Iqtisodiyot

Chinoz NQIZni xususiylashtirish jarayoni boshlandi
8 sentabr 2022, 10:44

Chinoz NQIZni xususiylashtirish jarayoni boshlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Chinoz neftni qayta ishlash zavodi» ustav kapitalidagi 100 foizlik davlat ulushi sotilayotganini e’lon qilgandi. Xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida Mosaic Financial kompaniyasi tanlab olindi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
7 sentabr 2022, 16:27

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 26,39 so‘mga qimmatlab, 10 997,61 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa pasaydi.

O‘zbekistonda elektron pullar tizimi soni 15 taga yetdi
7 sentabr 2022, 12:20

O‘zbekistonda elektron pullar tizimi soni 15 taga yetdi

Markaziy bank tomonidan «ExMoney», «AIST» hamda «PAYNET WALLET» elektron pullar tizimlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi. Bu orqali O‘zbekistondagi elektron pul tizimlari soni 15 taga yetdi.

Hukumat budjet taqchilligi chegarasiga moslasha olmayapti
7 sentabr 2022, 10:49

Hukumat budjet taqchilligi chegarasiga moslasha olmayapti

Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, budjet taqchilligi YAIMga nisbatan 3,7% yoki 14,4 trln so‘mni tashkil etdi, deya ma’lum qildi moliya vaziri Timur Ishmetov. Bu ko‘rsatkich ruxsat etilgan chegaradan yuqori. Iyulda hukumat parlamentdan taqchillik chegarasini oshirishni so‘rashni rejalashtirgandi.

PMTI asosiy iste’mol tovarlari narxining o‘zgarishi aholi farovonligiga qanday ta’sir ko‘rsatganini tahlil qildi
7 sentabr 2022, 10:25

PMTI asosiy iste’mol tovarlari narxining o‘zgarishi aholi farovonligiga qanday ta’sir ko‘rsatganini tahlil qildi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliga ko‘ra, aholi daromadlari dinamikasi benzin, propan, go‘sht kabi mahsulotlar narxiga nisbatan sekin o‘sganligi qayd etildi.

Buxorolik tadbirkorga hisoblangan soliq qarzdorligi biznes-ombudsman yordamida bekor qilindi
6 sentabr 2022, 12:34

Buxorolik tadbirkorga hisoblangan soliq qarzdorligi biznes-ombudsman yordamida bekor qilindi

Buxoro shahrida tadbirkor o‘z faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha shahar soliq inspeksiyasiga ariza taqdim etgan. Mazkur arizaga munosabat bildirilmasligi oqibatida qo‘shimcha soliq qarzdorligi paydo bo‘lgan. Tadbirkorning murojaatiga ko‘ra biznes-ombudsman hisoblangan 2 mln so‘mga yaqin qarzdorlikni bekor qildi.

Meva-sabzavotchilikni kreditlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi
6 sentabr 2022, 10:41

Meva-sabzavotchilikni kreditlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

Prezident ko‘rsatmasiga binoan sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar bo‘yicha urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i, o‘simliklar himoyasi hamda aylanma mablag‘ uchun garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, fermerlarga hosilni sug‘urtalash xarajatlarining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi.

O‘zbekiston Yangiobod va Chorkesardagi uran maydonlarini rekultivatsiya qilish uchun 7 mln yevro oladi
2 sentabr 2022, 21:49

O‘zbekiston Yangiobod va Chorkesardagi uran maydonlarini rekultivatsiya qilish uchun 7 mln yevro oladi

YeTTB O‘zbekistonga Yangiobod va Chorkesardagi uran maydonlarini rekultivatsiya qilish uchun 7 mln yevro grant ajratadi. 2023 yilda boshlanishi rejalashtirilgan ishlar eski uran konlarini yopish, ifloslangan sanoat inshootlarini demontaj qilish, drenaj kanallarini rekonstruksiya qilish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

OTB O‘zbekistonga $150 mln kredit va $3 mln grant ajratadi
1 sentabr 2022, 14:15

OTB O‘zbekistonga $150 mln kredit va $3 mln grant ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga oziq-ovqat xavfsizligi va suv resurslarini boshqarishni yaxshilash uchun 150 mln dollar kredit va 3 mln dollar grant ajratadi. Loyiha hukumatning yuqori qiymatli ekinlarni yetishtirishga o‘tish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Moskva birjasi sentabrdan o‘zbek so‘mida savdo qilishni boshlaydi
31 avgust 2022, 22:49

Moskva birjasi sentabrdan o‘zbek so‘mida savdo qilishni boshlaydi

12 sentabrdan Moskva birjasi valyuta bozorida «o‘zbek so‘mi — Rossiya rubli» valyuta juftligi savdolari boshlanadi.

2022-yilda ishbilarmon xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shimcha 1 trln so‘m ajratiladi
31 avgust 2022, 13:19

2022-yilda ishbilarmon xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shimcha 1 trln so‘m ajratiladi

2022-yilda xotin-qizlarning tadbirkorligini rivojlantirish uchun qo‘shimcha 1 trillion so‘m ajratiladi, deya ma’lum qildi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi. Shuningdek, soha rivoji uchun xalqaro moliya institutlaridan $300 mln jalb etilishi rejalashtirilmoqda.

Yaponiya meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirish uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha $200 mln ajratadi
30 avgust 2022, 18:09

Yaponiya meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirish uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha $200 mln ajratadi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish» loyihasi doirasida qo‘shimcha $200 mln ajratadi. Mablag‘lar fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy tijorat banklariga yo‘naltiriladi.

2022-yilda YAIM 5,77 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda
30 avgust 2022, 12:55

2022-yilda YAIM 5,77 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda

2022-yil uchun yalpi ichki mahsulotning real o‘sish sur’ati 5,77 foiz darajasida prognoz qilinmoqda. Uchinchi chorakda YAIMning taxminiy haftalik ijobiy tendensiyalari o‘sish sur’atini yiliga kamida 0,68 foizga oshirishi kutilmoqda.

Bayram munosabati bilan pensiya to‘lovlari plastik kartaga 1-sentabrgacha to‘lab beriladi
30 avgust 2022, 12:44

Bayram munosabati bilan pensiya to‘lovlari plastik kartaga 1-sentabrgacha to‘lab beriladi

Pensiya jamg‘armasi mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari (naqdsiz shaklda) oyning birinchi sanasigacha plastik kartalarga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Naqd shaklda oluvchi fuqarolarga esa 5-sentabrdan boshlab nafaqa pullari yetkazib beriladi.

O‘zbekiston 7 oyda $422 mlnlik bug‘doy import qildi
29 avgust 2022, 13:26

O‘zbekiston 7 oyda $422 mlnlik bug‘doy import qildi

Yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston eng ko‘p bug‘doy ($422,4 mln), shakarqamish ($251,7 mln), margarin ($173,3 mln) va qoramol go‘shti ($116,4 mln), bug‘doy uni ($72,7 mln) import qildi.

O‘zbekiston 7 oyda $550 mlnlik meva va sabzavotlar eksport qildi
29 avgust 2022, 10:42

O‘zbekiston 7 oyda $550 mlnlik meva va sabzavotlar eksport qildi

O‘zbekiston 7 oyda 550 mln dollarlik meva va sabzavotlar eksport qildi, eng ko‘p mahsulot Qozog‘iston va Rossiyaga yetkazib berilgan. Qolaversa, yil boshidan beri Farg‘ona (165,8 ming tonna), Samarqand (106,1 ming tonna) va Toshkent viloyati (101,9 ming tonna) eksport borasida yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Chirchiq shahridagi oqova suv tozalash inshooti $22,2 mlnga rekonstruksiya qilinadi
29 avgust 2022, 09:53

Chirchiq shahridagi oqova suv tozalash inshooti $22,2 mlnga rekonstruksiya qilinadi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Chirchiq shahrida oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati $22,2 mlnga teng shartnoma imzolandi. Loyiha natijasida shahar aholisining markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinganlik darajasi 84 foizga yetkaziladi.

OAV: «Rossiyada o‘zbekistonlik valyuta chayqovchilari faollashdi»
26 avgust 2022, 23:35

OAV: «Rossiyada o‘zbekistonlik valyuta chayqovchilari faollashdi»

Rossiya o‘zbekistonlik valyuta chayqovchilari ayriboshlovchi joyga aylandi, deb xabar bermoqda Rossiya OAV. O‘zbekistonliklar rublga o‘zbek so‘mini xarid qilib, so‘ngra dollarga almashtirib, RFga olib kelib, bu yerda yana rublga almashtirishmoqda. Bunday operatsiyalardan bir necha kunda 6% gacha foyda olish mumkin.

Blokcheyn texnologiyasi odamlar uchun davlat xizmatlaridagi shaffoflik va qulaylikni qanday yaxshilaydi?
26 avgust 2022, 18:07

Blokcheyn texnologiyasi odamlar uchun davlat xizmatlaridagi shaffoflik va qulaylikni qanday yaxshilaydi?

Davlat organlarida blokcheyn texnologiyasini qo‘llash aholi turmush darajasini yaxshilash, tengsizliklarni kamaytirish va oldinga «sakrash»ga yordam beradi, deya yozadi YeIning O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska.

Qoraqalpog‘istonda foyda solig‘i stavkasi 7,5 foizga tushiriladi
26 avgust 2022, 12:56

Qoraqalpog‘istonda foyda solig‘i stavkasi 7,5 foizga tushiriladi

Shavkat Mirziyoyev qo‘shimcha imtiyoz va yengilliklar berilishini ma’lum qildi. Jumladan, foyda solig‘i stavkasi 15 foizdan 7,5 foizga tushiriladi, aylanma soliq stavkasi Nukusda 4 foizdan 2 foizga, tumanlarda 2 foizdan 1 foizga, olis hududlarda esa 1 foizdan 0,5 foizga pasaytiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting