Madaniy meros agentligi Surxondaryo viloyatidagi «Xo‘jayikon» tuz g‘oridan Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi hujjatlarsiz foydalanib kelayotganini ma’lum qildi. Tuz g‘ori 2019 yilda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.
Haftaning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryoda havo harorati 47 darajagacha, Toshkentda esa 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysida esa harorat pastroq bo‘ladi, So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolaridan muzli sel kelishi mumkin.
2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari yana bir yilga qoldirildi.
«Mehr va Oqibat» jonivorlarni himoya qilish jamiyati Nukusda kuchuk va mushuklarning ommaviy o‘ldirilayotgani haqida ariza kelib tushganini ma’lum qildi. O‘ldirilgan hayvonlarning og‘zi va panjalari sim bilan bog‘langan holda ekanligi aytilmoqda.
O‘tgan yilning birinchi yarmida banklarning naqd pul xarajatlari daromaddan 1,1 trln so‘mga oshgan bo‘lsa, bu yilgi farq 10 marta ortib — 11,7 trln so‘mga yetdi. MB talabni muomalaga qo‘shimcha naqd pullarni chiqarish orqali ta’minlashga harakat qildi, natijada naqd pulning umumiy pul hajmidagi ulushi oshib ketdi.
O‘zbekistonda olti oyda 3559 ta YTH sodir bo‘ldi (bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 foizga kam), ularda 2775 kishi jarohat oldi (-2,4%), 784 kishi esa halok bo‘ldi (-13,9%). YTHlarning qariyb to‘rtdan biri tezlikni oshirish oqibatida yuzaga kelgan. Salkam yarmi esa piyodalarni urib ketish bilan bog‘liq.
Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vazirini qabul qildi. Irakliy Garibashvili O‘zbekistonni nafaqat ishonchli hamkor, balki do‘st deb ham atadi. O‘zbekiston Gruziyaning tranzit salohiyati, jumladan, yuklarni eksport va import qilishda Batumi va Poti portlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitida qatnashadigan Shavkat Mirziyoyev, Shota Rustaveli ko‘chasida tramvay liniyasi tiklanishi, Qoraqalpog‘istonda o‘chib-yonayotgan internet, xotin-qizlarga 7 yilga foizsiz ta’lim krediti, 2,6 mlnta kadastrsiz xonadon va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni Qirg‘izistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida qatnashadi. Asosiy e’tibor mintaqa barqarorligi va izchil taraqqiyotiga zamonaviy tahdid va xatarlarga birgalikda qarshi turish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratiladi.
Toshkent hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay harakatini tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tbilisi meriyasi Toshkent hokimiga tayanib xabar berdi. Gruziya poytaxti meri Kaxa Kaladze Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili tashrifi doirasida ayni damda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov ishdan bo‘shatildi. U mazkur lavozimga 2020 yilning martida tayinlangan edi.
O‘zbekiston va Gruziya transport-tranzit sohasida hamkorlik uchun salmoqli salohiyat mavjudligini ko‘rmoqda, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari uchrashuvda yuklarni tashishda o‘zaro chegirma va imtiyozlar berish muhimligini ta’kidladilar.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 24,36 so‘mga arzonlab, 10 925,55 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa yana ko‘tarildi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida salkam 500 gramm gashishni 5 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlab, ikki shaxsni qo‘lga oldi. Ularning aybi sudda isbotlansa, gumondorlar 10 yildan 20 yilgacha qamalishi mumkin.
XTV Xorazmda 17 mingdan ortiq xalq ta’limi xodimlari mehnat ta’tili pullarini vaqtida ololmagani haqidagi xabarlarga munosabat bildirar ekan, pullar iyul boshida to‘langanini qayd etdi. Hozirgacha respublika bo‘yicha xodimlarning jami 3,8 trln so‘m ta’til pullaridan 3,65 trln so‘mi to‘lab berilgan.
Qoraqalpog‘istonda soat 13:45 lar atrofida internet yana ishlab ketdi, deya ma’lum qildi Nukus aholisi. Telegram-kanallar va saytlar jonlana boshladi. Iyul boshidan beri respublikada internetga kirishning imkoni bo‘lmayotgandi.
Prezident qaroriga ko‘ra, oliy hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda tahsil oluvchi xotin-qizlarga 7 yilga 14 foizlik ta’lim kreditlari ajratiladi. Bunda foiz stavkalarini Moliya vazirligining jamg‘armasi qoplab beradi. Xotin-qizlar esa asosiy qarzni o‘qishni tamomlagach, 7 yil davomida to‘laydi.
2020 va 2021 yillarda sudlar Andijonda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarni uchinchi shaxslarning pasportlari orqali noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Sud qanday yakunlangani va sudlanuvchilar nima uchun jazolangani — «Gazeta.uz» materialida.
Andijonlik fuqaro 2020-yildan beri 27 nafar voyaga yetmagan o‘zbek va qirg‘iz bolalarini urib, tan jarohatlari yetkazib, diniy saboq berganligi aytilmoqa. Viloyat IIB gumondorning diniy bilimi hamda dars o‘tish uchun ruxsatnomasi yo‘qligini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev dushanba kungi videoselektorda bundan buyon yig‘ilish va qarorlar kamaytirilishi, asosiy e’tibor ijro va aholi muammolariga qaratilishini ma’lum qildi. Vazirlar Mahkamasi, vazirlar va hokimlar 10 kun ichida o‘z strukturasi va ish uslubini o‘zgartirishi shartligi ta’kidlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting