ITIM ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoridagi faollik 11 oy davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 foizga oshdi. Ikkilamchi bozorda o‘rtacha narxlar 15,8 foizga, xususan, poytaxtda 22,7 foizga ko‘tarildi. Shu bilan birga, uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat barqarorlashayotgani qayd etildi.
Noyabr oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari biroz oshdi. Respondentlar tomonidan valyuta kursining qadrsizlanishi, yoqilg‘i va energiya resurslari, shuningdek, import qilinadigan xom ashyo va butlovchi qismlar narxining qimmatlashuvi narxlarni oshiruvchi omillar sifatida qayd etildi.
Tijorat banklari 14 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 250 — 11 310 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 340 so‘m.
Prezident qarori bilan 1 aprelgacha tadbirkorlarning energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari tekshiriladi. Tekshiruv prezident huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishmasdan amalga oshiriladi.
Tijorat banklari 13 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 245 — 11 300 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 330 so‘m.
O‘zbekiston prezidenti AI-80 benzinini 2023 yil 1 martiga qadar aksiz solig‘idan ozod qilishni nazarda tutgan qarorni imzoladi. Hujjatda «O‘zneftgazinspeksiya» va «O‘zenergoinspeksiya»ga biznes ombudsman bilan kelishmasdan tadbirkorlar faoliyatini tekshirishga ruxsat berilmoqda.
12 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti OTP Bank bank boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi. Davlat rahbari «Ipoteka-bank»ni xususiylashtirish bo‘yicha bitimi muvaffaqiyatli yakuni va Yevropaning yetakchi bank-moliya instituti O‘zbekiston bozoriga kirib kelgani bilan bank boshqaruvi raisini tabrikladi.
12 dekabr kuni Vengriya va O‘zbekiston vakillari ishtirokida «Ipoteka-bank»ni xususiylashtirish shartlari bitimi bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini imzolandi. Bitimning moliyaviy yakuni 2023 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyevning aytishicha, 2022 yil qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun haqiqiy sinov yili bo‘ldi. Biroq shunday og‘ir yilda ham barcha tarmoqlarda yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot, 2,7 mln tonna go‘sht, 3,5 mln tonna paxta olishga erishildi, dedi u.
1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 17 467 ta korxona tomonidan 6,6 trln so‘m soliq to‘langan. Xususan, umumiy soliq tushumlarining 41,1 foizi yoki 2,7 trln so‘mi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri keladi.
Tijorat banklari 12 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 215 — 11 275 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 315 so‘m.
UzAuto Motors kompaniyasi Cobalt va Lacetti avtomobillari uchun shartnoma tuzishni to‘xtatdi. Shunday qilib, xaridorlar uchun hamyonbop modellardan faqat Onix qoldi.
O‘zbekiston Markaziy banki bank sektoridagi kibertahdidlar haqida ogohlantirish va ularning oldini olish bilan shug‘ullanuvchi Kiberxavfsizlik markazi (CERT-CBU) saytini ishga tushirdi. Saytda soxta (feyk) havolalarni ham tekshirish mumkin.
O‘zbekistonda AI-80 benzini uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi uning 1000−1200 so‘mgacha arzonlashishi hamda AYOQSHlarda 5500 so‘m atrofida sotilishiga olib kelishi kutilmoqda.
Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov Toshkent viloyati prokurori Olmaliqdagi gazga noqonuniy ulanib olgan g‘isht zavodini uzib qo‘ymaslikni so‘raganini ma’lum qildi. «Bunaqalarning orqasida kimlar turganigacha topamiz. U hokim bo‘ladimi, prokuror yoki soliqchimi, farqi yo‘q», — dedi u.
RF prezidenti Vladimir Putin yana O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan gaz bo‘yicha hamkorlik masalasini ko‘tardi. Uning qayd etishicha, bu davlatlar iqtisodiyotida gazga bo‘lgan talab ortib bormoqda, shu bilan birga, eksport majburiyatlari ham mavjud.
Turkmaniston O‘zbekistonga sutkalik elektr energiyasi yetkazib berish hajmini qariyb 17 foizga — 20−21 mln kVt/soatgacha oshirdi.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida AI-80 markali benzinning sutkalik ishlab chiqarish hajmi 850 tonnadan 1000 tonnaga, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi esa 30 tonnadan 50 tonnaga oshirilmoqda.
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, issiqlik elektr stansiyalari belgilangan reja asosida kerakli hajmda elektr energiyasini ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u qazib olinayotgan gaz to‘liq ichki iste’molga yo‘naltirilayotganini aytdi.
Energetika vazirligi huzuridagi «Neftgazinspeksiya» olib borgan o‘rganishlar davomida 299 ta AYOQSHlarda narxni asossiz oshirgani, bundan tashqari, 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangan. Ularga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting