O‘zbekistonliklarni Rossiyaga uyushgan holda ishga yollash 5,6 baravar kamaydi. Ayni vaqtda Koreya Respublikasiga oqim ko‘paygan, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Senat nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan yangi tanga namunasi va dizaynini ma’qulladi. Markaziy bank uni yil oxirigacha muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda. Ushbu nominaldagi qog‘oz pullarning tangaga almashtirilishi haqida yil boshida xabar berilgan edi.
Janubiy Koreyada o‘tkazilgan o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogi finalida o‘zbekistonlik sportchilar 16 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi. Musobaqada 1-o‘rin Italiya, 2-o‘rin esa Hindiston vakillarga nasib etdi.
Vazirlar Mahkamasining biznes uchun elektr energiyasi va gaz narxini oshirish to‘g‘risidagi qarori vaqtincha to‘xtatildi. Hukumat ushbu qarorni yangi tariflar kuchga kirishidan bir kun oldin qabul qildi.
O‘zbekistonga kelgan Turkmaniston prezidenti, Konstitutsiyaga yetishmayotgan ayrim qo‘shimchalar, tezda chiqib ketgan 200 ming so‘mlik banknot, rekonstruksiyasi ma’qullangan Shota Rustaveli ko‘chasi, benzinni kam quyayotgan Ayrim AYOQSHlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 14 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Madaniy meros agentligi Bo‘stonliqdagi Xo‘jakenttepa arxeologik yodgorligi hududida dala hovli qurilayotgani yuzasidan izoh berdi. Avvalroq bu haqdagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Markaziy bank 200 ming so‘mlik banknotalarni nima uchun avval rejalashtirilgan 2024 yildan ancha avval muomalaga chiqarishga qaror qilinganiga izoh berdi. Regulyator buni muomaladagi naqd pullarning umumiy hajmida 100 ming so‘mlik kupyuralar ulushining keskin oshgani bilan izohladi.
Farg‘onada quvib o‘tish qoidasini buzgan Damas haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etdi. YTH natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Toshkentda “Kyoshebashi” turk restoraning birinchi franshizasi ochiladi.
AQShda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar — Dostonbek Otabolayev karate bo‘yicha bronza, Darya Latisheva esa ushu bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ommaviy muhokamasi ertaga yakunlanadigan Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar loyihasida ziddiyatlar va takrorlanishlarni uchratish mumkin. O‘z navbatida, unda hokimiyat tarmoqlarining haqqoniy bo‘linishi va reprezentativ demokratiyaning mustahkamlanishi bo‘yicha o‘zgartirishlar yetishmaydi. Komil Jalilov maqolasi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini «Ko‘ksaroy» qarorgohida kutib oldi. Shundan so‘ng, ikki davlat yetakchilari tor doiradagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni javob tashrifi bilan Turkmanistonga kelishga taklif qildi.
“RG Brands” kompaniyasi o‘zi ishlab chiqaradigan “A'su” ichimlik suvining afzalliklari haqida so‘zlab berdi.
Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining muharriri, jurnalist Ruxsora Karimova avariyaga uchrab, vafot etdi. Baxtsiz hodisa junalist ish yuzasidan Toshkent shahriga kelayotganda yuz bergani aytilmoqda.
Buxoroda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘zbek-turkman hududlararo forumida 451 mln dollarlik investitsiya va savdo bitimlari imzolandi. Qolaversa, O‘zbekiston va Turkmaniston hududlari o‘rtasida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy ishchi guruhlar tuzilishi ma’lum qilindi.
Toshkent viloyatida ikki fuqaro 3 gektar yer maydonini 350 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. Ular kelishilgan puldan 10 ming dollarini olganida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ushlangan. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prokuraturada bir vaqtning o‘zida tergov funksiyasi mavjudligi odil sudlovni amalga oshirishga halaqit beradi, degan fikrda Rasul Kusherbayev. Deputat DXX, IIV va prokuraturadan mustaqil bo‘lgan tergov organini tashkil etish vaqti kelgani va buni Konstitutsiyada aks ettirish zarurligini ta’kidladi.
Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasini obodonlashtirish, drenaj va sug‘orish tizimi, yo‘l bo‘yida piyodalar va velosipedchilar yo‘laklarini barpo etish orqali rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tegishli qarorni imzoladi.
Qarshi shahar sudi «Jihodchilar» oqimi g‘oyalarini targ‘ib qilgan 29 yoshli ayolni 9 oylik farzandi borligini hisobga olib, 3 yilga uy qamog‘iga hukm qildi. Bundan tashqari, DXX ekstremistik oqim g‘oyalarini tarqatganlikda gumonlab, yana ikki nafar fuqaroni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovni Toshkent xalqaro aeroportida bosh vazir Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting