O‘tgan 9 oy davomida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi qariyb 190 trln so‘mni tashkil etdi. Investitsion faollik Sirdaryo (127,6%), Samarqand (122,5%) va Qoraqalpog‘istonda (118,9%) qayd etilgan bo‘lsa, Buxoro (98,5%), Qashqadaryo (96%) va Toshkent shahrida (97,6%) nisbatan pasayish kuzatildi.
Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 11 170,65 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
«Lukoyl» va Saneg bilan tuzilgan shartnoma shartlari gaz tanqisligiga sababchi emas, dedi energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev. U O‘zbekiston gaz va elektr energiyasi eksportini deyarli butunlay to‘xtatgani, yaqin kunlarda uzilishlar bilan bog‘liq muammolar 80 foizga hal bo‘lishini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining 1-yalpi majlisida qonun ustuvorligi, bank-moliya, xususiylashtirish, tabiiy resurslardan foydalanish, raqamlashtirish va yashil iqtisodiyot sohalariga chel ellik sarmoyadorlar va tadbirkorlarni hamkorlik qilishga chaqirdi.
16 noyabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursi 11 170,65 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Markaziy bank 15 noyabr kungi AQSh dollarining rasmiy kursini 11 190,06 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Vengriyaning «OTP Bank»i «Ipoteka-bank»dagi 75% davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha muzokaralar qayta tiklanganini ma’lum qildi. Aprel oyida vengriya tomon Ukrainadagi urush ortidan ko‘rgan zarari tufayli O‘zbekiston hukumatidan ipoteka to‘lovlarini biroz muddatga kechiktirishni so‘ragan edi.
Toshkent viloyatidagi Angren issiqlik elektr stansiyasida 13 noyabr, yakshanba kuni «nosozlik» yuz berdi. Energetika vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hozirda Angren shahriga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda, qisqa vaqt ichida issiqlik energiyasi yetkazib berilishi ham qayta tiklanishi kutilmoqda.
Bir qator hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, bunga IESlarga yetkazib berilayotgan gazning kamaygani sabab bo‘lgan. Markaziy Osiyo energotizimida O‘zbekiston aybi bilan avariya sodir bo‘lmasligi uchun hududiy elektr korxonalaridan energiya iste’molini qisqartirish so‘ralgan.
2023 yilning may oyidan yuridik shaxslar va YATTlarga masofaviy hisobvaraq ochishga ruxsat beriladi. Shuningdek, korxonalar elektr energiyasi, gaz va boshqa kommunal xizmatlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi.
2023 yildan boshlab O‘zbekistonda 9 turdagi statistik hisobotlar, jumladan, mehnat holati, xodimlar sonini hisoblangan ish haqi miqdori bo‘yicha taqsimlash, meva-sabzavot xarid qilish va boshqalar to‘g‘risidagi hisobotlar bekor qilindi (ro‘yxat).
Yuridik shaxslar jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari to‘g‘risidagi arxiv hujjatlarni, shuningdek, moliyaviy, soliq va statistik hisobotlarni saqlash va arxivga topshirish majburiyatidan ozod etildi. O‘zgartirish 2022 yil 1 yanvar va undan keyin chiqarilgan hujjatlarga ta’sir qiladi.
O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida «Yangi iqtisodiy imkoniyatlar hududi»ni barpo etish taklifini ilgari surdi. Shavkat Mirziyoyev tashkilotning Samarqanddagi sammitida nutq so‘zlab, dolzarb zamonaviy muammolarni hal qilishda umumiy yondashuvlarni aniqlashga chaqirdi.
Markaziy bank 11 noyabr kungi dollarning rasmiy kursini 11 194,86 so‘m etib belgiladi. Shunga ko‘ra, tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Davaktiv agentligi «Poytaxt qurilish va xizmat» korxonasining 100% ulushi bo‘lgan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi $87 mln evaziga xususiylashtirilganini ma’lum qildi. Xaridor Abu Dhabi Uzbek Investment QK bo‘lib, u obyektni rivojlantirish uchun qo‘shimcha $12 mln sarmoya kiritish majburiyatini oldi.
O‘zbekiston-Vengriya biznes forumida nutq so‘zlagan bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev o‘zaro hamkorlikning muhim olti yo‘nalishiga to‘xtalib o‘tdi. «Sizlarning bugungi barcha kelishuvlaringiz alohida nazoratga olinishini va har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishiga kafolat beraman», — dedi u.
1-yanvardan boshlab xorijliklarga ayrim tovarlarni xarid qilishda to‘langan QQS summalarini qaytarishning Tax Free tizimi joriy etiladi. Tizim Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarida tadbiq etiladi. 2024-yildan esa bosqichma-bosqich barcha chegara o‘tkazish punktlarida yo‘lga qo‘yiladi.
1 AQSh dollarining rasmiy kursi 11 169,39 so‘m etib belgilandi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Toshkentning I yarim yillikdagi budjet xarajatlari tahliliga ko‘ra, hokimlik ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari, jumladan, maktab, bolalar bog‘chasi va shifoxonalarni ta’mirlashga belgilanganidan kam mablag‘ ajratgan. Shu bilan birga, obodonlashtirish, qurilish va «boshqa xarajatlar» miqdori keskin oshgan.
O‘zbekistonda 2023 yildan «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi. Uning doirasida tadbirkorlar intellektual faoliyat natijalarini nazorat qilinadigan muhitda sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting