Arxiv

3 ochkoni qo‘lga kiritish uchun keldik — Jaloliddin Masharipov
18 noyabr 2024, 16:42

3 ochkoni qo‘lga kiritish uchun keldik — Jaloliddin Masharipov

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov jamoa Shimoliy Koreya bilan o‘yinga 3 ochko olish uchun kelganini ta’kidladi. “Kuchli terma jamoa hech qachon ikki o‘yinda ketma-ket yutqazmaydi”, — dedi u. Murabbiy Srechko Katanets ham jamoa ertaga ijobiy natija uchun barcha ishni qilishini aytdi.

Istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi rejalashtirilmoqda
18 noyabr 2024, 16:32

Istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi rejalashtirilmoqda

Prezident “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining istirohat bog‘lari, sayilgoh, xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash bo‘yicha pozitsiyasini ma’qulladi.

O‘zbekiston bosh konsulxonasi qarindoshi fohishalikka majburlagan qizning Turkiyadan qaytishiga yordam berdi
18 noyabr 2024, 15:15

O‘zbekiston bosh konsulxonasi qarindoshi fohishalikka majburlagan qizning Turkiyadan qaytishiga yordam berdi

Diplomatlar va jamoat tashkilotlari xolavachchasi ish topib berishini aytib, Turkiyaga chaqirgan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosining uyiga qaytishiga ko‘maklashdi. Qizni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilishgan. Mahalliy politsiya uyushgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi.

Prezident parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi
18 noyabr 2024, 14:11

Prezident parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi. Shuningdek, u deputatlarga Hukumat a’zosi hisoboti yakunlariga ko‘ra, rahbarni iste’foga chiqarish bo‘yicha prezidentga taklif kiritish huquqi berilganini eslatdi.

Hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
18 noyabr 2024, 12:59

Hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Seshanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ish haftasi oxiriga kelib ham ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kunduzi +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.

Bloomberg: Erdog‘an Rossiya-Ukraina urushini muzlatish rejasini tayyorladi
18 noyabr 2024, 12:57

Bloomberg: Erdog‘an Rossiya-Ukraina urushini muzlatish rejasini tayyorladi

Turkiya prezidenti Braziliyadagi G20 sammitida Rossiya-Ukraina urushini muzlatish bo‘yicha o‘z taklifini taqdim etadi, deb yozdi Bloomberg. Erdog‘anning takliflari orasida Ukrainaning NATOga a’zolik masalasini 10 yilga kechiktirish va bosib olingan hududlar bo‘yicha munozaralarni keyinga qoldirish bor.

Toshkent — Buxoro yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. U qachondan qatnaydi?
18 noyabr 2024, 12:33

Toshkent — Buxoro yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. U qachondan qatnaydi?

Toshkent — Buxoro yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Dizel poyezdi sinov jarayoni yakunlangach, Konstitutsiya kuni arafasida yo‘lovchilarga foydalanishga topshiriladi. Kompaniya 2025−2026-yillarda vagon parki yana 70 ta yangisi bilan to‘ldirilishini qo‘shimcha qildi.

Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosarlar saylandi
18 noyabr 2024, 12:10

Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosarlar saylandi

Deputatlar Mavluda Xo‘jayeva va Rahimjon Hakimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari etib saylandi.

Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib qayta saylandi
18 noyabr 2024, 11:27

Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib qayta saylandi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri lavozimiga yashirin ovoz berish yo‘li bilan XDP deputati Nuriddin Ismoilov qayta saylandi.

Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi
18 noyabr 2024, 11:08

Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinishi belgilandi. Kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar esa ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

Xorazmda qariyb 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
18 noyabr 2024, 10:23

Xorazmda qariyb 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

Urganch tumanida 2 mlrd 92 mln so‘mlik gazdan yashirin yo‘l bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulanib foydalangan novvoyxona aniqlandi. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Samarqandda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan 21 yoshli haydovchiga hukm o‘qildi
18 noyabr 2024, 09:39

Samarqandda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan 21 yoshli haydovchiga hukm o‘qildi

Urgut tumanida 21 yoshli Cobalt haydovchisi boshqaruvini yo‘qotib, qarshisidan kelayotgan Damas`ga urilgandi. YTH oqibatida haydovchi va ikki yo‘lovchi halok bo‘lgan. Sud hukmi bilan Cobalt haydovchisi 9 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

O‘zbekistonda 18−24-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
18 noyabr 2024, 08:48

O‘zbekistonda 18−24-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda joriy hafta havo harorati me’yordan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Shu darajadaki, ayrim hududlarda daraxtlar qayta barg ochishi hodisalari ham kuzatilishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik ham (hatto qor ko‘rinishida) bo‘ladi. Hafta boshida deyarli butun mamlakat bo‘ylab tuman tushishi kutilyapti.

Bayden Ukrainaga Rossiyaga zarba berishda ATACMS qurollaridan foydalanishga ruxsat berdi — NYT
17 noyabr 2024, 23:55

Bayden Ukrainaga Rossiyaga zarba berishda ATACMS qurollaridan foydalanishga ruxsat berdi — NYT

Jo Bayden Ukrainaga Rossiyaga zarba berishda uzoq masofaga uchuvchi ATACMS raketalarini ishlatishga ruxsat berdi. Bu Rossiyaning Shimoliy Koreya qo‘shinlarini jangovar harakatlarga jalb qilganiga javobdir, deb yozmoqda NYT. Reuters Kiyev yaqin kunlarda bu qurollar bilan Rossiyaga zarba bermoqchiligini ta’kidladi.

Hindiston o‘zining ilk gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli uchirganini e’lon qildi
17 noyabr 2024, 23:31

Hindiston o‘zining ilk gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli uchirganini e’lon qildi

Hindiston o‘zining birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. “Bu bizni ilg‘or harbiy texnologiyalarga ega davlatlar guruhiga olib chiqdi”, — dedi mamlakat mudofaa vaziri. So‘nggi yillarda Nyu-Dehli mudofaa sohasini AQSh, Yaponiya va Avstraliya bilan ittifoqchilikda mustahkamlamoqda.

“Diyora Keldiyorovadek sportchi bo‘laman derdi” — Sergelidagi YTHda halok bo‘lgan 9 yoshli qizaloqning onasi
17 noyabr 2024, 20:34

“Diyora Keldiyorovadek sportchi bo‘laman derdi” — Sergelidagi YTHda halok bo‘lgan 9 yoshli qizaloqning onasi

Sergelida 19-sentabr kuni BYD avtomobili tezlik cheklovini buzib, maktabdan qaytayotgan 9 yoshli Soliha Lutfullayevani urib yuborgandi. Hodisa oqibatida qizaloq vafot etgan. Butunjahon YTH qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan “Gazeta.uz” Solihaning onasi — Nigora opa bilan birga uni yodga oldi.

O‘zPFL Superliga ramziy termasi e’lon qilinishini YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi
17 noyabr 2024, 17:50

O‘zPFL Superliga ramziy termasi e’lon qilinishini YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi

Noyabrning uchinchi yakshanbasida butun dunyoda yo‘l-transport hodisalari qurbonlari xotirlanadi. Bu yil sana 17-noyabrga to‘g‘ri keldi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi shu kuni Superliganing 2024-yilgi ramziy termasini maxsus videorolik bilan e’lon qildi va uni YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi.

Hududlardan saylangan senatorlar tarkibi tasdiqlandi
17 noyabr 2024, 16:42

Hududlardan saylangan senatorlar tarkibi tasdiqlandi

Markaziy saylov komissiyasi hududlardan saylangan Senat a’zolari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, senatorlarning bir nafari 30 yosh, qolganlari 40 yoshdan oshgan. Senatning birinchi majlisi 19-noyabr kuni chaqiriladi.

Surxondaryoda Nexia urib yuborgan 7 yoshli bola halok bo‘ldi
17 noyabr 2024, 14:57

Surxondaryoda Nexia urib yuborgan 7 yoshli bola halok bo‘ldi

Bandixon tumanida Nexia haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda bola tuman shifoxonasida vafot etdi.

Rossiya Ukrainaning energetika tizimlarini nishonga oldi
17 noyabr 2024, 12:27

Rossiya Ukrainaning energetika tizimlarini nishonga oldi

Rossiya Ukrainaning Kiyev, Odessa, Krivoy Rog, Dnepr va Rovno shaharlariga raketa va dronlar bilan hujum qildi. Bir necha kishi halok bo‘ldi, turar joylarga zarar yetdi. Ukraina energetika vaziri raketa hujumlaridan maqsad mamlakat energetika tizimi bo‘lganini bildirdi. Ko‘plab hududlar elektrsiz qoldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting