Iqtisodiyot

5 foizlik inflyatsiya maqsadi 2024 yil oxiriga qoldirildi — Markaziy bank
22 iyul 2022, 18:29

5 foizlik inflyatsiya maqsadi 2024 yil oxiriga qoldirildi — Markaziy bank

Markaziy bank 2023 yildan 5 foizlik doimiy inflyatsiya maqsadiga erishishni 2024 yil oxiriga ko‘chirishga qaror qildi. MB rahbari Mamarizo Nurmuratov mazkur qarorni kelgusi yilda kutilayotgan yuqori inflyatsion risklar va noaniqliklar bilan izohladi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
22 iyul 2022, 16:20

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 20,13 so‘mga qimmatlab, 10 919,98 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham ko‘tarildi, yevro esa pasaydi.

«Imtiyozli kreditlarni yo‘q qilish kerak». Jamshid Qo‘chqorov kreditlar talon-torojiga barham berish haqida
22 iyul 2022, 15:20

«Imtiyozli kreditlarni yo‘q qilish kerak». Jamshid Qo‘chqorov kreditlar talon-torojiga barham berish haqida

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov kreditlar talon-toroj qilinishiga barham berish uchun imtiyozli kreditlarni yo‘q qilish va banklarni xususiylashtirish zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shundagina kredit ajratish tizimi tartibga tushadi, xususiy bank egalari esa vaziyatni o‘z nazoratiga oladi.

«O‘zMET» regulyatorga aylantiriladi, elektr energiyasi oldi-sotdisi uchun yangi kompaniya tashkil etiladi
22 iyul 2022, 14:04

«O‘zMET» regulyatorga aylantiriladi, elektr energiyasi oldi-sotdisi uchun yangi kompaniya tashkil etiladi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov «O‘zMET» AJ elektr energiyasi sohasida regulyatorga aylanishi, bozorda oldi-sotdi bilan shug‘ullanish uchun esa yangi PowerTrade (nomi rasman tasdiqlanmagan) kompaniyasi tuzilishini ma’lum qildi. Shu orqali davlat elektrni kafolatli sotib olishiga chek qo‘yiladi.

Samarqandda 5G tarmog‘i sinovdan o‘tkazilmoqda
22 iyul 2022, 10:19

Samarqandda 5G tarmog‘i sinovdan o‘tkazilmoqda

Samarqand turizm markazida 5G mobil aloqa tarmog‘i sinovdan o‘tkazilmoqda, deya ma’lum qildi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov.

200 ming so‘mlik banknotani inflyatsiyani to‘xtatish uchun chiqarganimiz yo‘q — Markaziy bank raisi
22 iyul 2022, 09:05

200 ming so‘mlik banknotani inflyatsiyani to‘xtatish uchun chiqarganimiz yo‘q — Markaziy bank raisi

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov 200 ming so‘mlik banknota inflyatsiyani to‘xtatish yoki bankomatlar uchun emas, balki odamlarga qulaylik yaratish maqsadida oldinroq chiqarilganini ma’lum qildi. «Pul massasining ko‘payishi — iqtisodiyotda bo‘layotgan ijobiy o‘sish va o‘zgarishlarning mahsuli», — dedi u.

Markaziy bank O‘zbekistonning 2022 yil uchun YAIM prognozini yaxshiladi
21 iyul 2022, 18:38

Markaziy bank O‘zbekistonning 2022 yil uchun YAIM prognozini yaxshiladi

MB 2022 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi — YAIM o‘sishi yiliga 5−5,5% darajasida kutilmoqda, aprel oyida prognoz 3,5−4,5%ni tashkil etdi. Inflyatsiya 12−14% koridorining quyi chegarasi yaqinida prognoz qilinmoqda. Regulyator asosiy stavkani pasaytirish qarorini tushuntirdi.

Amerika banklari 13 ta holatda O‘zbekistondagi kompaniyalar to‘lovlarini muzlatib qo‘ydi — MB
21 iyul 2022, 17:16

Amerika banklari 13 ta holatda O‘zbekistondagi kompaniyalar to‘lovlarini muzlatib qo‘ydi — MB

Amerika banklari 13 holatda O‘zbekistondagi kompaniyalarning to‘lovlarini muzlatib qo‘ydi yoki musodara qildi. Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Botir Zaxidov qaysi hollarda kompaniyalarda tranzaksiyalar bilan muammolar yuzaga kelganini so‘zlab berdi.

O‘zini o‘zi band qilganlarning o‘rtacha daromadini aniqlash va shu asosda kredit ajratish rejalashtirilmoqda
21 iyul 2022, 16:29

O‘zini o‘zi band qilganlarning o‘rtacha daromadini aniqlash va shu asosda kredit ajratish rejalashtirilmoqda

MB raisi Mamarizo Nurmuratov o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning o‘rtacha daromadini statistika yordamida aniqlash mezoni ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu orqali norasmiy daromad topayotgan shaxslarga kredit ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor pasaymoqda
21 iyul 2022, 16:27

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor pasaymoqda

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 8,15 so‘mga arzonlab, 10 899,85 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi va rubl kurslari ham pasaydi.

O‘zbekiston benzin va dizel eksportini chekladi
21 iyul 2022, 12:11

O‘zbekiston benzin va dizel eksportini chekladi

O‘zbekiston hukumati 15 iyuldan boshlab mamlakatda ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilg‘isini eksport qilishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatdi.

MB asosiy stavkani 15 foizga tushirdi
21 iyul 2022, 12:08

MB asosiy stavkani 15 foizga tushirdi

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 1 foizga pasaytirib, yillik 15 foizga tushirdi.

Oltin arzonlashayotganiga qaramasdan, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oshdi
20 iyul 2022, 20:08

Oltin arzonlashayotganiga qaramasdan, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oshdi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari iyun oyida qariyb 180 mln dollarga oshib, 35,58 mlrd dollarga yetdi. Zaxiralarning ko‘payishi oltin narxi pasayishi fonida sodir bo‘ldi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi bor pasaymoqda
20 iyul 2022, 16:27

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi bor pasaymoqda

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,55 so‘mga arzonlab, 10 908,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa yana ko‘tarildi.

Naqd pullarning umumiy pul hajmidagi ulushi keskin oshdi — Markaziy bank
20 iyul 2022, 10:28

Naqd pullarning umumiy pul hajmidagi ulushi keskin oshdi — Markaziy bank

O‘tgan yilning birinchi yarmida banklarning naqd pul xarajatlari daromaddan 1,1 trln so‘mga oshgan bo‘lsa, bu yilgi farq 10 marta ortib — 11,7 trln so‘mga yetdi. MB talabni muomalaga qo‘shimcha naqd pullarni chiqarish orqali ta’minlashga harakat qildi, natijada naqd pulning umumiy pul hajmidagi ulushi oshib ketdi.

Dollar kursi yana pasaydi, rubl esa yana ko‘tarildi
19 iyul 2022, 16:19

Dollar kursi yana pasaydi, rubl esa yana ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 24,36 so‘mga arzonlab, 10 925,55 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa yana ko‘tarildi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
18 iyul 2022, 16:16

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 20,27 so‘mga arzonlab, 10 949,91 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa yana ko‘tarildi.

O‘zbekiston 2031 yilgacha uran qazib olish hajmini ikki baravar oshirmoqchi
18 iyul 2022, 13:06

O‘zbekiston 2031 yilgacha uran qazib olish hajmini ikki baravar oshirmoqchi

2031 yilgacha O‘zbekistonda uran qazib olish hajmini ikki baravar — 2021 yildagi 3526 tonnadan 7100 tonnagacha oshirish rejalashtirilmoqda.

UzAuto Motors kompaniyasi Tracker avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi
18 iyul 2022, 11:53

UzAuto Motors kompaniyasi Tracker avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi

UzAuto Motors Chevrolet Tracker 2023 avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni boshladi. Mashina avgust oxirida sotuvga chiqariladi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 80 mingtani tashkil etadi. Shu yil oxirigacha esa 25 mingta krossoverni sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

Elektromobil importi 4,5 barobarga oshdi
18 iyul 2022, 10:02

Elektromobil importi 4,5 barobarga oshdi

2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga umumiy qiymati 34,1 mln dollar bo‘lgan 1125 ta elektromobil olib kirildi. Import hajmi 4,5 barobarga o‘sgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting