DXX tomonidan Paxtachi tumanidagi fuqaroga 474,7 gramm quyma oltinni 287 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar hibsga olindi. Ekpertiza xulosasiga ko‘ra, rangli metallning 469,5 grammi «999,9» probali sof oltin bo‘lgan. Holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Markaziy bank 31 oktabr kungi dollarning rasmiy kursini 11 180,48 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
«O‘zagroeksportbank»dagi davlat ulushi hukumatning «yopiq» qaroriga asosan tanlovsiz xususiy korxonaga o‘tkazilishi mumkin. Markaziy bank, Moliya vazirligi va Davaktiv vaziyatga izoh bermayapti. Davlat bankning muammoli kreditlarini yangi egasiga topshirishdan oldin ham hisobdan chiqarishi mumkin edi.
O‘zbekiston va Tojikiston xalqaro ahamiyatga molik yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini ochadi. Xususan, tomonlar yaqin kelajakda «Bekobod» punkti faoliyatini yangilashga kelishib oldi.
Markaziy bank 28-oktabr uchun dollar kursini 11 171,33 so‘m etib belgilagandan so‘ng, tijorat banklari ham o‘z takliflarini o‘zgartirdi.
Ayrim banklar $1000 dan ortiq valyutani yechib olishda ularning kelib chiqish manbalarini so‘ray boshladi. MB raisi buni naqd valyuta yetkazib beruvchi Nyu-York bankining talabi bilan izohladi. Shuningdek u, o‘tkazmalarning 60 foizi nega $10 ming yoki undan ko‘proq qiymatdagi tranzaksiyalar ekanini tushuntirdi.
Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2022 yil yakuniga ko‘ra inflyatsiya darajasi 12−12,5% atrofida bo‘lishi, 2023 yilda esa 8,5−9,5% gacha pasayishi prognoz qilindi. Mos ravishda YAIM 5,2−5,8%, 2023 yilda 4,5−5% bo‘lishi kutilmoqda.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi.
Markaziy bank 27-oktabr uchun dollar kursini 11 155,12 so‘m etib belgilagandan so‘ng, tijorat banklari ham o‘z takliflarini o‘zgartirdi.
UzAuto Motors 2023 yildayoq 500 mingta avtomobil ishlab chiqarish, istiqbolda esa bu ko‘rsatkichni 1 milliontaga yetkazishni rejalashtirmoqda. «O‘zavtosanoat», UzAuto Motors va General Motors o‘rtasida ishlab chiqarishni kengaytirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
Prezident qarori bilan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, ammo g‘olib deb topilmagan 364 ta loyihaga qo‘shimcha 335 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Markaziy bank 26-oktabr kungi dollarning rasmiy kursini 11 128,70 so‘m etib belgilagandan so‘ng tijorat banklari ham mijozlarga xorijiy valyutaning yangi qiymatda taklif qildi.
Prezident videoselektor yig‘ilishida Qashqadaryo viloyatida 2023 yilda 207 mingta ish o‘rni yaratish vazifasini qo‘ydi. Jumladan, sanoatda 960 ta loyihani amalga oshirib, 20 ming nafar aholini band qilish mumkinligi aytildi.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov ehtiyojmand oilalar soni oxirgi 3 yilda 600 mingdan 2 mlngacha ortganini ma’lum qildi. Amaliyotda ularning ayrimlari ehtiyojmand emas, yoki aksincha, ehtiyojmand oilalarni qamrab olish yetarli bo‘lmayapti, dedi u.
Markaziy bank dollar kursini 11 112,97 so‘m etib belgilagandan so‘ng, banklarda ham sotish va sotib olish bo‘yicha takliflar o‘zgardi.
O‘zbekiston ITSV hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi umumiy qiymati qariyb 4 mlrd dollarlik 20 dan ortiq loyiha ustida ishlamoqda. Rossiya O‘zbekistonning avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilarining o‘z bozoriga kirishidan manfaatdor ekanligi bildirildi.
AKT vaziri Sherzod Shermatov IT-mahsulotlar eksport qilayotgan korxonalar soni bir yilda 102 tadan 257 taga yetganini ma’lum qildi. «Besh yil oldin IT bo‘yicha eskport deyarli bo‘lmagandi», — dedi vazir ICTWeek Uzbekistan haftaligi ochilish marosimida.
ITIM tahlillariga ko‘ra, sentabr oyida ijaraga beriladigan uy-joyga bo‘lgan talab keskin oshdi. Poytaxtda o‘rtacha ijara narxi yil boshidan buyon 22,4 foizga qimmatlashdi. Eng yuqori qiymat (1 kv.metr maydon uchun) Shayxontohur ($12,5), Mirobod ($10,8) va Yakkasaroy ($10,8) tumanlarida qayd etildi.
Markaziy bank dollar kursini 11 125,00 so‘m etib belgilagandan so‘ng, tijorat banklari ham mijozlarga dollarni yangi qiymatda taklif qildi.
1 oktabr holatiga ko‘ra, mavjud banklarning aksariyatida depozit va kreditlar sonining o‘sishi kuzatildi. O‘tgan oy davomida “Milliy bank"da 5,3 trln so‘m depozitlar qisqargan. Muammoli kreditlar soni bo‘yicha esa “Xalq banki” (3 355) yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting