Prezident tomonidan imzolangan «Reklama to‘g‘risida»gi yangi qonun uch oydan keyin kuchga kiradi. Hujjat bilan reklama tiliga, shuningdek, uning mazmunini boshqa tillarga tarjima qilishga nisbatan yangi talablar belgilab berilmoqda.
Jahon banki O‘zbekistonda degradatsiyaga uchragan yerlar va o‘rmonlarni tiklash maqsadida 30 yil muddatga 142 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratadi. Bundan tashqari, loyiha doirasida yana ikkita trast fond qo‘shimcha 11 mln dollar yo‘naltiradi. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga bir qator vazifalar yuklatilmoqda.
O‘zgidromet 10−14 iyun kunlari O‘zbekistonning to‘qqizta hududida shamol kuchayishi, sel va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi mumkin.
Jahon banki 2022 yil uchun O‘zbekiston YAIM o‘sishi prognozini 4,3 foizgacha yaxshiladi. Ammo Ukrainadagi mojaro sababli o‘sish oldingi prognozdan pastligicha qolmoqda. Qolaversa, O‘zbekiston yaqin ikki yilda Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori iqtisodiy o‘sishni ko‘rsatishi kutilmoqda.
Bolalarni yozgi oromgohlarda dam oldirish tadbirlariga 100 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi, deb ma’lum qildi XTV. 1131 ta oromgoh bilan 297 mingdan ortiq bolalarni qamrab olish rejalashtirilgan. Qolaversa, besh tashabbus doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarga 1,2 mlndan ortiq o‘quvchi jalb etiladi.
Yakkasaroy tumanida yashovchi xitoylik fuqaroning xonadonidan ichida 265 ming dollar bo‘lgan seyf o‘g‘rilab ketildi. Gumondor sifatida 6 nafar surxondaryolik fuqaro hibsga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
DXX O‘zbekistonning to‘rtta hududida Tojikiston va Qirg‘izistondan yashirincha olib kirilgan giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo‘ydi. Tezkor tadbirlarda gumondorlar yonida jami 2,9 kg opiy, 3,9 kg gashish, 3 ming donadan ortiq «Regapen», 380 dona «Tropikamid», 400 dona «Selofen» borligi aniqlandi.
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumani va Chirchiq shahrida 25 va 20 yoshli fuqarolar poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi. Ulardan birining tug‘ma ko‘rish va eshitish nuqsoni bo‘lgan, ikkinchisi esa telefondan foydalangan holda velosipedda temiryo‘lni kesib o‘tishga uringan.
Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 16 foiz darajasida belgiladi. Mart oyida asosiy stavka 14 foizdan 17 foizgacha ko‘tarilgandi.
Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov qamoqqa olingan kuni 24 ta qaror va farmoyish, ertasi kuni esa yana 2 ta hujjatni imzoladi. Ularning aksariyati yer maydonlarini onlayn auksionga qo‘yish bilan bog‘liq. Adliya boshqarmasi «soxtalashtirish ehtimoli» bilan qarorlarning qonuniyligini tekshirmoqda.
Prezidentga Surxondaryodagi suv omborlarini modernizatsiya qilish va suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdim etildi. Shavkat Mirziyoyev barcha suv omborlari xavfsizligini yaxshilash, tizimni raqamlashtirish darajasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Toshkentda «Matiz» daraxtga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi. Haydovchi tezlikni belgilangan me’yordan oshirib yuborgani aytilmoqda.
Chorshanba kuni prezident BMT bosh kotibi birinchi o‘rinbosari Amina Muhammadni qabul qildi. Suhbat davomida O‘zbekistonning Afg‘onistonda bardavom tinchlikni ta’minlashdagi sa’y-harakatlari e’tirof etildi. BMT vakili Tanzila Narbayeva hamda Saida Mirziyoyeva bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
Namangan va Farg‘onada aholiga ajratilgan arzon narxdagi un mahsulotini boshqa shaxslarga sotib yuborilgani aniqlandi. Pop tumanida MJCH rahbari 54,9 tonna, Marg‘ilon shahrida esa xususiy korxona mansabdorlari 10,1 tonna un mahsulotini qimmatroq narxda sotgani ma’lum bo‘ldi.
Prezident “Reklama to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, darsliklar va daftarlarda reklama bo‘lishi, milliy va oilaviy an’analarga zid obrazlardan, mashhurlar va tibbiyot xodimlari siymosidan foydalanish, tovar narxlarini valyutada ko‘rsatish taqiqlanadi. Qolaversa, reklamalarda yosh tasnifi ko‘rsatiladi.
1941−1945 yillardagi urush faxriylari, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bepul oziq-ovqat o‘rniga oyiga BHMning 1 baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov oladi.
O‘zbekiston milliy jamoasi 2023 yilgi Osiyo kubogiga saralash turnirini Shri-Lanka ustidan yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi — video, foto.
O‘zbekistonga €7,9 mln ajratadigan Avstriyaning yirik banki, odamlar oldida o‘ldirib ketilgan urganchlik haydovchi, Andijon shahar hokimi ortidan hibsga olingan viloyat XTB boshlig‘i, 3% emas, 26,8% ekanligi aytilgan poytaxtning yashil maydonlari va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 8 iyundagi xabarlar dayjestida.
Wizz Air Abu Dhabi loukasteri O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat oldi. Kuzda aviakompaniya mamlakatning ikki shahriga to‘rtta reysni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lib turish muddati 7 kundan 15 kunga uzaytirildi. Xuddi shuningdek, Rossiya fuqarolarining O‘zbekiston hududida registratsiyasiz bo‘lib turish muddati 3 kundan 15 kunga uzaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting