar 2023, 13:22

Qashqadaryoda Nexia urib yuborgan 4 kishi vafot etdi

Yakkabog‘ tumanida Nexia-2 avtomashinasi 4 piyodani urib yubordi. Ulardan 3 nafari voqea joyida, 1 nafari shifoxonada vafot etdi. Haydovchi tegishli tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Namanganda kanalga tushib ketgan Nexia-2 olib chiqildi
4 yanvar 2023, 13:13

Namanganda kanalga tushib ketgan Nexia-2 olib chiqildi

Chortoq tumanida boshqaruvni yo‘qotib, kanalga tushib ketgan Nexia-2 FVV qutqaruvchilari tomonidan olib chiqildi. Mashina salonida ikki kishi bo‘lgan.

Dekabr oyida kelgan «Dok-1 Maks» dorilari Davlat bojxona qo‘mitasi omborlarida saqlanmoqda
4 yanvar 2023, 12:59

Dekabr oyida kelgan «Dok-1 Maks» dorilari Davlat bojxona qo‘mitasi omborlarida saqlanmoqda

O‘zbekistondagi bojxona omborlarida dekabr oyida kelgan «Dok-1 Maks» preparatining uchta partiyasi (taxminan 60 ming quti) va undan oldin kelgan ikki partiyasi saqlanmoqda. Mamlakatda uning ta’sirida vafot etgan 20 ga yaqin bola voqeasidan keyin dori-darmonlarni sotish taqiqlandi.

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi
4 yanvar 2023, 12:35

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

Odam savdosi jinoyati bo‘yicha gumonlanayotgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Uni qo‘lga olish Toshkent Interpol va Kuala-Lumpur Milliy markaziy byurolarining hamkorligida amalga oshirildi.

O‘zbek-tojik chegarasi yaqinida 26 kg narkotik modda qoldirib ketildi
4 yanvar 2023, 12:25

O‘zbek-tojik chegarasi yaqinida 26 kg narkotik modda qoldirib ketildi

Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi o‘zbek-tojik davlat chegarasi yaqinida noma’lum shaxslar tomonidan 26 kg narkotik modda qoldirib ketildi. Giyohvandlik vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqandda 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
4 yanvar 2023, 12:18

Samarqandda 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

Ishtixon tumanida tadbirkor 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Iste’molchi foydalanilgan elektr energiyasi miqdorini sun’iy ravishda buzib (pasaytirib) ko‘rsatib kelgan.

2 mlndan ortiq haydovchilik guvohnomasi haligacha yangisiga almashtirilmagan — IIV
4 yanvar 2023, 11:49

2 mlndan ortiq haydovchilik guvohnomasi haligacha yangisiga almashtirilmagan — IIV

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va «texpasport»ni yangisiga almashtirish muddati (berilgan vaqtiga qarab) 2023 yilda yakunlanadi. Hozirgacha 2 mlndan ortiq «prava», 557 mingdan ortiq «texpasport»lar yangisiga almashtirilmagan. IIV haydovchilarni e’tiborsiz bo‘lmaslikka chaqirdi.

Toshkent viloyatida noqonuniy faoliyat yuritgan «zapravka» mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
4 yanvar 2023, 10:54

Toshkent viloyatida noqonuniy faoliyat yuritgan «zapravka» mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh Yangiyo‘l tumanida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgan «zapravka»ni aniqladi. Holat bo‘yicha AGTKSH va «O‘ztransgaz» hududiy boshqarmasi mas’ullariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Buxorodagi o‘quv markazi yerto‘lasida portlash yuz berdi
4 yanvar 2023, 10:35

Buxorodagi o‘quv markazi yerto‘lasida portlash yuz berdi

Buxoro shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan o‘quv markazi yerto‘lasida portlash sodir bo‘ldi. 3 dona eshik va rom joyidan siljigan va 70 kv.m maydonda tom qismi plastik qoplamasi zararlangan. Jarohat olganlar yo‘q.

Qamchiq dovonida qolib ketgan fuqarolar evakuatsiya qilindi (yangilandi)
4 yanvar 2023, 09:51

Qamchiq dovonida qolib ketgan fuqarolar evakuatsiya qilindi (yangilandi)

Qamchiq dovoni qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani sababli yopildi. Hududda qolib ketgan yo‘lovchilarga maxsus reys orqali poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi va isinish maskanlari tashkil etildi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 300 so‘mdan oshdi
4 yanvar 2023, 09:42

Banklarda dollarning sotish kursi 11 300 so‘mdan oshdi

Tijorat banklari 4 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 170 — 11 260 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 300 — 11 305 so‘m.

Sirdaryoda «Dok-1 Maks» siropi 7 nafar bolaga nojo‘ya ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi
4 yanvar 2023, 09:37

Sirdaryoda «Dok-1 Maks» siropi 7 nafar bolaga nojo‘ya ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi

Sirdaryo viloyati SSV rahbari o‘rinbosari «Dok-1 Maks» dori vositasi 7 nafar bemor bolaga nojo‘ya ta’sir qilganini ma’lum qildi. Hozirda ulardan 4 nafari sog‘ayib chiqqan, 3 nafari esa jonlantirish bo‘limida davo-muolajalarini davom ettirmoqda.

Toshkentdagi sobiq «Yubileyniy» sport majmuasi o‘rnida Alpomish muz saroyi ochildi
3 yanvar 2023, 23:18

Toshkentdagi sobiq «Yubileyniy» sport majmuasi o‘rnida Alpomish muz saroyi ochildi

Toshkentda sobiq «Yubileyniy» sport majmuasi o‘rnida Alpomish muz saroyi foydalanishga topshirildi. Sport inshootini rekonstruksiya qilish ishlari dastlab 2020 yil 1 sentabrgacha yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, ikki yildan ortiq davom etdi.

O‘zbekiston SSVning yangi rahbari Quramax`ning barcha dorilari savdosini to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi
3 yanvar 2023, 22:47

O‘zbekiston SSVning yangi rahbari Quramax`ning barcha dorilari savdosini to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi

SSVning yangi rahbari Amrillo Inoyatov dorixonalarga yo‘llagan xatida Quramax 2022 yilda import qilgan barcha dorilarning sotilishini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berdi. «Dok-1 Maks» va «Ambronol» preparatlarining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomalarini bekor qilish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi ham kiritilgan.

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent
3 yanvar 2023, 17:01

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent

Huvillagan ko‘chalar, ishlayotgan jamoat transporti va shaharni tozalash ishlari. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzaahmedov Toshkentning 2023-yildagi ilk tongini tasvirlarga muhrladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting