Ellikqal’a tumanidagi xonadonda gaz portladi. Oqibatda bir ayol vafot etdi. Voqea bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi.
Qahramanmarash viloyatida zilzila oqibatida bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi vayronalar ostidan olib chiqildi. U shifoxonaga joylashtirilgan va birinchi yordam ko‘rsatilmoqda.
Samarqandda fuqaroni 15 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. U puldan uch ming dollarini olayotgan paytda DXX va IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Qorao‘zak tumanida 161 million dollarlik yangi 2 katta investitsiyaviy loyiha, jumladan 50 MVt kuchlanishga ega quyosh elektr stansiyasi va 110 MVt kuchlanishga ega shamol elektr stansiyasi quriladi. Natijada 200 fuqaroning doimiy ravishda bandligi ta’minlanadi.
Qurilish vazirligi uylarning zilzilaga bardoshliligiga kim kafolat berishi haqida ma’lumot berdi. Ishlarning sifatiga kafolat berish va ular lozim darajada bajarilmagan taqdirda, javobgar etib pudratchi belgilangan.
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab professional va oliy ta’lim tizimida «Inson huquqlari», «Ayollar huquqlari» va «Bola huquqlari» bo‘yicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etiladi.
Prezident farmoyishi bilan general-mayor Aybek Saidov Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Farrux Ziyabayev Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni va polkovnik Lutfullo Buzrukov Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Turkiyaning so‘nggi 100 yillik tarixidagi eng kuchli zilzila bu mamlakatda yashovchi o‘zbekistonliklar hayotiga ham ta’sir qildi. “Uyim ko‘z oldimda quladi”, — deydi ulardan biri. “Uyda ovqatlanib, mashinada tunayapmiz”, — deydi boshqa bir vatandosh. “Gazeta.uz” Turkiyadagi o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashdi.
Turkmanistondagi «Galkinish» konida yuz bergan avariya va O‘zbekistonga gaz yetkazib berishda kuzatilgan uzilishlar sabab «Turkmangaz» konsernida bir necha kishi hibsga olingani xabar qilindi. O‘zbekiston Energetika vazirligi uzilish uchun Turkmanistondan kompensatsiya talab qilingani haqidagi xabarni rad etdi.
BMTning Qochqinlar bo‘yicha agentligi va Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi Termiz shahridagi transport-logistika xabi orqali Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Sovuqda himoyaga muhtoj afg‘on xalqi uchun 12 ta yuk mashinasida 48 mingdan ortiq ko‘rpa jo‘natildi.
Turkiyaga ketgan o‘zbekistonlik FVV xodimlari tonggacha vayronalar ostidan 21 kishini chiqarib oldi. Ularning 12 nafari vafot etgan. Qolganlari turli tan jarohatlari olgan.
O‘zbekiston Turkmanistonga 20 ta Volkswagen Caddy «Tez yordam» mashinasi sovg‘a qildi. O‘z navbatida, Turkmanistondan suyultirilgan gaz partiyasi yetib keldi va uni ehtiyojmand oilalar o‘rtasida taqsimlash rejalashtirilgan.
Daraxtlarga osilgan yoki yerda yotgan elektr kabellarini ko‘rgan Toshkent shahri aholisidan Xalq nazorati portali orqali xabar berishlari so‘ralmoqda. Hokimlik anomal sovuq paytida tezroq elektr uzatib berish uchun simlar shu tarzda o‘tkazilganini ma’lum qildi.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasida har oyda kamida bir marta barcha viloyat va hududlarda hukumat a’zolari ishtirokida «Hukumat kuni»ni o‘tkazib borish taklif qilinmoqda. Bunda hududlarda aholi ko‘tarayotgan dolzarb muammolarning hukumat vakillariga yetib borishini ta’minlash maqsad qilingan.
Malaysia Airlines aviakompaniyasi Kuala-Lumpur-Toshkent-Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklamoqda. Reyslar har o‘n kunda bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Samarqand shahri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga shahardagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida tasqara qushining kelgani bo‘yicha ma’lumot berilgan. U veterinar ko‘rigidan so‘ng, «Zarafshon» milliy tabiat bog‘i pitomnigiga topshirilgan.
Turkiyadagi zilzila paytida ko‘p qavatli uylar xuddi kartadan yasalgan uylar kabi ketma-ket quladi. Ushbu maqolada zilzila paytida mahalliy xalq tomonidan olingan eng ta’sirli (va dahshatli) videolar jamlangan.
«Yuksalish» harakati Toshkent shahrining yangi hokimi birinchi navbatda qaysi muammolarni hal qilishi zarurligi haqida so‘rovnoma o‘tkazdi. Javoblar orasida qurilishga moratoriy e’lon qilish, kommunal xo‘jalik xizmatlari va jamoat transportini yaxshilash hamda hokimni saylash amaliyotini joriy etish takliflari bor.
Tijorat banklari 8 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 285 — 11 385 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 405 so‘m.
Turkiyadagi zilzilalar bo‘yicha eng so‘nggi vaziyat, Parijda pensiya islohotlariga qarshi namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilgani, Latviyada dronlar zavodida yong‘in yuzaga kelgani, Shvetsiyaning Turkiya bilan NATO bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqchiligi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting