2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga umumiy qiymati 34,1 mln dollar bo‘lgan 1125 ta elektromobil olib kirildi. Import hajmi 4,5 barobarga o‘sgan.
Favqulodda holat rejimida Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar soliq deklaratsiyasini o‘z vaqtida taqdim etmaganliklari uchun javobgarlikka tortilmaydi, deb xabar qildi Davlat soliq qo‘mitasi.
O‘zbekistonda iyun oyidagi xorijdan pul o‘tkazmalari miqdori rekordni yangilab, 2,34 mlrd dollarni tashkil qildi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 3,25 martaga ko‘p.
Mart oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumini o‘tkazish uchun 15 mlrd so‘m sarflangan. Tadbirlar va ovqatlanishni tashkil etish uchun Sky Events`ga 7,2 mlrd so‘m, Mercedes va Malibu avtomobillari ijarasi uchun Lyuks Taxi`ga 2 mlrd so‘m, Akfa Dream World`ga ovqatlanish uchun 2,5 mlrd so‘m xarajat qilingan.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 31,64 so‘mga qimmatlab, 10 981,93 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida O‘zbekiston energetika sohasida, jumladan, Turkmanistondan elektr energiyasi, gaz va neft mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida yuqori faollik ikkinchi chorakda ham davom etdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, aprel-iyun oylarida ikkilamchi ko‘chmas mulk narxlari 2 foizga, yangi binolardagi kvartiralar 2,4 foizga oshgan.
Senat nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan yangi tanga namunasi va dizaynini ma’qulladi. Markaziy bank uni yil oxirigacha muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda. Ushbu nominaldagi qog‘oz pullarning tangaga almashtirilishi haqida yil boshida xabar berilgan edi.
Vazirlar Mahkamasining biznes uchun elektr energiyasi va gaz narxini oshirish to‘g‘risidagi qarori vaqtincha to‘xtatildi. Hukumat ushbu qarorni yangi tariflar kuchga kirishidan bir kun oldin qabul qildi.
Markaziy bank 200 ming so‘mlik banknotalarni nima uchun avval rejalashtirilgan 2024 yildan ancha avval muomalaga chiqarishga qaror qilinganiga izoh berdi. Regulyator buni muomaladagi naqd pullarning umumiy hajmida 100 ming so‘mlik kupyuralar ulushining keskin oshgani bilan izohladi.
Buxoroda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘zbek-turkman hududlararo forumida 451 mln dollarlik investitsiya va savdo bitimlari imzolandi. Qolaversa, O‘zbekiston va Turkmaniston hududlari o‘rtasida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy ishchi guruhlar tuzilishi ma’lum qilindi.
Iyunda aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi. Biroq, aholida import tovarlar va birinchi galdagi zaruriy mahsulotlar narxi oshishi bo‘yicha xavotirlar kuchaygan. Qolaversa, ishbilarmonlar yoqilg‘i, import xomashyo va ehtiyot qismlar qimmatlashi oqibatida narx sun’iy ko‘tarilishidan xavotirda.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yil martida to‘xtatilgan Toshkent — Tokio muntazam reysini qayta yo‘lga qo‘ymoqda.
YeTTB Samarqand shahri uchun elektrobuslar partiyasi, ular uchun quvvatlash shoxobchalari va boshqa infratuzilma obyektlarini sotib olishga 95 mln yevrogacha mablag‘ ajratishi mumkin.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,91 so‘mga qimmatlab, 10 935,19 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham ko‘tarildi, yevro esa arzonladi.
Markaziy bank 15 iyuldan 200 ming so‘mlik banknota muomalaga chiqarilishini ma’lum qildi. Mazkur banknota «Buyuk Ipak yo‘li» hamda Farg‘ona vodiysining qadimiy tarixiga bag‘ishlangan.
«Talimarjon» IES BAAning «Mubadala» va «Taqa» kompaniyalari yordamida modernizatsiya qilinadi. «Masdar» kompaniyasi Samarqand, Surxondaryo, Jizzax va Navoiyda quyosh va shamol elektr stansiyalarini quradi. Mazkur loyihalarga jami $3 mlrd jalb etiladi, bunda mahalliy mahsulotlar va ishchi kuchidan foydalaniladi.
Dushanba kuni tarmoqlarda banklardan biri bankomatda naqd pul yechish uchun komissiya miqdorini 1 foizdan 3 foizgacha oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank tijorat banklari komissiya miqdorini mustaqil belgilashini aytib, foiz oshirilishi «erkin bozor sharoitida o‘zini oqlamasligiga» ishontirmoqda.
Senat «Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi. U 2006 yildan beri amalda bo‘lgan qonunni almashtiradi. Qonun soliq maslahati xizmati turlarini kengaytirish va soliq maslahatchilariga bir qator huquqlarni berishni nazarda tutmoqda.
O‘zbekiston shaharlari tobora o‘sib, hududlarni egallab bormoqda. Xususiy uylarda yashovchi aholi zichligining pastligi ekin maydonlarining o‘zlashtirilishi hisobiga ta’minlanib, aholi farovonligiga tahdid solmoqda. O‘zbekiston shaharlari nima uchun noto‘g‘ri o‘sib borayotgani — Jahon banki hisoboti sharhida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting