Arxiv

Koronavirusning kunlik holati 700 tadan kamaydi
10 fevral 2022, 10:43

Koronavirusning kunlik holati 700 tadan kamaydi

Chorshanba kuni O‘zbekistonda koronavirusning kunlik holati 11 yanvardan beri ilk bor 700 tadan kamaydi — bir sutkada 692 kishining PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi. Qolaversa, 114 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Chinoz hokimining birinchi o‘rinbosari $40 ming pora bilan ushlangani aytilmoqda
10 fevral 2022, 10:17

Chinoz hokimining birinchi o‘rinbosari $40 ming pora bilan ushlangani aytilmoqda

Chinoz tumani hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari qo‘shni tumanda joylashgan fermerga qarashli sug‘oriladigan 35 gektar yerni hokimlikda ishlaydigan tanishlari orqali 90 ming dollar evaziga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lganligi aytilmoqda. Shundan 40 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan JKning 229−6-moddasi bilan ish qo‘zg‘atildi.

40 ga yaqin daraxt kesilgani uchun Qarshi davlat universitetining 6 nafar xodimiga nisbatan ish ochildi
10 fevral 2022, 10:08

40 ga yaqin daraxt kesilgani uchun Qarshi davlat universitetining 6 nafar xodimiga nisbatan ish ochildi

Qarshi davlat universitetida 38 tup daraxt noqonuniy kesilganini ortidan muassasaning 6 nafar xodimiga nisbatan daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish moddasi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Ular tabiatga 285 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgani aytilmoqda.

Qashqadaryoda tuman markaziy poliklinikasi bosh shifokori pora bilan ushlangani aytilmoqda
10 fevral 2022, 10:00

Qashqadaryoda tuman markaziy poliklinikasi bosh shifokori pora bilan ushlangani aytilmoqda

Qashqadaryoda tuman markaziy poliklinikasi bosh shifokori tibbiyot birlashmasiga qarashli avtoturargoh hududidan 20 sotix yer ajratish evaziga 2000 dollar so‘raganlikda gumon qilinmoqda. U shundan 500 dollar va 10 mln so‘mni o‘z xizmat xonasida olayotganda ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yangihayot va Sergeli tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
10 fevral 2022, 09:48

Yangihayot va Sergeli tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 10 fevral kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha tumanlarning ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Bir qator tumanlarda IIB rahbarlari o‘zgardi
9 fevral 2022, 23:23

Bir qator tumanlarda IIB rahbarlari o‘zgardi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Kegeyli tumanlarida IIB boshliqlari o‘zgardi. Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarining bir qancha tuman IIBlarida ham lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Jizzaxda tadbirkor xususiy korxona rahbarini miltiq bilan otib o‘ldirdi
9 fevral 2022, 23:14

Jizzaxda tadbirkor xususiy korxona rahbarini miltiq bilan otib o‘ldirdi

Arnasoyda tadbirkor va xususiy korxona rahbari o‘rtasida yer bilan bog‘liq mojaro kelib chiqdi. Tadbirkor o‘zining ov miltig‘i bilan yerni olish uchun kelgan paxtakorlik xususiy korxona rahbarining o‘ng ko‘krak qismiga o‘q uzgan. Jabrlanuvchi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
9 fevral 2022, 22:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Dunyoda koronavirusga chalinganlar sonining 400 mlndan oshgani, Fransiya, Germaniya va Polshaning Rossiyani Ukraina chegarasidagi keskinlikni pasaytirishga chaqirgani, Suriyaning AQSh nazorati ostidagi hududlarida 18 kishining teraktlar oqibatida halok bo‘lgani, Yevropada ko‘plab davlatlarning koronavirus cheklovlarini bekor qilayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

9 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
9 fevral 2022, 22:00

9 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

UzAuto Motors avtomobillari uchun oldindan to‘lov ko‘pi bilan 50% bo‘lishi kerakligini aytgan Rasul Kusherbayev, Marhamat hokimi tashabbusi bilan ota-onalardan uzr so‘ragan o‘qituvchilar, raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalari tugatilishi, «Kapitalbank» aksiyalariniing boshqaruv paketini qo‘lga kiritgan Alisher Usmonov, yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazgan Buxoro viloyati hokimi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 9 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon banki Doing Business reytingining «vorisi» ustida ishlamoqda
9 fevral 2022, 20:59

Jahon banki Doing Business reytingining «vorisi» ustida ishlamoqda

Jahon banki Doing Business xalqaro reytingi o‘rniga ishbilarmonlik muhitini baholash bo‘yicha Business Enabling Environment reytingi ustida ishlamoqda. Uning dastlabki konsepsiyasini taqdim etib, respondentlarni bu bo‘yicha muhokamada fikr bildirishga taklif qildi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
9 fevral 2022, 19:40

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 5,11 so‘mga pasayib, 10 835 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

«Qayta ko‘rib chiqish mumkin». «O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari — «inomarka» larni olib kirishdagi boj haqida
9 fevral 2022, 19:28

«Qayta ko‘rib chiqish mumkin». «O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari — «inomarka» larni olib kirishdagi boj haqida

«O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari Azizbek Shukurov O‘zbekistonda xorijiy avtomobillar importiga qo‘yilgan bojxona boji o‘ta yuqori degan fikrga qo‘shilishini ma’lum qildi. Uning fikricha, bojxona to‘lovini «qayta ko‘rib chiqish mumkin». U shuningdek, iqtisodchi Yuliy Yusupovning avtomobil sanoati monopoliyasi haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi.

UzAuto Motors avtomobillari uchun oldindan to‘lov ko‘pi bilan 50% bo‘lishi kerak — Rasul Kusherbayev
9 fevral 2022, 19:06

UzAuto Motors avtomobillari uchun oldindan to‘lov ko‘pi bilan 50% bo‘lishi kerak — Rasul Kusherbayev

Rasul Kusherbayev UzAuto Motors avtomobillari uchun 85 foizlik oldindan to‘lov miqdorini pasaytirish bo‘yicha hukumatga takliflar tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Deputat «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida oldindan to‘lov ko‘pi bilan 50% bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. «Hali ko‘rsatilmagan xizmat va xarid qilinmagan tovar uchun oldindan to‘lov qilinishi mantiqsiz o‘zi», — dedi u.

Toshkentda erkak 81 yoshli ayolga kuch ishlatib, 1 mln so‘m pulini o‘zlashtirgani aytilmoqda
9 fevral 2022, 18:48

Toshkentda erkak 81 yoshli ayolga kuch ishlatib, 1 mln so‘m pulini o‘zlashtirgani aytilmoqda

Mirzo Ulug‘bek tumanida erkak 81 yoshli keksa ayoldan suv so‘rab, shundan so‘ng, uni sintetik mato bilan bo‘g‘ib, xonadondagi 1 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Tergov harakatlari natijasida bu ishni amalga oshirganlikda 50 yoshli erkak gumonlanib, hibsga olingan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yanvar oyida kam daromadli oilalar daromadining 60% qismini oziq-ovqatga sarfladi
9 fevral 2022, 18:31

Yanvar oyida kam daromadli oilalar daromadining 60% qismini oziq-ovqatga sarfladi

Yanvar oyida kam daromadli oilalar xarajatlarining 60 foizi oziq-ovqat mahsulotlari hisobiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu oilalarda xarajatlarning oziq-ovqatga yo‘naltirilgan qismi yuqori daromadli guruhga nisbatan 1,7 barobar ko‘proqni tashkil etdi. Bu oyda daromadi nisbatan kamroq uy xo‘jaliklari guruhlarining oziq-ovqat inflyatsiyasi 14,2 foizga teng bo‘ldi.

Nurdinjon Ismoilov Qozog‘istonning II darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
9 fevral 2022, 18:25

Nurdinjon Ismoilov Qozog‘istonning II darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

Chorshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov Qozog‘istonga tashrifi davomida II darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Shu kuni O‘zbekiston delegatsiyasi prezident Kasim-Jomart Toqayev qabulida bo‘lib, Qozog‘iston Parlamenti Majlisida ham qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Mehnat vazirligi Buxoro viloyati hokimi yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazganiga munosabat bildirdi
9 fevral 2022, 17:09

Mehnat vazirligi Buxoro viloyati hokimi yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazganiga munosabat bildirdi

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov dam olish kuni to‘rtta tumanda mahallalar raislari va hokim yordamchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Davlat mehnat inspeksiyasi viloyat hokimi qonunchilik talablarini buzganini tasdiqladi.

O‘zbekiston davlat qarzi darajasi bo‘yicha eng xavfsiz ko‘rsatkichni qayd etgan mamlakatlar qatoridan joy oldi
9 fevral 2022, 16:45

O‘zbekiston davlat qarzi darajasi bo‘yicha eng xavfsiz ko‘rsatkichni qayd etgan mamlakatlar qatoridan joy oldi

O‘zbekiston davlat qarzi darajasi bo‘yicha YAIMga nisbatan 38,9% ko‘rsatkich bilan eng xavfsiz ko‘rsatkichni qayd etgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Visual Capitalist tomonidan e’lon qilingan jahon qarzining mamlakatlar kesimidagi holatiga oid ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekiston jami 188 ta davlat orasida 153-o‘rinda bormoqda. Davlat qarzining YAIMga nisbati eng yuqori davlatlar ro‘yxatida Yaponiya, Sudan va Gretsiya yetakchilik qilmoqda.

Alisher Usmonovga aloqador kompaniyalar «Kapitalbank» aksiyalariniing boshqaruv paketini qo‘lga kiritdi
9 fevral 2022, 16:38

Alisher Usmonovga aloqador kompaniyalar «Kapitalbank» aksiyalariniing boshqaruv paketini qo‘lga kiritdi

Finance TCI kompaniyasi seshanba kungi bitimdan so‘ng «Kapitalbank»ning jami 12,18 foiz aksiyalari egasiga aylandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Finance TCI Alisher Usmonovning USM xoldingining sho‘’ba korxonasi bo‘lgan «Telekominvest» bilan afillangan. Ushbu kompaniyalar birgalikda bankning umumiy 61,54 foiz aksiyalariga egalik qilishni boshladi.

Raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalari tugatiladi — prezident qarori
9 fevral 2022, 16:38

Raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalari tugatiladi — prezident qarori

Prezident qarori bilan bir tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkor faoliyat yuritayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalari tugatiladi yoki xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirilgan holda xususiy sektorga sotiladi. Antimonopoliya qo‘mitasi tegishli takliflarni Davlat tender komissiyasiga kiritib boradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting