Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,84 so‘mga ko‘tarilib, 10 768,10 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
23 noyabr kuni Toshkentda birinchi inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi. Tadbirkorlar hamda ekspertlar biznes va tadbirkorlikda inklyuziv mehnat amaliyotini muvaffaqiyatli joriy etish, to‘siqlarsiz mehnat muhiti odamlarning, kompaniya va jamiyatning muvaffaqiyatiga ta’siri va boshqa mavzularni muhokama qiladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,46 so‘mga ko‘tarilib, 10 755,26 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 noyabr holatiga O‘zbekistonning oltin valyuta zaxirasi 35,21 mlrd dollarni tashkil etgan. O‘tgan oy bilan taqqoslaganda, zaxiralar 797,1 mln dollarga yoki 2,3 foizga o‘sgan. Bunga jahon bozorida oltin narxining ko‘tarilishi sabab bo‘lgan.
2022 yildan boshlab «O‘zbekneftgaz» AI-80 benzinini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Birinchi marta bunday rejalar 2020 yilning iyun oyida e’lon qilingan edi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Farruh Qoraboyev O‘zbekistonda benzin narxining oshishi sabablarini sanab o‘tdi va narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Jumladan, benzin importi geografiyasini kengaytirish, Ai-80 benzinini kuniga 3 ming tonnadan kam bo‘lmagan hajmda yetkazib berishni ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,56 so‘mga ko‘tarilib, 10 740,80 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
Toshkent metropoliteni va Rossiyaning «Transmashxolding» kompaniyasi o‘rtasida poytaxt metropolitenini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi. Xususan, xolding yer usti yo‘lovchi transporti va metropoliten tarmoqlarini integratsiya qilish, metropolitenda savdo tizimini yo‘lga qo‘yish, metropoliten infratuzilmasi va harakat tarkibini yangilashga yordam beradi.
2022-yil uchun davlat budjeti loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda YAIM 2022-yilda 6 foizga o‘sishi va qariyb 840 trln so‘mni (MBning 16-noyabrdagi kursi bo‘yicha 78,2 mlrd dollar), 2023-yilda 972 trln so‘mdan ortiq ($90,5 mlrd) bo‘lishi va 2024-yilda esa 1 trilliard so‘mdan (qariyb $105 mlrd) oshishi mo‘ljal qilinmoqda.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 29,8 mln yevro kredit jalb etiladi. Loyiha 4 yil davomida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
2022 yil uchun davlat budjeti loyihasiga ko‘ra, ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 11,7 trln so‘m yo‘naltiriladi.
Uchinchi chorak yakuniga ko‘ra, deyarli barcha banklarning moliyaviy ko‘rsatkichlari ijobiy darajada saqlanib qoldi. Spot`ning yozishicha, eng daromadli banklar uchligiga faqat davlat ishtiroki yuqori bo‘lgan — O‘zsanoatqurilishbank, O‘zmilliybank va Ipoteka bank kirgan. 4 ta tirojat banki esa zarar ko‘rishda davom etmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 15,82 so‘mga pasayib, 10 721,24 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
OTMga kirishning qiyinligi, biznes boshlashda imtiyozli kredit olishning cheklangani va boshlang‘ich kapitalning yo‘qligi, maktablarda kasbga yo‘naltirish amaliyotining deyarli yo‘qligi va boshqa muammolar — Jahon banki O‘zbekistonda yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari va ularning potensial yechimlariga bag‘ishlangan yangi hisobotini e’lon qildi.
O‘zbekistonda yangi va eski avtomobillarni xarid qilish hamda vaqtincha olib kirish uchun to‘lovni xarid narxining 1 foizigacha kamaytirish taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, avtomobillar va uy-joylar oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun boj va yig‘imlarni unifikatsiya qilish taklif etilmoqda.
Yil boshidan buyon birjalarda Ai-80 rusumli benzinning ulgurji narxi 72,1 foizga — bir tonnasi uchun 5,81 million so‘mdan 10 million so‘mga qimmatlashdi. Shu bilan birga, asosan import qilinadigan va jahon kotirovkalari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa turdagi (Ai-91, Ai-92 va Ai-95) yoqilg‘ining o‘sish sur’atlari mahalliy analogga nisbatan pastroq bo‘ldi. Avvalroq «O‘zbekneftgaz» va Energetika vazirligi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida faqat Ai-80 rusumli benzin narxini ushlab turganini ma’lum qilgandi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 5,02 so‘mga ko‘tarilib, 10 737,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
2022 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalarini 10 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, aksiz solig‘i stavkalarining o‘rtacha 10 foizga oshishi kutilmoqda. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi esa amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan. Hisob palatasi 2022 yilgi davlat budjeti qonuni loyihasi va budjetnoma bo‘yicha xulosa berdi.
2022 yilgi konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 277,2 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 33% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Hisob palatasi kelgusi yilda aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun 2,1 trln so‘m subsidiyalar ajratishni tavsiya qildi. 2022 yil uchun 1 AQSh dollarining yillik o‘rtacha almashuv kursi 11 321 so‘mga prognoz qilindi.
2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’ati 5,9 foizni tashkil etib, YAIM hajmi qariyb 840 trln so‘mga yetishi ko‘zda tutilmoqda. Tashqi savdo aylanmasi 46,3 mlrd dollarni tashkil etishi prognoz qilingan. Bundan tashqari, inflyatsiya darajasi 2022 yilda 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting