O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat xalqini Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi. Shuningdek, davlat rahbari jahonning turli mintaqalarida davom etayotgan urush va janjallar tezroq barham topishini, Yer yuzida doimo tinchlik va osoyishtalik barqaror bo‘lishini tiladi.
Ishtixon tumanida Nexia 3 yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu’ga borib urildi. Hodisa oqibatida 2 kishi vafot etdi.
Sovrin jamg‘armasi 166 ming dollarni tashkil qiluvchi UzChess Cup 2024 xalqaro turnirida Nodirbek Yoqubboyev g‘olib bo‘ldi. “Gazeta.uz” u bilan turnir haqida suhbatlashdi.
Sharof Rashidov tumanida Cobalt elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yonib ketdi. Yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Bu transport vositalari yonib ketishi bilan bog‘liq bir kun ichidagi uchinchi holat.
Mart oyida tadbirkorlar avval berilgan muvofiqlik sertifikatlari amal qilishi to‘xtatilgani sababli O‘zbekistonga liftlarni olib kirishda muammolarga duch kelgandi. Bojxona omborlarida 9,5 mln dollarlik 332 ta lift va eskalator ushlab turilgandi. Senator so‘rovidan so‘ng sertifikatlar berish qayta tiklandi.
Janubiy Koreya prezidenti rafiqasi bilan Toshkentdan Samarqandga keldi va u yerda shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishadi. Ular O‘zbekiston prezidenti va birinchi xonim bilan birgalikda Registonga tashrif buyurdi.
Sergeli tumanida Mercedes-Benz avtobusida yong‘in kelib chiqdi. Hodisa oqibatida jarohati olganlar yo‘q.
G7 mamlakatlari yetakchilari Rossiya urushni to‘xtatishi va Ukrainaga yetkazilgan 486 mlrd dollarlik zararni qoplashi kerakligi haqida bayonot berdi. Shuningdek, ular yadroviy, kimyoviy, biologik yoki radiologik qurollardan istalgan ko‘rinishda foydalanish jiddiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.
Uchtepa tumanida Mercedes-Benz rusumli transport vositasi yonib ketdi. Yong‘inga salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv sabab bo‘lgani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi Namangan viloyatidagi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti sentabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Qurbon hayiti munosabati bilan 15−17-iyun kunlari Onix TJMda 2 sotix maydonli kottejlarni 1,6 sotix narxida sotib olish imkoniyati mavjud. Xonadonlar soni cheklangan.
Toshkentdagi Vestminster universiteti qoshidagi litsey oldida joylashgan ko‘cha qismi bir tomonlama qilib qo‘yildi. Asfalt yangilanib, to‘xtash joylari chizildi. Lekin haydovchilar ulardan foydalanmayapti. Foto.
AQSh Davlat departamenti IShIDning kontrabanda tarmog‘iga aloqadorlikda gumon qilingan uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar e’lon qildi.
Yanvar-may oylari davomida Toshkent shahrida rasman 393 ta YTH qayd etilgan bo‘lib, ularda 29 kishi halok bo‘lgan, yana 364 kishi jarohat olgan. YTHlarning 61 foizi piyodalar ishtirokida sodir etilgan.
Shu hafta oxirida Byurgenshtokda Ukraina va Shveysariya tashkilotchiligidagi tinchlik sammiti bo‘lib o‘tadi. Maqsad — Ukrainaning Rossiya bilan urushni tugatish uchun “tinchlik formulasi"ni global qo‘llab-quvvatlash. “Gazeta.uz” anjuman va uning ishtirokchilari haqida nimalar ma’lumligi haqida yozadi.
Toshkentda vafot etgan Indoneziya elchisi, O‘zbekiston va Koreya hamkorligining yangi modeli, “Dok-1 Maks” sudi bo‘yicha 75,6 mlrd so‘mlik tovon puli, 43 foizdan oshadigan oliy ta’lim bilan qamrov darajasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Samarqand viloyati Payariq tumanida oilaviy kelishmovchilik sabab kelib chiqqan janjalda 62 va 60 yoshli qaynota va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan erkak qo‘lga olindi.
Davlatga xiyonatda ayblanib, 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan sobiq diplomat Qodir Yusupov butun jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, ozodlikka chiqdi.
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Nexia va Cobalt mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda haydovchilardan biri shifoxonaning travmatologiya bo‘limiga yotqizildi.
To’qqizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, “Comic Con Tashkent” festivali, spektakllar, ko’rgazmalar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting