Arxiv

«Tolibon» Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasida ishtirok etadi — Vladimir Norov
12 iyul 2022, 17:53

«Tolibon» Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasida ishtirok etadi — Vladimir Norov

Tashqi ishlar vaziri v. b. Vladimir Norov Moskvada bo‘lib o‘tgan davra suhbatida «Tolibon» harakati delegatsiyasi 25−26 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etishini ma’lum qildi.

«IT sohasi faqat aqllilarniki emas, bu soha sabrlilarniki» — Mastercard dasturiy muhandisi Azamat Toshtemirov
12 iyul 2022, 16:32 1

«IT sohasi faqat aqllilarniki emas, bu soha sabrlilarniki» — Mastercard dasturiy muhandisi Azamat Toshtemirov

Mastercard kompaniyasi dasturiy muhandisi Azamat Toshtemirov — «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasining navbatdagi mehmoni. Biz undan davlat organlari va xususiy sektorda ishlash o‘rtasidagi farqlar, AQShdagi o‘qish va Mastercard`dagi ishi, shuningdek, yoshlarga beradigan maslahatlari haqida so‘radik.

Qo‘rg‘ontepa tuman prokurori yordamchisi $1500 pora bilan qo‘lga tushdi
12 iyul 2022, 16:29

Qo‘rg‘ontepa tuman prokurori yordamchisi $1500 pora bilan qo‘lga tushdi

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tuman prokurori yordamchisi 1500 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida huquq-tartibot organlari tomonidan ushlandi. Gumondorning aybi sudda o‘z tasdig‘ini topsa, u 5 yilgacha qamalishi mumkin.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikkita chegara bojxona punkti ochildi
12 iyul 2022, 14:20

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikkita chegara bojxona punkti ochildi

O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘laydigan «Malik» va «Oqoltin» chegara bojxona punktlari faoliyati qayta tiklandi. Ular faqat kunning yorug‘ vaqtlari ishlaydi.

BMT O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha maxsus rezolyutsiyani tasdiqladi
12 iyul 2022, 13:56

BMT O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha maxsus rezolyutsiyani tasdiqladi

BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tomonidan 40 ta davlat bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi. Hujjat Nyu-Yorkda Abdulaziz Kamilov tomonidan taqdim etildi.

AQSh O‘zbekistonni sanksiyaga tushgan tovarlarni potensial yetkazib beruvchilar ro‘yxatiga kiritdi
12 iyul 2022, 13:32

AQSh O‘zbekistonni sanksiyaga tushgan tovarlarni potensial yetkazib beruvchilar ro‘yxatiga kiritdi

AQSh Moliya vazirligi O‘zbekiston va boshqa bir qator davlatlarni Rossiya va Belarusga sanksiyaga tushgan tovarlar yetkazilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi.

Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi
12 iyul 2022, 10:29 4

Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi

O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

Markaziy bank bankomatdan naqd pul yechish uchun komissiya oshirilganiga munosabat bildirdi
12 iyul 2022, 00:10

Markaziy bank bankomatdan naqd pul yechish uchun komissiya oshirilganiga munosabat bildirdi

Dushanba kuni tarmoqlarda banklardan biri bankomatda naqd pul yechish uchun komissiya miqdorini 1 foizdan 3 foizgacha oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank tijorat banklari komissiya miqdorini mustaqil belgilashini aytib, foiz oshirilishi «erkin bozor sharoitida o‘zini oqlamasligiga» ishontirmoqda.

Ilon Mask Twitter bilan kelishuvdan voz kechishga qaror qildi
11 iyul 2022, 17:36

Ilon Mask Twitter bilan kelishuvdan voz kechishga qaror qildi

Milliarder Ilon Mask Twitter kompaniyasi platformadagi soxta akkauntlar soni haqida aniq ma’lumot bermagani uchun ijtimoiy tarmoqni sotib olmaslikka qaror qildi. Twitter xarid bo‘yicha kelishuv shartlarini bajartirishga erishish uchun Maskni sudga bermoqchi.

«Toshkent-O‘sh» trassasidagi avariyada ikki kishi halok bo‘ldi
11 iyul 2022, 16:20

«Toshkent-O‘sh» trassasidagi avariyada ikki kishi halok bo‘ldi

«Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidan o‘tuvchi qismida yuzaga kelgan YTH oqibatida «Isuzu» yuk mashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Haydovchi harakat vaqtida uxlab qolgani aytilmoqda.

Senatorlar aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid qonunni ma’qulladi
11 iyul 2022, 15:45

Senatorlar aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid qonunni ma’qulladi

Senat favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, uning oqibatlarini bartaraf etish, moliyaviy va moddiy resurslar ajratish tartibi belgilab berilgan.

O‘zining farzandini sotishga uringan ayollar qo‘lga olindi
11 iyul 2022, 14:01

O‘zining farzandini sotishga uringan ayollar qo‘lga olindi

Toshkentda 28 yoshli ayol salkam bir oylik chaqalog‘ini 35 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. Sirdaryoda esa 29 yoshli ayol 4 yoshli farzandini 16 ming dollarga sotayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Senat soliq maslahati to‘g‘risidagi yangi qonunni ma’qulladi
11 iyul 2022, 12:27

Senat soliq maslahati to‘g‘risidagi yangi qonunni ma’qulladi

Senat «Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi. U 2006 yildan beri amalda bo‘lgan qonunni almashtiradi. Qonun soliq maslahati xizmati turlarini kengaytirish va soliq maslahatchilariga bir qator huquqlarni berishni nazarda tutmoqda.

«Katta dubulg‘a» turnirini o‘zbekistonliklar ikkita medal bilan yakunladi
11 iyul 2022, 10:37

«Katta dubulg‘a» turnirini o‘zbekistonliklar ikkita medal bilan yakunladi

Vengriyada o‘tgan «Katta dubulg‘a» turkumidagi turnirda o‘zbekistonlik Shoxruh Baxtiyorov (bronza) va Rahimjon Subxonov (kumush) medallarga ega chiqdi.

“Tashkent City” bog‘ida “Muzzday 2022” muzqaymoq va ichimliklar festivali bo‘lib o‘tadi
11 iyul 2022, 09:00

“Tashkent City” bog‘ida “Muzzday 2022” muzqaymoq va ichimliklar festivali bo‘lib o‘tadi

O‘nlab turdagi salqin shirinliklar, tanlovlar, tomoshalar, konsertlar va sovg‘alarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli uch kunlik bayram mehmonlarni kutmoqda.

O‘zbekiston shaharlari qanday o‘smoqda va ular to‘g‘ri o‘syaptimi?
10 iyul 2022, 19:54

O‘zbekiston shaharlari qanday o‘smoqda va ular to‘g‘ri o‘syaptimi?

O‘zbekiston shaharlari tobora o‘sib, hududlarni egallab bormoqda. Xususiy uylarda yashovchi aholi zichligining pastligi ekin maydonlarining o‘zlashtirilishi hisobiga ta’minlanib, aholi farovonligiga tahdid solmoqda. O‘zbekiston shaharlari nima uchun noto‘g‘ri o‘sib borayotgani — Jahon banki hisoboti sharhida.

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun OTMga qabul muddati uzaytiriladi
10 iyul 2022, 19:02

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun OTMga qabul muddati uzaytiriladi

Oliy ta’lim vazirligi Qoraqalpog‘istondagi internet bilan bog‘liq muammolar tufayli respublikadagi abituriyentlar uchun OTMlarga qabul muddati uzaytirilishini ma’lum qildi. Vaziyat hukumat tomonidan nazoratga olingan, qabul sanasi esa tez orada SMS-xabarnoma hamda telekanallar orqali yetkaziladi.

«Qurol ishlatish mumkin emasligi bo‘yicha buyruq olgandik». Harbiylar Nukusdagi voqea haqida
10 iyul 2022, 15:45

«Qurol ishlatish mumkin emasligi bo‘yicha buyruq olgandik». Harbiylar Nukusdagi voqea haqida

Mudofaa vazirligi Qoraqalpog‘istonda namoyishchilar tomonidan to‘xtatilgan BTR maxsus texnikasi ichida bo‘lgan harbiylarning intervyusini e’lon qildi. Ular o‘shanda kaltaklangandi. Askarlar o‘sha kuni qurol ishlatish mumkin emasligi to‘g‘risidagi buyruqqa bo‘ysunishganini so‘zlab berishdi.

Xalq bilan muloqot qilinganda Qoraqalpog‘iston voqeasining oldini olish mumkin edi — Xayrulla Nuritdinov
10 iyul 2022, 13:52

Xalq bilan muloqot qilinganda Qoraqalpog‘iston voqeasining oldini olish mumkin edi — Xayrulla Nuritdinov

Xalq bilan muloqot qilinganda Nukus voqeasining oldini olish mumkin edi, Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda yongan olovni o‘chirdi, namoyishlarda jabrlanganlarga yordam beriladi, O‘zbekiston tarixida o‘sha kunlar o‘chmas sahifa bo‘lib qoladi — «Menimcha» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida qanday fikrlar bildirildi?

“MEDIAPARK” tarmog‘i o‘zining yetti yoshini nishonlaydi
9 iyul 2022, 19:00

“MEDIAPARK” tarmog‘i o‘zining yetti yoshini nishonlaydi

“MEDIAPARK” tashkil topganining yetti yilligi munosabati bilan kompaniya konkurs e’lon qildi. Ushbu konkurs orqali 15 mln so‘mgacha bo‘lgan maishiy texnika xarid qilish uchun sertifikat yutib olish mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting