Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi o‘tgan 1,5 yil mobaynida 1044 ta holatda tadbirkorlarning huquqlarini buzgani aniqlandi. Eng ko‘p holat Jizzaxda — 660 ta. Biznes-ombdusman ofisi kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 142 nafar mansabdorni jarimaga tortdi.
Numbeo onlayn bazasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha sof oylik daromad 278,7 dollarni (3 mln 38 ming so‘mni) tashkil etmoqda. Bu MDH davlarlari ichida eng past ko‘rsatkich.
O‘zbekiston Pokiston va Afg‘oniston o‘zaro asosda joriy etayotgan yuk mashinalari haydovchilari uchun maxsus vizalar dasturiga qo‘shilishi mumkin. U bilan yuk tashuvchilar 6 oy davomida chegaralarni bemalol kesib o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
Tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi. Ularning mulk huquqi faqat sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. Qolaversa, savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘liq bekor qilinadi, jarimalar esa to‘lanayotgan soliqdan oshirilmaydi.
Davaktiv Uzcard`dagi davlat ulushlarining 75 foizi sotilishi to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi. Jamiyat ishtirokchilari mazkur ulushni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanishlari mumkin.
Prezident pandemiya va jahondagi vaziyatga ro‘kach qilib, unga QQSni keyinga qoldirishni taklif qilishganini ta’kidladi. «Biz islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz va 2023 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushiramiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident korxonalarni yillik aylanmasiga qarab, 1 mlrd so‘mgacha — mikro, 10 mlrd so‘mchaga — kichik hamda 100 mlrd so‘mgacha bo‘lganini — o‘rta biznes sifatida toifalarga ajratish taklifini ilgari surdi. Shundan kelib chiqib, ishbilarmonlarga bir qator imtiyozlar taqdim etiladi.
1 avgust sanasiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari o‘tgan oygiga nisbatan 976,2 mln dollarga kamayib, jami 34,6 mlrd dollarni, shu jumladan valyuta qismi 12,5 mlrd dollarni, oltin qismi esa 21 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
“O‘zavtosanoat” va Xitoyning BYD Auto kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarini to‘liq siklda ishlab chiqarishni tashkil etishga kelishib oldi. Kelgusida dvigatellar, elektromotorlar va akkumulyatorlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Avvalroq tomonlar O‘zbekiston bozori o‘rganilayotgani haqida xabar bergan edi.
Navoiydagi issiqxonalarga tabiiy monopoliya bo‘lgan «Navoiy IES» 1 Gkal issiqlik energiyasini 166,1 ming so‘m o‘rniga — 227,5 ming so‘m qimmat narxda yetkazib bergani aniqlandi. Natijada 70 dan ortiq tadbirkorga qariyb 8,0 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Sud Antimonopoliya qo‘mitasi ko‘rsatmasini qanoatlantirdi.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Energetika vazirliklari o‘rtasida umumiy qiymati 12 mlrd dollar bo‘lgan uchta yirik kelishuv imzolandi. Unga muvofiq, Saudiya tomoni investitsiyalari asosida O‘zbekistonda yashil vodorod sektori rivojlantiriladi.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov turkmanistonlik hamkasbi bilan Van ko‘li orqali Turkiyaga yuklarni intermodal tashishlarni, Eron vaziri bilan esa Chobahor portidan O‘zbekistonga pilot yuk tashishni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldi.
Hukumatning yirik davlat korxonalari aksiyalarini fond bozorida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish to‘g‘risidagi qarori asosida «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. Unda 20 dan ortiq tashkilotlarning IPO (SPO) o‘tkazish muddati va amalga oshirish mexanizmlari belgilab berilgan.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,1 mlrd dollariga teng bo‘ldi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 6,3 mlrd dollar o‘sish qayd etilgan.
Hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish uchun Transport vazirligi tomonidan 5000 ta avtobus va mikroavtobus sotib olish, 81 ta avtovokzal qurish va rekonstruksiya qilish hamda Damas mikrovenlaridan foydalanishdan voz kechish taklif etilmoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida Germaniyaning Wanzl kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 1000 ta yangi yuk aravalari paydo bo‘ldi. Yaqin kunlarda hududiy aeroportlarga ham yangi aravalar keltirilishi reja qilinmoqda.
Gruziya birjasining sobiq rahbari Giorgiy Paresishvili «Toshkent» birjasi boshqaruvi raisi bo‘ldi. Uning asosiy vazifalari mahalliy fond bozorini kapital bozorining xalqaro infratuzilmasiga integratsiyalashuvi, shuningdek, mahalliy kompaniyalarning IPO va SPO o‘tkazishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ladi.
Iyul oyida so‘mning real almashuv kursi fevraldan beri birinchi marta 2,1 foizga oshdi. Markaziy bank buni hamkor davlatlar valyutalarining qadrsizlanishi bilan izohladi. Savdo-hamkor davlatlar valyutalarining qadrsizlanishi O‘zbekistonga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?
Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti 20 avgustda emas, balki 22 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Muloqot arafasida 8500 dan ortiq murojaat kelib tushgani, shundan 72 foizi allaqachon hal etilgani aytilmoqda.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi AI-80 benziniga talab ortib borayotganini qayd etdi, biroq AYOQSHlarida ushbu markadagi yoqilg‘i taqchilligi kuzatilayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting