Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Uzpaynet» MCHJ ustav kapitalidagi davlatning 100 foizlik aksiyasi sotilayotganini e’lon qildi. Xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida ABRAU CAPITAL va CENTIL kompaniyalar konsorsiumi tanlandi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tahlili shuni ko‘rsatdiki, keng polosali internetni rivojlantirish va asosiy uyali aloqa stansiyalari qurilishi ishsizlikni kamaytirishga yordam beradi.
Surxondaryoda tadbirkorga 500 mln so‘m miqdorida kredit ajratib berish evaziga 10 mln so‘m olmoqchi bo‘lgan «Ipoteka-bank» sho‘’ba mudiri ushlandi.
«Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, soliq maslahatchisi mijozga soliqlar va yig‘imlarni hisoblash, to‘lash, hisobot tayyorlashda ko‘maklashishi, qolaversa, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda vakil sifatida qatnashishi mumkin. Yangi tartib oktabrdan kuchga kiradi.
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha 6-yig‘ilishni joriy yil oxirigacha o‘tkazish uchun respublika tashkilotga a’zo davlatlarning qo‘shimcha savollariga javoblar hamda texnik jihatdan tartibga solish, intellektual mulk va boshqa yo‘nalishlarga oid yangilangan hujjatlarni taqdim etishi zarur.
Yaqin yillarda aholi uchun maxsus davlat g‘aznachilik qog‘ozlarini chiqarishni rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov. Ular bo‘yicha stavka bozor obligatsiyalaridan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Davlat obligatsiyalariga xorijiy investorlar ham jalb qilinadi.
Senatorlar davlat qarzi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi, bu ko‘rsatkichning maksimal miqdori YAIMga nisbatan 60% etib belgilanmoqda. Davlat qarzi hisobidan faqat ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish mumkin. Uni samarali boshqarish uchun esa uch yillik strategiya ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston qarzining YAIMga nisbati 60 foiz etib belgilanmoqda. Moliya vaziri o‘rinbosari Odiljon Isakov bu ko‘rsatkich maqsad emas, balki eng yuqori chegara ekanligini ma’lum qildi. Hozirda nisbat 37 foiz — 25,9 mlrd dollarga yetgan. Tashqi qarz esa nimaning hisobidan to‘lanishi haqida ma’lumot berildi.
Rossiyadagi narxlarning oshishi O‘zbekiston makroiqtisodiy barqarorligiga Turkiyadagi inflyatsiyadan ko‘ra ko‘proq xavf tug‘diradi, deydi PMTI ekspertlari. Rossiya tovarlari va xizmatlari narxlari oshishining O‘zbekistonda narxlar oshishiga ta’siri 7,7 baravar — 6 foizgacha oshishi mumkin
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,54 so‘mga arzonlab, 10 942,58 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari, shuningdek, funt sterling, yuan, iyena va tenge pul birliklari ham pasaydi.
Davlat Soliq qo‘mitasi shu yilning birinchi yarmida 5,4 mln kishiga jami 82,5 trln so‘m ish haqi hisoblanganini ma’lum qildi. O‘rtacha oylik maosh miqdori — 2,8 mln so‘mni tashkil etmoqda. Eng ko‘p ish haqi Toshkent va Navoiyda, eng kami esa Farg‘ona va Sirdaryoda to‘lab berilgan.
O‘zbekistonda avtomobil bozori yilning birinchi yarmida ikki baravardan ziyod oshdi. O‘sishning asosiy qismi eski avtomobillar savdosi bo‘yicha 308 ming bitim tuzilgan ikkilamchi bozorga to‘g‘ri keldi. Xorijiy avtomobillar savdosi 50 foizga oshdi.
Sentabrda Samarqandda o‘tkaziladigan SHHT sammitida Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha uch tomonlama hujjat imzolanishi kutilmoqda. Hozir tomonlar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish ustida faol ishlamoqda, — dedi O‘zbekiston TIV rahbari v. b. Vladimir Norov.
Yaponiya O‘zbekistonga kompyuter tomografiyasi uchun uchta skaner, ultratovush va rentgen apparati bilan jihozlangan mobil tibbiy-diagnostika konteynerini topshirdi. U chekka hududlar aholisiga, shu jumladan, tabiiy ofatlar paytida yordam berish uchun ishlatiladi.
Moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun 100 mln dollar miqdorda imtiyozli kreditlar ajratadi. Banklar qarzlarni milliy valyutada 10 yil muddatga imtiyozli davr bilan 10 foiz stavkada taqdim etadi. Avvalroq MB hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini qisqartirishni so‘ragandi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish uchun investitsiya fondini ishga tushiradi. Bir hafta ichida uni yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi, deya ma’lum qildi bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev.
Afg‘onistonning 2021 yil uchun O‘zbekistondan elektr energiyasi bo‘yicha qarzi yo‘q. O‘tgan yil yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lov to‘liq amalga oshirilgan, 2022 yil uchun yetkazib berish bo‘yicha hisob-kitoblar tizimli asosda amalga oshirilmoqda, deb xabar qildi Energetika vazirligi.
Chorvoq suv omborining chap qirg‘og‘ida joylashgan «Chorvok oromgohi» («Piramidalar») dam olish maskani 208 mlrd so‘mga sotildi. Tenderda VIP Logistics g‘olib bo‘ldi.
JPMorgan Chase, Citi, Societe Generale i Credit Suisse`dan iborat xorijiy banklar konsorsiumi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga investitsiya dasturini amalga oshirish uchun 1,2 mlrd dollar kredit ajratdi.
Hindiston O‘zbekistonga banan, mango, soya va guruch eksport qilishga ruxsat oldi, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar esa Hindiston bozoriga uzum, olxo‘ri va gilos yetkazib bera oladi. Tomonlar boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun cheklovlarni olib tashlashni muhokama qilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting