Oliy Majlis Senatining saylovdan keyingi birinchi majlisida yangilangan yettita qo‘mita va bitta komissiya tuzilib, ulardan oltitasiga rais saylandi. Xotin-qizlar va gender tengligi qo‘mitasi o‘rniga Odob-axloq komissiyasi tashkil etildi.
Namanganning Pop tumanida qo‘lbola pechkadan chiqqan is gazi oqibatida bir oilaning uch nafar a’zosi: ota, o‘g‘il va qiz farzandlar halok bo‘ldi. Ona ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida tirik qoldi. Prokuratura tekshiruv harakatlarini boshladi.
Saylovdan so‘ng iste’foga chiqqan Vazirlar Mahkamasi, Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish rejasi, hokim kengash raisi bo‘lmasligi xalq orzusi bo‘lganini aytgan prezident, yangilangan Senatning ustuvor vazifalari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
DXX “Toshkent-Boysun” avtomobil yo‘li qurilishi bo‘yicha shartnomani olib berishda yordam berish uchun 50 ming dollar talab qilgan kompaniya rahbarini qo‘lga oldi. Qiymati 500 ming dollar bo‘lgan tenderda dastlab xorijiy kompaniya g‘olib chiqqan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urushning 1000-kunida mamlakat uchun “matonat rejasi”ni taqdim etdi. U front, qurol-yarog‘, energetika, inson kapitali va madaniyat kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan 10 banddan iborat.
Prezident Senatning avvalgi tarkibi xizmatini yuqori baholadi, shuningdek, yangi tarkib oldida turgan sakkizta dolzarb vazifani sanadi. Kengashlarni qonun ijodkorligi jarayoniga jalb qilish, ijro organlari faoliyati ustidan nazorat, korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament nazorati shular jumlasidandir.
Prezident hokim va kengash raislari vakolatlarining taqsimlanishini xalqning 30 yillik orzusini o‘zida mujassam etgan siyosiy islohot, deb atadi. Shuningdek, hokimlarning yanada ko‘proq vakolatlarini kengashga o‘tkazish, tuman va shaharlarning moliyaviy mustaqilligini oshirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston futbolchilari JCh-2026 saralashining oltinchi turida KXDR ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Yagona gol Abbosbek Fayzullayev tomonidan kiritilgan bo‘lsa, darvozabon O‘tkir Yusupov yana penalti qaytardi (video, foto, statistika).
Madaniy meros agentligi tegishli tashkilotlar hududiy boshqarmasiga Andijondagi Bobur haykalini shaharning boshqa qismiga ko‘chirish yuzasidan murojaat qilganini bildirdi. Agentlikning ta’kidlashicha, ularga bu kabi masalalar bo‘yicha ilmiy-ekspert kengashi xulosasini olish zarurligi tushuntirilgan.
2023−2024 o‘quv yilida AQSh oliygohlarida o‘zbekistonlik talabalar soni qariyb 12 foizga oshib, 1219 nafarga yetdi. Xalqaro ta’lim instituti hisobotida aytilishicha, ularning yarmidan ko‘pi bakalavriat talabalari hisoblanadi.
Shu vaqtgacha Toshkent davlat agrar universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori bo‘lib ishlagan Narzullo Oblomuradov mazkur oliygohga rektor bo‘ldi.
Chilonzor tumanida Lacetti avtomobili 171-sonli avtobus bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida mashinada bo‘lgan yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilgan, avtobusda bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchiga jarohat yetmagan.
Hindiston poytaxti Dehlida havoning ifloslanishi yuqori darajaga yetdi, shaharni zaharli smog qopladi. Zararli moddalar konsentratsiyasi JSST tavsiyalaridan 50 baravar oshdi. Megapolisda maktablar va qurilish maydonlari yopildi, yuk mashinalarining kirishi taqiqlandi va aholi ko‘chaga kamroq chiqishga chaqirildi.
Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunda zo‘ravonlik turlari aniq belgilab berildi. Hujjat jabrlanuvchi bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash hamda maktablarda zo‘ravonlikning oldini olish choralarini ko‘zda tutadi. Batafsil “Gazeta.uz” sharhida.
19-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan amaldagi hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi. Amaldagi hukumat yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
O‘zbekistonda tug‘ilish darajasining pasayishi butun dunyoda kuzatiladigan tendensiyaning aksini ko‘rsatmoqda. “Gazeta.uz” kolumnisti Mirkomil Xolboyev keng muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur mavzuni tahlil qilib, bu borada ko‘pchilikni qiziqtirayotgan ayrim savollarga javob berishga harakat qildi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 250 million dollar kredit ajratdi. Mablag‘ transport va energetika kabi tarmoqlarda kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tish, suv resurslari va qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zbekistondagi ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar o‘rtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak o‘yinlari bo‘yicha alohida tanlovlar hamda harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi. Har bir tuman (shahar)da bitta umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekistonda yoshlarning narkomaniyaga ruju qo‘yishi bo‘yicha eng ko‘p holat Toshkent shahrida qayd etilmoqda. Poytaxtda, shuningdek, o‘quvchilar orasida sintetik narkotiklar iste’moli qilish holatlari ham ko‘payib boryapti. “Buni inkor qilib bo‘lmaydi”, — dedi Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova.
Prezident taklifiga binoan Tanzila Narbayeva uchinchi bor Oliy Majlis Senati raisi etib saylandi. Sodiq Safoyev esa uning birinchi o‘rinbosari, Amanbay Orinbayev o‘rinbosari bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting