Arxiv

O‘zbekiston Afg‘onistonga 58 tonnalik insonparvarlik yordami yubordi
11 sentabr 2022, 10:21

O‘zbekiston Afg‘onistonga 58 tonnalik insonparvarlik yordami yubordi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 58 tonnalik zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi. Yuklar Balx viloyati shimolidagi Kaldor tumaniga yetkazib berildi. Surxondaryo hokimligiga ko‘ra, bu galgi yordam og‘ir sharoitda yashayotgan oilalarga tarqatildi.

Qamchiqdagi yirik YTHda 4 kishi halok bo‘ldi
11 sentabr 2022, 09:34

Qamchiqdagi yirik YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi haydovchisi bir necha avtomobil bilan to‘qnashib ketishi natijasida ularda yonib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 4 kishi halok bo‘lgan, 5 dan 7 nafargacha kishi jarohatlangan. FVV yonayotgan avtomobillar tezda o‘chirilganini ma’lum qildi.

Teatr arboblari uyushmasining davlat tashkilotlariga yo‘llagan xati qonuniy kuchga ega emas — Adliya vazirligi
10 sentabr 2022, 18:57

Teatr arboblari uyushmasining davlat tashkilotlariga yo‘llagan xati qonuniy kuchga ega emas — Adliya vazirligi

Teatr arboblari uyushmasi “Ilhom” teatrida bo‘ladigan “Podpolnыye devochki” spektakli Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarga putur yetkazishi mumkinligini aytib, IIB va Milliy gvardiyaga ssenariyni o‘rganib chiqishni so‘rab xat yozdi. Adliya vazirligi bu xatni asossiz deb topdi.

Charlz III rasman Buyuk Britaniya qiroli bo‘ldi
10 sentabr 2022, 18:23

Charlz III rasman Buyuk Britaniya qiroli bo‘ldi

10 sentabr kuni Buyuk Britaniya taxtining vorislik kengashi Londondagi Avliyo Jeyms saroyida Charlz III ni mamlakatning yangi qiroli deb rasman e’lon qildi.

O‘zJOKUda xodim talabani rektorga salom bermagani uchun kaltaklagani aytildi
10 sentabr 2022, 16:11

O‘zJOKUda xodim talabani rektorga salom bermagani uchun kaltaklagani aytildi

O‘zJOKU talabasi universitetda rektorga salom bermagani uchun xodim tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. Universitet rektori esa holatdan xabari yo‘qligini, biroq, nohaq harakat qilganlar jazolanishini aytdi. Talabaning salom berish-bermasligi bu ixtiyoriy, deya ta’kidladi Sherzodxon Qudratxo‘ja.

AKFA Medline Artel xamda AKFA Group kompaniyalari xomiyligi ostida tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalar uchun bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi
10 sentabr 2022, 15:00

AKFA Medline Artel xamda AKFA Group kompaniyalari xomiyligi ostida tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalar uchun bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi

AKFA Medline klinikasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan har yili o‘tkaziladigan «Sen yashaysan» aksiyasi tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalar uchun 31 ta bepul kardiojarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. Jarrohlik amaliyoti homiylar hisobidan amalga oshiriladi.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i hibsga olindi
10 sentabr 2022, 14:28

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i hibsga olindi

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Farhod Dehqonov hibsga olindi. Ehtiyot chorasi poytaxtda daraxtlarni noqonuniy kesish ishlari bilan bog‘liq emas. U mansab vakolatini suiiste’mol qilganliqda gumonlanmoqda.

«Bunyodkor» futbol klubi bosh direktori va bosh murabbiyi ishdan olindi
10 sentabr 2022, 12:06

«Bunyodkor» futbol klubi bosh direktori va bosh murabbiyi ishdan olindi

«Bunyodkor» futbol klubi prezidenti olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz, natijalar esa achinarli ahvolda ekanligi sabab Ulug‘bek Mirzayev o‘rniga Aziz Haydarovni direktor etib tayinladi. Ivan Boshkovich esa bosh murabbiy bo‘ldi. Avval bu lavozimda Viktor Karpenko ishlagan.

Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan tanlov e’lon qilindi
10 sentabr 2022, 11:48

Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan tanlov e’lon qilindi

UNICEF, UNDRR va O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda tabiiy ofatlar xavfining oldini olish va kamaytirish bo‘yicha aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan qo‘shiq va musiqalar tanlovi e’lon qilindi. Materiallarni qabul qilish 30 sentabrga qadar davom etadi.

Oliy sudda birdaniga yetti nafar xodim ishdan ketdi
10 sentabr 2022, 10:37

Oliy sudda birdaniga yetti nafar xodim ishdan ketdi

Oliy sud yetti nafar nafaqa yoshidagi sudyalar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Ularning 4 nafari Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasidan, 3 nafari esa boshqa boshqarma va bo‘limlarda ishlagan.

BMTTD Finlyandiya ko‘magida odil sudlovdan foydalanishni mustahkamlash bo‘yicha loyihani amalga oshiradi
10 sentabr 2022, 10:12

BMTTD Finlyandiya ko‘magida odil sudlovdan foydalanishni mustahkamlash bo‘yicha loyihani amalga oshiradi

Finlyandiya O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga alohida e’tibor qaratgan holda odil sudlovdan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha yangi loyihani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun BMTTDga 1,5 million yevro ajratadi.

Nima tayyorlaymiz: toblatmalar
10 sentabr 2022, 10:00

Nima tayyorlaymiz: toblatmalar

Brokkoli va gulkaramli, tvorog va rezavor mevali, go‘sht va baqlajonli, lavashdan qilingan, kokos qirindisi qo‘shilgan tvorogli va sendvich-toblatma — Zira.uz taomnomasiga yangilik kiritishni istaganlar uchun mazali toblatmalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Badbo‘y hidli ko‘l, kallaklangan daraxtlar, qayta tiklangan gummaxona — Milliy bog‘dan reportaj
9 sentabr 2022, 22:55

Badbo‘y hidli ko‘l, kallaklangan daraxtlar, qayta tiklangan gummaxona — Milliy bog‘dan reportaj

Prezident tashrifidan so‘ng poytaxtdagi qayta ta’mirlangan Milliy bog‘ yana o‘z faoliyatini boshladi. «Gazeta.uz» muxbirlari Mirolim Isajonov va Madina A’zam qisqa vaqt ichida gavjum maskanga aylangan bog‘dan fotoreportaj tayyorlashdi.

9 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
9 sentabr 2022, 22:00

9 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yotoqxonadan joy ololmagan 57% talabalar, Senat a’zosi bo‘lgan Amanbay Orinbayev, yangi Strategik islohotlar agentligi, talabalar ijara subsidiyasining shartnomasiz varianti, salqin dam kunlari, yana daraxtkushlik, Karl III`ga hamdardlik bildirgan Shavkat Mirziyoyev va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

Talabalarni Tashkent Index hududidagi 10 ming o‘rinli binoga joylashtirish taklif qilindi
9 sentabr 2022, 21:09

Talabalarni Tashkent Index hududidagi 10 ming o‘rinli binoga joylashtirish taklif qilindi

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent Index majmuasi hududida bo‘sh turgan 10 ming o‘rinli binoni bir hafta muddatda xususiy sherikchilik asosida TTJga aylantirishga ko‘rsatma berdi.

Sirdaryoda $3 ming evaziga TIQXMI Qarshi filiali diplomini olib bermoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi
9 sentabr 2022, 20:05

Sirdaryoda $3 ming evaziga TIQXMI Qarshi filiali diplomini olib bermoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi

Boyovut tumanida ikki fuqaro Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tugatganligi to‘g‘risida diplom olib berish uchun 3 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Toshkentda musiqa festivali bo‘lib o‘tadi
9 sentabr 2022, 19:00

Toshkentda musiqa festivali bo‘lib o‘tadi

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan musiqa festivalida Gayazov$ Brother$, Minelli va HammAli & Navai chiqishlari kutilmoqda.

Gulistonda ham 16 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi
9 sentabr 2022, 18:48

Gulistonda ham 16 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

Gulistondagi istirohat bog‘ida 16 tup tol va terak daraxtlari kesilib, 5 tup daraxtga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ayol rahbarlarning xalqaro sammitida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi
9 sentabr 2022, 18:37

Ayol rahbarlarning xalqaro sammitida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoq davlatlari parlamentlarining ayol rahbarlari sammiti yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Sammit COVID-19 pandemiyasi oqibatlari, gender tenglik hamda xotin-qizlar huquqlarini parlamentar darajada belgilash maqsadida o‘tkazildi.

Shimoliy Koreya rasman o‘zini yadroviy davlat deb e’lon qildi
9 sentabr 2022, 18:30

Shimoliy Koreya rasman o‘zini yadroviy davlat deb e’lon qildi

Shimoliy Koreya yadro quroli to‘g‘risidagi qonunni qabul qilib, «dushman kuchlar» tomonidan hujum tahdidi yuzaga kelganda, ulardan preventiv foydalanishga ruxsat berdi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDRning yadroviy maqomi endi «qaytarib bo‘lmaydigan» ekanligini aytdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting