O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi shu kungacha O‘zbekistonning 292,6 ming gektar maydonda chigirtkalar tarqalganini aniqladi. Mamlakatning deyarli barcha hududlarida 284 ming gektarlik maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazilgan.
Shanba kuni O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan biroz nam va nisbatan salqin havo kirib keladi. Dushanbagacha ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati asta-sekin pasayib, +31…+33 darajagacha tushadi.
Namangan viloyatida Ishoqxon Ibrat nomidagi davlat chet tillari institutini tashkil etildi. O‘quv jarayonlari sentabrdan boshlanadi.
Toshkent viloyatida haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi ochildi. Hududning haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha imtihonlari endi faqat shu yerda o‘tkaziladi. Birinchilardan bo‘lib viloyat rahbari Zoyir Mirzayev imtihon topshirdi.
Juma kuni «Open-air» konserti o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi oldidan o‘tuvchi ko‘cha transport harakati uchun soat 18:30 dan 23:00 gacha yopiladi.
May oyida so‘mning real ayirboshlash kursi fevral oyidan buyon 8 foizga pasayib, yana 1,8 foizga qadrsizlandi. Markaziy bank buni yuqori inflyatsiya va hamkor mamlakatlarda valyuta kurslarining ko‘p yo‘nalishli o‘zgarishi bilan izohladi.
BMT Bosh assambleyasi delegatlari Malta, Mozambik, Shveysariya, Ekvador va Yaponiya mamlakatlarini Xavfsizlik kengashining yangi vaqtinchalik a’zolari etib sayladi. Ushbu davlatlar vakillari 2023−2024 yillar davomida Kengash ishida ishtirok etadi.
Guliston shahrida 26 yoshli ayol o‘zining 1 yoshli farzandini 15 ming dollar evaziga sotayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumondor hibsga olindi.
Shavkat Mirziyoyev Eronda yo‘lovchi poyezdi falokatga uchrab, ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan mamlakat prezidentiga ta’ziya bildirdi. Hodisa oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan, 87 nafarga yaqin yo‘lovchi jarohatlangan.
Toshkent shahri, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy ravishda sotishga uringanlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular 13 300 dollarni 147,7 mln so‘mga ayirboshlashga harakat qilgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
«Farengeyt bo‘yicha 451 daraja» — amerikalik yozuvchi Rey Bredberining shoh asarlaridan biridir. Muallif bir inson hayotida qisqa vaqtda sodir bo‘lgan tub burilishlar, bitmas ehtiyojlar yo‘lida yoqib yuborilgan tafakkur, qalblar va taqdirlar bayoni orqali insoniyatni odam qiyofasini yo‘qotishdan qaytarishga urinadi.
Toshkentning Bektemir tumanidagi «Shonazar» mahallasidan drift va dreg-reysing uyushtirish uchun yer uchastkasi ajratiladi. Kengash avtopoyga ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi, avtomobillarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.
Aerodromdagi shartli favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mashg‘ulotlarga Toshkent aeroportining 13 ta xizmati — 117 xodim, 47 ta texnika va Tu-154 o‘quv samolyoti jalb etildi. Fotosurat.
O‘zbekistonda vino va pivoning reklamasiga ruxsat berilgani, 16% etib belgilagan asosiy stavka, O‘zbekistonga $142 mlnlik imtiyozli kredit ajratayotgan Jahon banki, yolg‘iz keksalar va faxriylarga bepul oziq-ovqat o‘rniga beriladigan naqd pul va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 9 iyundagi xabarlar dayjestida.
11 − 16-iyun kunlari Surxondaryo viloyatida 30 ga yaqin vazirlik va idoralar rahbarlari ommaviy qabullar o‘tkazadi. Qabul kunlari va manzillar.
O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘lovchi temir yo‘l transporti harakati 23-iyundan boshlanadi. Avvalroq poyezdlar qatnovi 14-iyundan boshlanishi xabar qilingan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan telefon orqali ikkitomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Tomonlar Osaka shahrida o‘tkaziladigan «EKSPO-2025» butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekistonning ekspozitsiyasini tashkil etishga kelishib olishdi.
«Reklama to‘g‘risida»gi yangi qonun bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan pivo va vinolarni reklama qilishga ruxsat beradigan qator holatlar belgilab berildi. Bungacha mamlakatda alkogolli ichimliklar reklamasi butunlay taqiqlangan edi.
Markaziy bank iqtisodiy xatarlarning salbiy ta’siri bosqichma-bosqich barham topishi, valyuta bozori barqarorlashuvi va boshqa sabablarni hisobga olgan holda asosiy stavkani yillik 17 foizdan 16 foizga tushirishga qaror qildi. Inflyatsiya prognozi o‘zgarishsiz qoldirildi.
Prezident tomonidan imzolangan «Reklama to‘g‘risida»gi yangi qonun uch oydan keyin kuchga kiradi. Hujjat bilan reklama tiliga, shuningdek, uning mazmunini boshqa tillarga tarjima qilishga nisbatan yangi talablar belgilab berilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting