Arxiv

Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida rekonstruksiya ishlari boshlandi
20 noyabr 2024, 17:19

Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida rekonstruksiya ishlari boshlandi

Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini kengaytirish ishlari boshlandi. Bino old fasadi oldinga suriladi, natijada terminal maydoni deyarli ikki baravarga kengayadi. Ushbu bosqichda yana ikkita bagaj lentalarini o‘rnatish va terminal ichida kutib oluvchilar uchun keng maydon yaratish rejalashtirilmoqda.

“Yangi O‘zbekiston parlamenti me’mori kim deyishsa, sizni aytardim”. Akmal Saidov — prezident haqida
20 noyabr 2024, 17:14

“Yangi O‘zbekiston parlamenti me’mori kim deyishsa, sizni aytardim”. Akmal Saidov — prezident haqida

Deputat Akmal Saidov Qonunchilik palatasining yangi tarkibidagi birinchi majlisida Shavkat Mirziyoyevni Yangi O‘zbekiston parlamenti me’mori, deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning butun faoliyati davomida parlament har doim uning diqqat markazida turadi.

“Bunday natijalarga erishish uchun kuch va imkoniyatimiz yetadi”. Prezident hukumatning besh yillik vazifalarini belgilab berdi
20 noyabr 2024, 17:00

“Bunday natijalarga erishish uchun kuch va imkoniyatimiz yetadi”. Prezident hukumatning besh yillik vazifalarini belgilab berdi

Prezident avvalgi hukumat ishiga baho berib, kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Ular orasida 2030-yilgacha YAIMni 160 mlrd dollarga yetkazish, inflyatsiyani 5−6 foizda ushlab turish, 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish, ijtimoiy sohada islohotlar o‘tkazish va boshqalar bor.

Varshava 10 yil ichida YTHdan o‘limlarni ikki baravarga qisqartirdi. Qanday qilib?
20 noyabr 2024, 16:58

Varshava 10 yil ichida YTHdan o‘limlarni ikki baravarga qisqartirdi. Qanday qilib?

So‘nggi o‘n yil ichida Polsha poytaxti Varshava yo‘l-transport hodisalaridan o‘limni ikki baravar qisqartirishga erishdi. U bir vaqtlar haydovchilar va piyodalar uchun eng xavfli shaharlardan biri edi. “Gazeta.uz” bunga qanday erishish mumkinligi haqidagi Bloomberg materialini qayta hikoya qiladi.

“Zapravkalar” va ulardagi narxlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi “Avto24” ilovasi test rejimida ishga tushdi
20 noyabr 2024, 15:49

“Zapravkalar” va ulardagi narxlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi “Avto24” ilovasi test rejimida ishga tushdi

Avtomobilga benzin, metan va propan quyish, elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari haqida ma’lumot beruvchi “Avto24” ilovasi test rejimida ishga tushirildi. U orqali haydovchilar qayerda yoqilg‘i quyishni tanlashi, narxlarni solishtirishi, “zapravka”lardagi qo‘shimcha qulayliklardan xabardor bo‘lishi mumkin.

Namanganda ikki bor unashtiruvi bekor bo‘lgan qizini o‘ldirib qo‘ygan ota 10 yilga qamaldi
20 noyabr 2024, 15:14

Namanganda ikki bor unashtiruvi bekor bo‘lgan qizini o‘ldirib qo‘ygan ota 10 yilga qamaldi

To‘raqo‘rg‘onda 22 yoshli qiz ikkinchi bor unashtiruvni bekor qilib, turmushga chiqishni rad qildi. Bundan g‘azablangan ota so‘roq qilish davomida qizini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi. Sud otani 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Fitch Ratings “O‘zmilliybank” AJning barqarorlik reytingini B+ darajasiga oshirdi
20 noyabr 2024, 15:00

Fitch Ratings “O‘zmilliybank” AJning barqarorlik reytingini B+ darajasiga oshirdi

“O‘zmilliybank” AJ bank faoliyatining muvaffaqiyatli transformatsiyasi va diversifikatsiyasi tufayli Fitch Ratings tomonidan B+ barqarorlik reytingini oldi.

Ijtimoiy ahvoli og‘ir mingta mahallada infratuzilmani yaxshilash uchun 2 trln so‘m yo‘naltiriladi
20 noyabr 2024, 14:59

Ijtimoiy ahvoli og‘ir mingta mahallada infratuzilmani yaxshilash uchun 2 trln so‘m yo‘naltiriladi

Ijtimoiy ahvoli og‘ir 1 mingta mahallada infratuzilmani yaxshilash dasturi amalga oshiriladi. Bunga 2 trln so‘m yo‘naltiriladi.

Toshkent metrosida hojatxona quriladigan 9 ta bekat nomi ma’lum qilindi
20 noyabr 2024, 14:12

Toshkent metrosida hojatxona quriladigan 9 ta bekat nomi ma’lum qilindi

Avvalroq Toshkent metropolitenining 9 ta bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona qurilishi haqida xabar berilgandi. Metropoliten ushbu 9 ta bekat nomlarini ma’lum qildi. Ularning 4 tasida qurilish ishlari boshlandi.

O‘zbekistonda 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi
20 noyabr 2024, 13:57 1

O‘zbekistonda 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi. Majlisda yig‘ilganlar bu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.

Abdulla Aripov yana O‘zbekiston bosh vaziri bo‘ldi
20 noyabr 2024, 13:40

Abdulla Aripov yana O‘zbekiston bosh vaziri bo‘ldi

Qonunchilik palatasida deputatlar Abdulla Aripov nomzodini O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga ma’qulladi.

O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘iston va Tojikiston chegarasini ID karta orqali kesib o‘tish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda
20 noyabr 2024, 12:28

O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘iston va Tojikiston chegarasini ID karta orqali kesib o‘tish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston va Tojikiston chegaralarini faqatgina ID karta orqali kesib o‘tishi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Avvalroq shunday tartib Qirg‘iziston bilan joriy etilgandi.

Prezident Qurolli Kuchlar salohiyatini oshirishga e’tibor kuchaytirilishini ta’kidladi
20 noyabr 2024, 12:15

Prezident Qurolli Kuchlar salohiyatini oshirishga e’tibor kuchaytirilishini ta’kidladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dunyoda turli xatar va tahdidlar avj olib borayotgan hozirgi sharoitda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar va ma’naviy salohiyatini oshirishga e’tibor yanada kuchaytirilishini aytdi. U xalqning tinch va erkin hayotini asrash eng muhim vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Tug‘uruqxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga $100 mln yo‘naltiriladi
20 noyabr 2024, 12:14

Tug‘uruqxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga $100 mln yo‘naltiriladi

Prezident O‘zbekistonda tug‘uruqxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 100 mln dollar yo‘naltirilishini ma’lum qildi. Shuningdek, hukumat 884 ming nafar bemorni uy sharoitida reabilitatsiya bilan qamrab olish bo‘yicha yangi tizimni joriy etadi.

Prezident bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ko‘rsatdi
20 noyabr 2024, 12:13

Prezident bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini taqdim etdi. “U katta tashkilotchilik salohiyatiga ega bo‘lgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, mas’uliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar”, — dedi prezident.

“Kuch va imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi” — prezident 2030-yilgacha YAIMni 200 mlrd dollarga yetkazish haqida
20 noyabr 2024, 11:32

“Kuch va imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi” — prezident 2030-yilgacha YAIMni 200 mlrd dollarga yetkazish haqida

Prezident 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini 200 mlrd dollarga yetkazish mumkinligiga ishonch bildirdi va 160 mlrd dollarlik maqsad qo‘yilganda ayrimlar bunga shubha bilan qaraganini aytdi. “Yana bir bor aytaman, bunday natijalarga erishish uchun kuch va imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi!”, — dedi u.

“90 daqiqa bir xil o‘ynaydigan jamoalarni topish qiyin” — Srechko Katanets
20 noyabr 2024, 10:58

“90 daqiqa bir xil o‘ynaydigan jamoalarni topish qiyin” — Srechko Katanets

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets KXDRga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida jamoa faqat bir taym yaxshi o‘ynayotgani haqidagi savolga javob berdi. “90 daqiqa bir xil o‘ynaydigan jamoalarni topish qiyin bo‘lsa kerak”, — dedi u. Shuningdek, murabbiy maydon sifatini tanqid qildi.

Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz vafot etdi
20 noyabr 2024, 10:04

Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz vafot etdi

Farg‘onaning Dang‘ara tumanida Lacetti va Damas ishtirokida “avariya” sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Damas salonida ketayotgan qiz vafot etgan. Haydovchi 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Jizzaxda Cobalt urib yuborgan 4 va 13 yoshli qizlar halok bo‘ldi
20 noyabr 2024, 09:52

Jizzaxda Cobalt urib yuborgan 4 va 13 yoshli qizlar halok bo‘ldi

Baxmal tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Cobalt piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan 4 va 13 yoshli qizlarni urib yubordi, so‘ngra qochib ketdi. Oqibatda opa-singillar voqea joyida halok bo‘ldi. Haydovchi ushlanib, vaqtincha hibsxonaga joylashtirildi.

Foto: Xorijdagi vatandoshlar O‘zbekiston bayrog‘i bilan
19 noyabr 2024, 23:59

Foto: Xorijdagi vatandoshlar O‘zbekiston bayrog‘i bilan

O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan dunyoning turli shaharlarida yashayotgan bir qator o‘zbekistonliklarning Vatan bayrog‘i bilan tushgan suratlari hamda ularning tilaklarini jamladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting