O‘zbekistonliklar pandemiya boshlanganidan beri birinchi marotaba Qurbon hayiti namozini ado etdilar. «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin Toshkentdagi «Ko‘kcha» masjididan fotoreportaj tayyorladi. Namozga kelganlar bayram tilaklari bilan ham bo‘lishishdi.
Olxo‘ri va bezeli pirog, krambl, brauni-chizkeyk, olxo‘ri solib pishirilgan shokoladli pirog, tvorogli galeta — Zira.uz turli xil mazali olxo‘rili pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Ishdan ketgan prezident Administratsiyasi rahbari, Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan hibsga olinganlar, Sindzo Abe vafotiga hamdardlik bildirgan Shavkat Mirziyoyev, hayit kuni masjidga yetib olish uchun maxsus avtobuslar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 8 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Import qiluvchilar tomonidan yuqori oktanli avtobenzinning chetdan keltirishi kamayishi natijasida, Ai-80 rusumli avtobenzinga bo‘lgan talab ortmoqda, deb xabar berdi «O‘zbekneftgaz».
Nodir metallarni qazib olish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan «Yangi Kon» kompaniyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, uran qazib olish va zaxiralarini ikki baravar oshirish belgilandi. Yerosti suvlaridan samarasiz foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Chimkentda qotillik sodir etgani uchun qariyb 20 yildan beri qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.
Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi.
Xalqaro IT-sertifikatlarini olgan 14−30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkin. Bunda kompensatsiya miqdori sertifikatning darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Kompensatsiya olish uchun arizalarni onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali yuborish kerak.
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri hokimi Ilyor Xo‘jayev kasallik tufayli 45 yoshida vafot etdi. U ushbu lavozimda 2016 yildan beri ishlayotgan edi.
Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U20 Osiyo chempionatida O‘zbekiston polvonlari terma jamoa hisobiga yana ikkita bronza medalini qo‘shib qo‘yishdi.
Prezident qaroriga ko‘ra, yil oxirigacha Qoraqalpog‘istonda uzoq masofadagi 34 mahallada tibbiyot punktlari tashkil etiladi. Respublikada 120 o‘rinli Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi quriladi, Nukusda og‘ir bemorlar uchun 20 o‘rinli palliativ yordam ko‘rsatadigan xospis tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatori Naruxito va bosh vaziri Fumio Kisidaga mamlakat sobiq bosh vaziri Sindzo Abe vafoti munosabati bilan hamdarlik bildirdi. Abega 8 iyul kuni Nara shahridagi chiqishi vaqtida suiqasd qilinib, keyinroq u shifoxonada vafot etdi.
Shanba kuni poytaxtdagi 12 tumanda Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan masjidlarga boruvchi maxsus avtobuslar harakatlanadi. Avtobuslar 03:00 dan 06:00 ga qadar tashkil etiladi. Shuningdek, soat 00:00dan soat 07:00ga qadar ayrim ko‘chalarda transport harakati to‘xtatiladi. Ro‘yxat.
SES Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan masjidlarning sanitarik holatini va karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish uchun mutaxassislar biriktirilishini ma’lum qildi. Masjidlar atrofida tashkil etiladigan oziq-ovqatlarning noqonuniy savdosi nazoratga olinadi.
Farg‘ona xalqaro aeroporti bojxona posti boshlig‘i qo‘lga olindi. U xorijdan olib kelingan tovarlarni noqonuniy tarzda bojxona nazoratidan o‘tkazish bilan shug‘ullanganlikda gumonlanmoqda.
Juma kuni Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe 67 yoshida vafot etdi. U Nara shahridagi nutqi chog‘ida uyushtirilgan suiqasd oqibatida og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan edi.
Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.
Qurbon hayiti kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, harorat foni qulay bo‘ladi: 9 iyul kunduzi +30…+35 daraja, 10−12 iyulda +32…+37 daraja atrofida.
Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha 14 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi. Advokat va jurnalist Dauletmurat Tajimuratovga ayblov e’lon qilindi, jurnalist Lolagul Qallixanova gumonlanuvchi sifatida jalb qilindi.
Umida Haqnazar, Yuliy Yusupov va Ilhom Azizov agrar islohotlar sohasidagi muammolarni tahlil qilishdi. Ekspertlar Konstitutsiyaning 55-moddasiga taklif etilgan qishloq xo‘jaligi yerlari va o‘rmon fondi davlatga tegishli bo‘lishi haqidagi o‘zgartirishdan voz kechish kerakligini ta’kidlamoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting